Himolay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Himolay (sanskritcha himalaya — qorlar makoni) — Yer sharidagi eng baland togʻ sistemasi, Hindiston, Xitoy, Nepal, Butan va Pokiston hududlarida, shim.da Tibet togʻligi bilan jan.da Hindgang tekisligi oraligʻida joylashgan. Uz. 2400 km dan ziyod, eni 350 km gacha. Tizmalarining oʻrtacha bal. 6000 m, eng baland joyi 8848 m (q. Jomolungma choʻqqisi). 11 ta choʻqqisining bal. 8000 m dan ziyod. H. aniq morfologik va tabiiy geografik chegaralarga ega: shim.da Hind va Sangpo (Brahmaputra) daryolari yuqori oqimlarining koʻndalang tektonik vodiylari, shim.-gʻarbida Hinduraj tizmasi, sharqida Brahmaputra daryosi darasi. H. — Markaziy Osiyo choʻllari va Jan. Osiyo tropik land-shaftlari oʻrtasidagi yirik orografik, iqlim va flora toʻsigʻi hisoblanadi.

H. Hindgang tekisligidan 3 yirik pogʻona shaklida tik koʻtarilgan. 1-pogona daryolar daralari bilan kuchli parchalab yuborilgan Sivalik (Old H., oʻrtacha bal. 900—1200 m) tizmasidan iborat. 2-pogʻonadagi alohida togʻ mas-sivlari va tizmalardan iborat Kichik (Past) H. togʻlari 3-pogʻonadagi Katta (Baland) yoki Bosh H. tizmasidan togʻ oraligʻi botiqlari va qad. muzlik soyliklari (Katmandu, Srinagar va b.) bilan ajralgan. U ham oʻz navbatida As-som, Nepal, Panjob tizmalariga ajraladi. Muzlik koʻp (mayd. 33 ming km2). H. alp orogenezi davrida shakllangan boʻlib, jan. togʻoldi qismi qum-tosh va konglomeratlardan, tub yon bagʻir va oʻq qismi gneys, kristalli sla-nets va metamorfik jinslardan tuzilgan. Foydali qazilmalardan Kichik va Katta H.da magmatik va metamorfik jinslar majmui bilan bogʻliq ravishda mis, oltin, xromit, sapfir konlari bor. H. togʻoldi bukilmasida neft va gaz konlari aniqlangan.

H. Hindistonning ekvatorial mussonlari bilan Markaziy Osiyoning kon-tinental oʻlkasi oʻrtasidagi keskin iqlim chegarasidir. H. gʻarbiy sektori iqlimiga t-raning keskin tebranishi, kuchli shamollar xos. Qishi sovuq, yanvar ning oʻrtacha t-rasi —10°, —18°, 2500 m dan balandda qor boʻronlari boʻladi. Yozi iliq, iyulning oʻrtacha t-rasi 18° atrofida, quruq. Yogʻin miqdori sik-lonlarga bogʻliq boʻlib (yiliga taxm. 1000 mm), vodiy va soyliklarda togʻ yon bagʻirlariga nisbatan 3—4 marta kam yogʻadi.

H. gʻarbida 1800—2200 m balandlikda Hindistonning koʻplab iqlim kurortlari joylashgan. Sharqiy qismi musson rejimli nisbatan issiq va nam iqlimli. Yozda 1500 m dan baland yon bagʻirlarda t-ra 35°, vodiylarda 45° gacha koʻtariladi. Yomgʻir deyarli toʻxtamay yogʻadi. Jan. yon bagʻirlarning gʻarbida 2500 mm dan sharqida 5500 mm gacha, ichki r-nlarda 1000 mm chamasida yogʻin tushadi. H.ning shim. yon bagʻirlariga sovuq togʻchoʻl iqlimi xos. T-raning sutkalik amplitudasi 45° gacha, yillik yogʻin 100 mm chamasida.

Daryo va soylar, asosan, H.ning jan. yon bagʻirlarida koʻp boʻlib, yuqori qismida qor va muzliklardan, quyi qismida yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Vodiylari chuqur va tor, sharshara va ostona koʻp. Tektonik botiqlarda yoki pastqam joylarda muzliklarning erishidan hosil boʻlgan koʻllar, asosan, H.ning gʻarbiy qismida joylashgan. Eng uzun muzliklar Jomolungma va Kanchen-jangada. Muzliklarning quyi chegarasi Kashmirda 2500 m, markaziy qismida 4000 m.

H.ning landshafti turli-tuman. Balandlik mintaqasi aniq koʻrinadi. Togʻ etaklari botqoqlashgan changalzor — terayalardan, 1000—1200 m balandlikkacha shamolga roʻpara yon bagʻirlarda va daryo vodiylarida doim yashil sernam tropik oʻrmonlar, 1200—1500 m da doim yashil keng bargli oʻrmonlar mintaqasi, 2200 m dan yuqorida moʻʼtadil mintaqaning barg toʻkuvchi va igna bargli oʻrmonlari, 2700— 3600 m da igna bargli oʻrmonlar, 3600-5000 m, baʼzi joylarda 6000 m gacha subalp va alp oʻtloqlari min-taqalari mavjud. Gʻarbiy yon bagʻirlarida siyrak kserofit oʻrmonlar va butazorlar, barg toʻkuvchi musson oʻrmonlari, 1200—1500 m dan Oʻrta dengiz boʻyiga xos subtropik turlar tarqalgan. Shim. yon bagʻirlari togʻ-choʻl landshaftlari — siyrak quruq oʻt va butalar, daryo vodiylarida teraklar oʻsadi. 5000 m dan yuqorisi glyatsial-nival mintaqa. Tuproqlari qorabalchiqli botqoq, qizil-qoʻngʻir, oʻrmonqoʻngʻir, qoʻngʻir-chala podzol va togʻ oʻtloqi tuproqlar. Togʻ yon bagʻirlarining quyi qismida, terayalarda yirik sut emizuvchi hayvonlar — fil, karkidon, buyvol, qobon, antilo-pa; yirtqichlardan yoʻlbars, qoplon; maymunlar yashaydi. Qush turlariga boy. Shim. yon bagʻirlarida tibet fau-nasi — himolay ayigʻi, yovvoyi echki, arxar, qoʻtos va kemiruvchi koʻp. Yon bagʻirlarida 2500 m gacha dehqonchilik qilinadi. Plantatsiya xoʻjaligi rivojlangan. Sugʻoriladigan terrasalarda sholi ekiladi. Shim. H.da 4500 m balandlikkacha arpa ekiladi. Al-pinizm (asosan, Nepalda) taraqqiy etgan.