Kserofitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kserofitlar (yun. xeros — quruq, phyton — oʻsimlik) — quruq (suvsiz) yerdarda oʻsadigan oʻsimliklar. Qator belgi va xususiyatlari (qarang Kseromorfizm) tufayli issiqlik va suvsizlikka chidamli oʻsimliklar. K. ekologik va fiziologik xususiyatlariga koʻra bir necha guruhlarga boʻlinadi.

Sukkulentlar — tanasida suv toʻplaydigan, protrplazmasining yopishqoqligi va hujayralarida koʻp miqdorda suv saqlanishi tufayli issiqqa chidamli, lekin suvsizlikka chidamsiz oʻsimliklar (aganalar, kaktuslar, aiios). Gemikserofitlar — suvsizlikka uzoq chidash berolmaydigan, lekin yer osti suvlariga yetadigan ildiz sistemasining boʻlishi, tanasidan suv bugʻlanishi va moddalar almashinuvi jarayonlarining jadal kechishi tufayli issiqlikka chidamli oʻsimliklar (yantoq, otquloq). Evkserofitlar — hujayra protoplazmasi juda quyuq boʻlishi, moddalar almashinuvi sekin borishi tufayli suvsizlik va issiqlikka chidamli oʻsimliklar (shuvoqlarning ayrim turlari). Poykilokserofitlar — suv tanqisligida anabioz holatga oʻtuvchi oʻsimliklar (ayrim tropik va subtropik oʻsimliklar).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil