Jazoir (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jazoir
arab. مدينة الجزائر‎‎, Madīnat al-Jazā'ir
Alger
Gerb
Gerb
Mamlakat Jazoir
Koordinatalari 36°46′35″N 3°3′31″E / 36.77639°N 3.05861°E / 36.77639; 3.05861Koordinatalari: 36°46′35″N 3°3′31″E / 36.77639°N 3.05861°E / 36.77639; 3.05861
Maydoni 273 km²
Markazi balandligi 10 m
Rasmiy tili Arab tili
Aholisi 2 029 936 
Vaqt mintaqasi UTC+1
Telefon kodi +213 21
Pochta indeksi 16000-16132
Jazoir (shahar) (Jazoir)
Jazoir

Jazoir (arab. مدينة الجزائر‎‎, Madīnat al-Jazā'ir, frans. Alger) — Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining poytaxti. Jazoir viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,5 mln. kishi (1998).

Oʻrta dengiz boʻyida joylashgan. Iqlimi subtropik, oʻrta dengiz iqlimi, qishi iliq, yozi quruq va issiq. Oʻrtacha t-ra yanvarda 12°, iyulda 25°; yiliga 700 mm yogʻin yogʻadi.

J.ga finikiyaliklar tomonidan mil. av. 9-a. oxirida Ey-Qozi bandargohi sifatida asos solingan, keyinchalik rimliklar tomonidan Ikozium deb nomlangan. Ikozium vayronalari oʻrnida 935 y.da barbar amiri Bologgin ibn Ziri yangi shahar bunyod qildi va keyinchalik bu shahar J. deb ataldi. 11-a.dan J. Oʻrta dengizning yirik savdo porti, 13-a.

dan Ispaniyadan quvgʻin qilingan mavr muhojirlari markazi boʻldi. 16-a.gacha turli davlatlar tarkibida boʻlib kelgan. 16-a.dan Usmonli turklar saltanatiga qaram boʻlgan Jazoirning markazi. 1830 y.da fransuzlar bosib olgach, 130 yil davomida Fransiyaning Jazoir mustamlakasining maʼmuriy markazi boʻldi. J.da 2-jahon urushi davrida ittifoqchi davlatlar qoʻmondonliginingOʻrta dengizdagi shtab kvartirasi joylashgan. J. 1962 y.dan mustaqil Jazoir davlatining poytaxti.

J. — transport yoʻllari tuguni, xalqaro aeroport bor. Oʻrta dengiz boʻyidagi yirik port (yillik yuk ortib tushirish 5,8 mln. t). Mamlakatning iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Mashinasozlik (avtomobil va q. x. mashinalari), metallsozlik, oziq-ovqat (vinochilik, yogʻ, tamaki, un tortish), kimyo, neftni qayta ishlash, sement, sellyuloza-qogʻoz, toʻqimachilik korxonalari, oyna zavodi, yogʻochsozlik f-kalari, issiqlik elektr st-yalari, metropoliten bor.

J. Jazoir qoʻltigʻi boʻylab 15 km ga choʻzilgan, bogʻ va parklar koʻp. J.ning qad. qismida qalʼa, Katta masjid (1096), Sidi Abdurahmon masjid-maqbarasi (1611), Jome ul-Jadid masjidi (1660), J.ning Yevropacha uslubda qurilgan qismida Hukumat uyi (1930) bor. 1960 y.lardan yangi turar joy binolari qurilgan. Un-t, institutlar, maxsus oʻrta oliy oʻquv yurtlari, Sahroi Kabir instituti, rasadxona, botanika bogʻi, Milliy drama teatri va b. bor. Har yili xalqaro yarmarka oʻtkaziladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil