Nayrobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nairobi - Keniya poytaxti, 1700 m balandlikdagi yassitogʻlikda joylashgan. Iqlimi ekvatorial, mussonli iklim. Iyul oyining oʻrtacha t-rasi 15°, martniki 18,7°. Yillik yogʻin oʻrtacha 930 mm. Aholisi 2,07 mln. kishi (1998). N. maʼmuriy jihatdan provinsiyaga tenglashtirilgan poytaxt okrugini tashkil qiladi.

Shaharga 1899 y.da Mombasa — Kisumu t.y.ning qurilishi natijasida asos solingan. Keyinroq inglizlarning harbiy bazasi boʻlgan. 1963 y.dan mustaqil Keniya poytaxti. N. — t.y. va shosse yoʻllar tugun i. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdo-sanoat markazi. Oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, toʻqimachilik, metallsozlik, kimyo, qogʻoz, oynashisha, sement sanoati korxonalari mavjud. Milliy universitet, milliy muzey, Sorsbi badiiy galereyasi, milliy teatr, kutubxona, tad-qiqot markazlari bor. Shahar toʻgʻri burchakli reja asosida, binolar yevropacha usulda qurilgan. Turizm rivojlangan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil