Kinshasa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kinshasa (1966 y.gacha Leopoldvil) — Kongo Demokratik Respublikasining poytaxti. Kongo daryosining soʻl sohili buylab 15 km ga choʻzilgan. K. — provinsiya huquqiga tenglashtirilgan alohida maʼmuriy birlik. Aholisi 4,8 mln. kishi (1998). Iqlimi subekvatorial iqlim. Iyulning oʻrtacha t-rasi 22°, apr.

niki 27°. Yillik yogʻin 1359 mm.

Shahar 1881 y.dan qurila boshlagan va Belgiya qiroli Leopold II nomiga qoʻyilgan. 1926—60 y.larda Belgiya mustamlakasining maʼmuriy markazi. 1960 y. dan Kongo Respublikasi (1964 y.dan Kongo Demokratik Respublikasi), 1971—97 y.lar Zair Respublikasi poytaxti.

K. — mamlakatning asosiy savdotransport, sanoat, moliya va madaniyat markazi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakat tashqi savdosining koʻp qismi K. orqali oʻtadi. K. portida yillik yuk ortib-tushirish 2 mln. t atrofida. T. y. orqali Kongo daryosi quyi qismidagi Matadi dengiz porti bilan bogʻlangan. K.dan Brazzavil sh.ga parom qatnaydi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻn poyabzal, kimyo, mashinasozlik, yogʻochsozlik, kemasozlik sanoati, kema remonti, elektr priborlari i.ch., qurilish materiallari korxonalari, oyna va shisha idishlar z-di bor. Maluku r-nida yirik metallurgiya kompleksi qurilgan. Milliy universitet, institutlar, Nafis sanʼat milliy akademiyasi, Geogr. ilmiy tadqiqot instituti, Geol. xizmati ilmiy muassasasi, Tropik tibbiyot instituti (1899), Afrika sanʼati muzeyi, hayvonot bogʻi va b. bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil