Avstraliya (qitʼa)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avstraliya
Maydoni 8,600,000 km2
Aholisi 36 million (2009)
Aholi zichligi 4.2/km2
Etnoxoronim avstraliyalik
Davlatlar 3 ta (Avstraliya (davlat), Papua Yangi Gvineya va Indoneziyaning qismlari)
Vaqt mintaqalari GMT+10, GMT+9.30, GMT+8
Yuqori darajali internet domeni .au, .pg va .id


Avstraliyaning fazodan koʻrinishi

Avstraliya (lotincha: australis – janubiy) – Janubiy yarim sharda joylashgan materik.Umumiy maʼlumot. A. shimolidan janubiga 10°4G (York boʻrni) bilan 394 G (Janubiy-Sharqiy burun) j.k.lar oraligʻida 3200 km ga, gʻarbdan sharqqa 4100 km ga 113°05’ shq.u. (Stip-Poynt boʻrni) bilan 153°34’ (Bayron boʻrni) shq.u.lar oraligʻida choʻzilgan. Maydoni 7682 ming km² (Tasmaniya, Kenguru, Melvill va boshqa orollar bilan 7704,5 ming km² ga yaqin). A.– materiklar ichida eng kichigi. Janubiy tropik chizigʻi A.ning deyarli oʻrtasidan kesib oʻtadi. Materikni gʻarb, shimol va janubidan Hind okeani, sharqdan Tinch okean dengizlari oʻrab turadi. Qirgʻoqlari unchalik egribugri emas, shimolida Karpentariya, janubida Katta Avstraliya qoʻltiqlari bor. Katta yarim orollari – shimolida Arnemlend va Keyp-York. Tasmaniya oroli A.dan kengligi 224 km li Base boʻgʻozi orqali ajralib turadi. A. shimolida yirik orollardan Yangi Gvineya joylashgan. A.ning sharqiy sohili boʻylab behisob marjon orollaridan tashkil topgan Katta Toʻsiq rifi 2300 km masofaga choʻzilib yotadi.Tabiati. Orografiyasi. A. relefining aksariyat qismi tekislik. Dengiz sathidan oʻrtacha balandligi (215 m) jihatidan A. materiklar ichida eng past. Yer yuzasi 95% ining mutlaq balandligi 600 m dan oshmaydi. Yirik orografik qismlari: 1) Gʻarbiy Avstraliya yassi togʻligi – oʻrtacha mutlaq balandligi 400–500 m, tizmalar va supa togʻlardan iborat; 2) Markaziy payettekislik – koʻp qismining mutlaq balandligi 100 m ga yetmaydi. A.ning eng past nuqtasi ham (–12 m) oʻsha yerdagi botiqda joylashgan Eyr koʻli yonida; 3) Katta Suvayirgich tizma (materik sharqida) – oʻrtacha balandlikdagi ayrim-ayrim, choʻqqilari yassi tizma togʻlar. A.ning eng baland nuqtasi – Kossyushko togʻi (2230 m) janubidagi Avstraliya Alp togʻlarida. A.ning hozirgi relefi asosan kembriygacha boʻlgan davrda vujudga kelgan va keskin tektonik oʻzgarishlarga uchramagan, yer yuzasi uzoq davrlar ichida yemirilib, natijada qoldiq togʻlar bilan birga keng tekisliklar vujudga kelgan. Katta Suvayirgʻich tizma yemirilgan paleozoy burmali togʻlari oʻrnida vujudga kelgan. Nallarbor tekisligida, Moviy togʻlarda, Barkli va Aterton platolarida karst relef shakllari uchraydi.Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. A.ning aksari qismi Avstraliya platformasi oblastida joylashgan, sharqiy qismi esa Sharqiy Avstraliya burmali geosinklinal mintaqasiga kiradi. Kembriydan avval vujudga kelgan platformaning materik zaminidagi kristall hamda metamorfik jinslari Gʻarbiy plato, Tasman yeri, Gʻarbiy Avstraliya qalqoni va boshqa joylarda yer yuzasiga chiqib qolgan; sharqda (Markaziy pasttekislikning gʻarbida) esa quruqlik va koʻl yotqiziqlari ostida koʻmilib ketgan, shuningdek Sharqiy A. platformasida ham uchraydi. Yuqori paleozoyda va mezozoyning birinchi yarmida Avstraliya platformasi qadimgi Gondvana materigi bilan tutash boʻlgan. Uchlamchi davr oxiri va toʻrtlamchi davrda roʻy bergan tektonik harakatlar A.ni Yangi Gvineya o., Malayya arxipelagining sharqiy orollari va Tasmaniyadan ajratib yuborib, materikni hozirgi qiyofasiga keltirgan.Avstraliya platformasi oltin va polimetallga, temir rudasi va boksitga boy, Flinders tizmasida uran va radiy rudalari uchraydi. A. sharqida toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir konlari bor. Katta Artezian havzasi, Viktoriya shtati sohillarida neft va gaz topilgan.Iqlimi. A.ning shimoliy qismi (20° j.k. gacha) ekvatorial mussonli, oʻrta katta qismi (20°–30° j.k.lar oraligʻi) tropik choʻl va janubiy-gʻarbiy chekkasi qishda yogʻin koʻproq yogʻadigan subtropik iqlimli mintaqalarga kiradi. A. Janubiy yarim shardagi eng issiq quruqlik, uning 2/3 qismi choʻl va chala choʻllardan iborat. Qirgʻoqlardan materik ichkarisiga tomon 103yogʻin miqdori tez kamayib boradi, lekin koʻp yillik yogʻinsiz davrlar boʻlmaydi. Yozda (dekabr–fevral) quruqlik gʻoyat qizib (temperatura 36° dan ortadi) materik ustida past bosim oblasti vujudga keladi, uning janubiy chekkalaridagina baland bosim qaror topadi, shu sababli janubi-gʻarbda va Nallarbor tekisligida yogin tushmaydi. temperaturaning mavsumiy oʻzgarishi asosan tropik va subtropik mintaqalarning ichki rayonlarida koʻproq namoyon boʻladi. Yanvar oyida 40° dan yuqori issiq temperaturalar shimoli-gʻarbda (Marbl-Bar) boʻladi. Mutlaq maksimum temperatura 53,1° Klonkarrida (Kvinslend) kuzatilgan. Mutlaq minimum temperatura A.ning ichki rayonlarida – 4,6°gacha tushadi. Faqat Avstraliya Alp togʻlarida sovuq barqarorroq boʻlib turadi. U yerda – 22°gacha sovuq qayd qilingan. Tekisliklarda tuproqning yuza qatlami ahyon-ahyondagina muzlaydi. Yil davomida ik-kita mavsum – quruq va yogʻingarchilik mavsumlari kuzatiladi. Murrey tekisli-klarida momaqaldiroqli jalalar, janubi-sharqdagi togʻlarda musson yomgʻirlari yogʻadi. Sharqiy sohilning koʻp qismida iqlim tropik dengiz iqlimi, issiq. Shi-molda yogʻinlarni shimoli-gʻarbiy mussonlar keltiradi. Bu yerda yogʻin sohilda 1500 mm, 10°– 20° j.k.da 400–500 mm. A.da eng koʻp yogʻin (2243 mm) Kernsda yogʻadi. Eng kam yogʻin (300–250 mm) materik gʻarbida yogʻadi. Katta Suvayirgʻich tizmasi Tinch okeandan esuvchi iliq va nam shamollarni toʻsib, A.ning sharqiy sohili va ichki rayonlarida yogʻin taqsimotini murakka-blashtiradi. Qishda (iyun– avgust) A.ning ayniqsa janubiy va janubi-sharqiy qismlari sovib (12°, 5°), yuqori bosim oblasti tarkib topadi.Ichki suvlari. A.ning60% maydoni oqmas ichki havzaga, 7% Tinch okean va 33% Hind okeani havzasiga mansub. A.da oqar suvlar koʻp emas. Okeanga quyiladigan daryolar qisqa, togʻlardan boshlanadi, suv miqdori doimiy emas. Eng sersuv daryosi Murrey (Marri), yirik irmogʻi – Darling. Ichki berk havzani kesib oʻtuvchi quruq oʻzan (krik)lar koʻp, ularda faqat yogʻingarchilik vaqtlaridagina suv oqadi. A. choʻllaridagi suvlar shoʻr. Yer osti suvlari koʻpincha minerallashgan, zaxirasi katta. Ular bir necha artezian havzada toʻplangan, bunday suv 200 m, ba’zan 500 m gacha chuqurlikdan chiqadi. Shoʻr koʻllar ichida eng yirigi Eyrning yozda maydoni ba’zan 15000 km² ga yetadi. Undan janubida Torrens, Gerdner, Gʻarbiy platoda Amadiyes koʻllari bor. A. yer osti suvlariga boy. Umumiy maydoni 4800 ming km² ni tashkil qilgan 33 ta artezian havzasi mavjud; bulardan eng yiriklari – Katta Artezian, Murrey, Morton-Klarens, Yukla, Offiser, Jorjina. Yer osti suvlaridan qurgʻoqchil rayonlarda sugʻorish, sanoat va transport ehtiyojlari uchun foydalaniladi.Tuproq va oʻsimliklari. A.ning organik dunyosi boʻr davri oʻrtalaridan boshlab boshqa quruqliklardan ajralgan holda rivoj topgan, shuning uchun flora tarkibida endemik turlar koʻp (75%). A. maxsus flora oblastini tashkil qilgan (qarang Avstraliya floristik dunyosi). Ichki A.ning katta qismi qumli va toshloq choʻllar (Katta Qumli choʻl, Viktoriya va Gibson choʻllari) bilan band. Choʻllarni boʻz va jigarrang boʻz tuproqli, asosan evkalipt va akatsiya butalaridan iborat tikanakli qalin chakalakzorlar bilan qoplangan chala choʻllar oʻrab olgan. Bir oz sernamroq chala choʻllar butazor – skreblar bilan band. Chala choʻl va savannalardan tabiiy yaylov sifatida foydalaniladi. Boʻr davriga kadar A.ning Janubiy Amerika va Afrika bilan quruqlik orqali tutash-ganligini proteylar va ba’zi igna bar-glilarning umumiy oilaga mansubligi tasdiqlaydi. Shim., sharq, janubi-sharq va janubi-gʻarbda yogʻin miqdori orta boradi va bu yerlarda qizgʻish-qoʻngʻir va qizil tuproqli savannalar uchraydi. Materikning shimoli-sharqi doimiy yashil tropik oʻrmonlar bilan, janubi-sharqi evkaliptli subtropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Chala choʻl va savannalar yaylov ahamiyatiga ega. Tovar mahsulot beruvchi oʻrmonlar A. maydonining qariyb 2%ini tashkil 104qiladi.Hayvonot dunyosi. A. faunasi oʻziga xos boʻlganligidan uni alohida Avstra-liya zoogeografik oblastita ajratil-gan. A. faunasida yuksak sut emizuvchi hayvonlar (odamlar chetdan keltirgan dingo itidan tashkari) deyarli yoʻq. Ma-terikda mezozoy va uchlamchi davr fauna-sining vakillari hozirgacha saqlangan. Masalan, tuxum qoʻyuvchi sut emizuvchilardan yexidna va oʻrdakburun, baliqlardan ikki xil nafas oluvchi seratod, qopchiqli sut emizuvchilardan kenguru, ayiklar (koala) va boshqa A.ning koʻp yovvoyi hayvonlari odamlarning xoʻjalik faoliyati va tartibsiz ov qilishi natijasida kamayib ketgan. A. uchun tipik qushlar: kakadu toʻtisi, emu tuyaqushi, katta oyokli tovuqlar, qora oqqush, jannatqush, tovusdum va boshqa Yevro-padan xonaki hayvonlar keltirilgan.Tabiat rayonlari. A.ning tekislik qismlaridagi subekvatorial, tropik va subtropik mintaqalarida geografik zonallik yaqqol koʻrinadi. Yillik yogʻin miqdori 200–250 mm boʻlgan choʻl zonasi katta maydonni egallagan. Plato va yassi togʻliklar toshloq choʻllardan iborat. Avstraliya Alp togʻlarida balandlik land-shaft mintaqalari aniq namoyon boʻlgan. A.ning tabiiy landshaftlari odamlar tomonidan juda oʻzgartirib yuborilgan. Tabiatni qoʻriqlash koʻproq Janubiy A.da yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Maunt Buffalo, Kossyushko, Saut-Uest (Tasmaniya o.), Uayperfild va Uilsons-Promontori, Eungella va boshqa milliy parklari bor.Kashf etilishi va tadqiq qilinish tarixi.A. haqidagi dastlabki noaniq ma’lumotlar yevropaliklarga portugal dengizchilari orqali 16-asrda yetib kelgan. Ammo A.ning shimoliy qismlarini ba’zi bir indonez qabilalari qadimdan bilishgan boʻlsa kerak. A.ni 1606-yilda gollandiyalik V. Yanszon kashf qilgan va Yangi Gollandiya deb atagan. Bir necha oydan soʻng ispaniyalik L. Torres A.ning Keyp-York yarim orol shimolidagi boʻgʻozdan suzib oʻtdi. Bu boʻgʻoz keyinchalik uning nomiga qoʻyilgan. Yava o.ga qatnab turgan golland dengizchilari 1640-yilda materikning gʻarbiy, qisman shimoliy va janubiy sohillarini kashf etgan. 1642-yilda Tasman A. dan janubroqda suzib, Tasmaniya o.ni topdi va materikning Antarkt-dadan uzoqda joylashganligini isbot etdi. J. Kuk 1770-yilda A.ning sharqiy sohillarini kashf etdi va uni Yangi Janubiy Uels deb atadi. M. Flinders va N. Boden tadqiqotlari bilan A. janubiy sohillarining kashf etilishi tugʻallandi. M. Flinders materikni Avstraliya ("Janubiy Yer") deb atadi va 19-asrdan shu nom bilan mashhur boʻlib qoldi. A.ning ichki qismi yevropaliklarning chorva mollari uchun yaylov va suv qidirish maqsadlarida oʻrganiddi. Koʻpdan-koʻp geografik tadqiqotlar natijasida butun A.ning tabiat boyliklari asosan oʻrganib boʻlindi. Bu esa qit’aning xoʻjalik jihatdan tez oʻzlashtirilishiga olib keldi. Keyingi vaqtlarda qazilma boyliklar qidirib topish borasida xususiy tadqiqotlar olib borilmoqda. A.da Avstraliya davla-ti joylashgan.Ad.: Qit’alar tabiiy geografiyasi, T., 1967; Muxin G. I, Avstraliya i Okeaniya, M., 1967; Svet Ya. M., Istoriya otkritiya i issledovaniya Avstralii i Okeanii, M., 1966.[1]

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avstraliyaning iqlim xaritasi
  Ekvatorial
  Tropik
  Subtropik
  Choʻl
  Yarimchoʻl
  Moʻtadil

Avstraliya qitʼasi janubiy yarimsharning uch asosiy issiq iqlim mintaqalarida joylashgan: subekvatorial iqlim (shimolda), tropik iqlim (markaziy qismida), subtropik iqlim (janubda). Faqatgina Tasmaniya orolining bir qismi moʻtadil iqlim mintaqasida joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil