Lilongve

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lilongve — Malavi poytaxti. Markaziy provinsiyaning maʼmuriy markazi. 1100 m balandlikda joylashgan. Aholisi 440,4 min kishi (1998). Iklimi ekvatorial, mussonli iqlim. Yillik oʻrtacha t-ra 20°, yiliga 2500 mm gacha yogʻin yogʻadi. L. — Malavini Mozambik va Zambiya bilan bogʻlovchi asosiy t.y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Tamaki ekiladigan r-n markazi. Tamaki, makkajoʻxori va boshqa q.x. mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar, kiyim-kechak f-kalari, tamaki auksioni bor. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Shaharga 1902 y.da ingliz mustam-lakachilari tayanch punkti sifatida asos solingan. 1964 y.da mamlakat poytaxtini Zombadan L.ga koʻchirish haqida qaror qabul qilindi. 1975 y.dan L. — rasmiy poytaxt. L.da Zomba unti tarkibidagi q.x. kolleji va "Kamuzu" kolleji, Milliy kutubxona va b. bor. Eski shahar va yangi poytaxt qismlaridan iborat. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil