Barg toʻkilishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barg toʻkilishi, xazonrezgi - oʻsimlik barglarining tabiiy holda toʻkilish jarayoni. Barg toʻkadigan oʻsimliklar (odatda daraxt va butalar) noqulay mavsum boshlanishi bilan koʻpincha barglarini bir vaqtda, doim yashil oʻsimliklar asta-sekin toʻkadi. Qarib borayotgan barglarda kechadigan chuqur biokimyoviy va fiziologik oʻzgarishlar assimilyasiya jarayonining keskin susayishiga va parchalanish jarayonining kuchayishiga olib keladi. Barg toʻkilishi jarayonining mexanizmi barg tarkibidagi geteroauksinning keskin kamayib ketishi va etilen mahsulotlarining koʻpayishi, shuningdek barg bandidagi koʻchadigan qavatning shakllanishiga bogʻliq. Barglarning poyadan ajralib toʻkilishi shu qavat hujayrasi qobigʻining izdan chiqishi va oʻtkazuvchi naylarining uzilishi oqibatida sodir boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil