Mbabane

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mbabane — Svazilend poytaxti. Xoxo okrugi ning maʼmuriy markazi. Mamlakatning shim.-gʻarbida, Ndimba togʻlari etagida, 1150 m balandlikda joylashgan. Aholisi 40 ming kishidan ziyod (1990 y.lar oʻrtalari). Iyulning oʻrtacha t-rasi 12°, yanvarniki 24°. Yillik yogʻin oʻrtacha 1400 mm. Avtomobil yoʻli orqali Maputu (Mozambik) porti bilan boglangan. Metallsozlik, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Q.x. mahsulotlari qayta ishlanadi. M. yaqinidan asbest qazib olinadi. Un-t, kutubxona bor. Shaharga 17-a.ning oxiri — 18-a.ning boshlarida asos solingan. 1903—68 y.lar Svazilend Britaniya protektoratining maʼmuriy markazi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil