Yoʻlbars

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yoʻlbars (Panthera tigris) — mushuksimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Shu oilaning eng yirik vakili. Tanasining uz. 160—290 sm (baʼzan 3 m dan ortiq), dumi 114 sm gacha, vazni 390 kg gacha. Boshi yumaloq, mallarang , tanasining orqa va yon tomonlarida koʻndalang qora yoʻllari boʻladi. 7 ta kenja turi maʼlum. Gʻarbiy va Jan.-Sharqiy Osiyo hamda Hindiston ya. o. da tarqalgan. Rossiyaning Primorye oʻlkasida amur Y. i (P.t. altaica) uchraydi. 20-a. ning 30-y.gacha Kavkaz ortida, 50-y. gacha Amudaryoning quyi oqimida (turon Y.i P.t. virgata) uchragan. Y. 20 a. boshlarigacha Chirchiq havzasida ham yashagan. Y., asosan, toʻqaylar, qalin qamishzor va togʻ oʻrmonlarida yashaydi. Ular yovvoyi tuyoqli hayvonlar, jumladan, toʻngʻizlarni ovlaydi, odamxoʻr Y. kamdan-kam uchraydi. 2—3 yilda bir marta bolalaydi, homiladorlik davri 98—112 kun, 2—6 ta bola tugʻadi; 5—6 oy emizadi. Bolalari 1—2 yoshida mustaqil yashay boshlaydi. Soni juda kamayib ketgan, barcha kenja turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil