Jahon energetika kengashi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jahon energetika kengashi (JEK; inglizcha: World Energy Council, WEC) eng yirik xalqaro energiya[1] nodavlat tashkiloti hisoblanadi. 100 ga yaqin mamlakatning 3000 dan ortiq energetika tashkiloti manfaatlarini ifodalaydi. Ishtirok etish Milliy qoʻmitalar orqali amalga oshiriladi.

BMTning energiya masalalari boʻyicha akkreditatsiyalangan organi.

JEK Markaziy ofisini (London) Bosh kotib boshqaradi, u JEK ofitserlar kengashiga hisobot beradi va oʻz navbatida raisga boʻy sunadi. JEK raisi va rais oʻrinbosari uch yil muddatga saylanadi. Har qanday Milliy qoʻmita oʻz nomzodini taklif qilishi mumkin.

JEK vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jahon energetika kongressini oʻtkazish;
  • Energetika sohasida boshqaruvchilar va mutaxassislar kuchlarini birlashtirish;
  • Energiya masalalari boʻyicha tadqiqot ishlarini ragʻbatlantirish;
  • Energetika sohasini barqaror rivojlantirish boʻyicha ilmiy maʼlumotlarni solishtirish, energiya taʼminotining turli usullari va energiyadan foydalanish istiqbollarini oʻrganish;
  • Jahon miqyosdagi tadbirlar orqali global, davlat, mintaqaviy strategiyalarni, ularning natijalarini nashr etish bilan ilmiy tadqiqotlarni yoritish.

JEK aʼzolari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kengashga aʼzo davlatlar

2017-yil iyun holatiga koʻra Jahon energetika kengashi 94 ta davlatdan iborat:

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. World Power Conference // 20th Century Press Archives — 1908.