Njamena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Njamena — Chad poytaxti. Shari daryosining oʻng sohilida, unga Logone daryosi quyilishida joylashgan. ShariBagirmi prefekturasining maʼmuriy markazi. Iklimi ekvatorial, mussonli iklim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 24°, iyulniki 27,7°. Yiliga 648 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 530,1 ming kishi (1990y.lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Shaharga 1900 y.da Fransiyaning Markaziy Afrikadagi hududlarining maʼmuriy markazi sifatida asos solingan va komandir Lami nomi bilan 1973 y.gacha Fortlami deb atalgan. 1920—58 y.larda Fransiyaning Chad mustamlakasining maʼmuriy markazi. 1958 y.dan Chad muxtor Respublikasi, 1960 y.dan mustaqil Chad davlati poytaxti. N.da prezident qarorgohi, Milliy majlis, hukumat muassasalari va b. joylashgan. Mamlakatning muhim iqti-sodiy, savdo-moliya va madaniy markazi. Oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Paxta, chorva bilan savdo qilinadi. Un-t, milliy muzey bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Katta masjid, sobor va b. saqlangan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil