Librevil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LibrevilGabon poytaxti. Mamlakatning yirik sanoat markazi va dengiz porti. Estuariy provinsiyasining maʼmuriy markazi. Mamlakatning shimoli-gʻarbiy qismida, Gabon buxtasi sohilida joylashgan. Iqlimi ekvatorial iqlim; eng sovuq oy (iyul)dagi temperatura 24°, eng issiq oy (aprel)da 27°. Yiliga oʻrtacha 2648 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 362 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Librevilga 1849-yilda Portugaliyaning qullar tashiladigan kemasidan ozod boʻlgan afrikalikqullar guruhi tomonidan asos solingan (nomi ham shundan kelib chiqib, fransuz tilida "Erkin shaqar" degan maʼnoni anglatadi). 1886—88 yillarda Gabon fransuz mustamlakasi gubernatori qarorgohi; 1888—91 yillar Gabon-Kongo fransuz mustamlakasining, 1891 — 1904-yillar Fransiya Kongosining maʼmuriy markazi. 1960-yildan mustaqil Gabon poytaxti. Taxta ti-lish va yogʻochsozlik (faner ishlab chiqarish) sanoati korxonalari, shuningdek, yengil (toʻqimachilik, poyabzal, mebel) va oziq-ovqat (kofe, sholi oklash, tamaki qayta ishlash) sanoati; elektr va radio jihozlari ishlab chiqariladi, kema verfi bor. Neft, yogʻoch-taxta, faner, kofe, kakao eksport kilinadi. Shaharning markaziy qismida Prezident saroyi, Milliy majlis, O.Bongo nomidagi universitet, Radio va televideniye uyi, savdo muassasalari kabi koʻplab zamonaviy binolar, Librevil yaqinida chuqur suvli Ovendo porti qurilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil