Londondagi G-20 sammiti (2009)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Londondagi G-20 sammiti (2009)
London Summit 2009-1.jpg
Nomi: Londondagi G-20 sammiti (2009)
Asl atamasi: ingl. 2009 G-20 London summit
Mamlakat: Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Oʻtkazilish joyi: London shahri,
Sana: 2-aprel 2009-yil
Sammit oʻtkaziladigan joylar
Oldingi uchrashuv: Vashingtondagi G-20 sammiti (2008)
Keyingi uchrashuv: Pittsburgdagi G-20 sammiti (2009)

Londondagi G-20 sammit (2009) – G20 tarkibidagi mamlakatlarning ikkinchi marotiba moliyaviy bozorlar va iqtisodiy inqiroz muhokamasi asosiy mavzu hisoblangan sanmmitlaridan biri. Ushbu sammit 2009-yilning 2-aprelida Birlashgan Qirollik poytahti London shahridagi ExCel deb nomlangan yarmarka markazida boʻlib oʻtgan. [1] Bundan hulosaga kelish mumkin,ki jahonning ilgarilagan mamlakatlaridan tarkib topgan Katta yigirmatalik hisobida 2008-yilning 14-15-noyabr kunlari Vashingtonda oʻtkazilgan sammitdan keyingi ilk marotiba moliyaviy bozor va jahon iqtisodiyoti inqirozi muammolari muhokama qilingan. [2] Sammitda ishtirok etish uchun hokimiyat raislari yoki prezidentlari tomonidan moliya vazirlari guruhlarini oʻz ichiga oladigan Katta yigirmatalik aʻzolari va regional hamda xalqaro mavqe ega tashkilotlar roʻyhatga kiritilgan. Londondagi sammit Vashingtondagi sammitga nisbatan ancha keng maqomda oʻtkazilgan. [3] 2013-yilda Britaniyaning Hokimiyat Kommunikatsiya nazorati tomonidan horijlik delegatlar tomonidan soʻdir etilgan telefon qoʻngʻiroqlar aloqalarini nazoratchi kompyuterlar orqali aniqlagaydigan aloqa vositalarini oʻrnatgan. Bu vaziyatni oʻrganib chiqqan britan hokimiyatininig razvedkasi keskin choralar koʻrish maqsadida Maxsus Xizmat tomonidan jiddiy qarorlar qabul qilinishi uchun Britan vazirlar mahkamasiga tegishli arizalarni yetkazgan. [4]

Kun mavzusi[tahrir]

Londondagi sammitda Britaniya Moliya vazirligi uchrashuv aynan shu mamlakatda oʻtkazilishi sababli ishlab chiqarishni kengaytirish takliflarini ilgari surishgan. Bundan asosiy koʻzlangan maqsad ‘’global kuchlarni boshqarish uchun oʻrta hajmdagi yangi oʻzgartirishlar kiritish protsessini boshlash’’ ekanligini Britaniaylik mulozimlar tomonidan taʻkidlangan. [5]

  1. Yoʻqolib borayotgan ishonch va talabotning keskin tushib ketishiga kurash maqsadida bir necha kelishuv harakatlari sammitda koʻrish uchun asosiy mavzular qatoriga kiritilgan.(bundan kelib chiqilsa har bir mamlakat oʻzining moliya-kredit siyosati bilan va turli hil imkoniyatlar bilan keskin farq qilishi hisobga olingan) [5]
  2. Kelajakda inqirozni tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va paydo boʻlayotgan hamda rivojlanayotgan bozorla harakatini qoʻllab quvvatlash maqsadida birgalikda yangi yangi usullarni ishlab chiqish kerakligi taʻkidlangan. [5]
  3. Inqirozdan chiqish uchun moliyaviya sektorlar kamchiliklarini birgalikda hal etish
  4. Moliyaviy nazorat tartibi va Xalqaro moliya muassisalari aloqalarini yahshilash. Jumladan Moliyaviy muqarralik forumi (MMF) va Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi kabi tashkilotlar ahamiyatini kengaytirish. [5]
  5. Yanada muqarrar yoʻsinda xavfsiz globallashgan xom-ashyo va mahsulot bozorlari tartibiga oʻtish usullari va jahon savdosini barqarorlashtirish kelishuvlarini qabul qilish.
  6. Yangitdan jahon jamiyatini ming yillik rivojlanish maqsadi ostida birlashtirish[5]

Tayyorgarlik[tahrir]

Londondagi sammitga qadar tayyorgarlik sifatida ikki rasmiy uchrashuvlarni oʻtkazishgan. Bu uchrashuvning biri faqat Yevropa mamlakatlari uchun 2009-yilning 22-fevralida Olmoniya poytahti Berlin shahrida va Moliya vazirlari uchun 2009-yilning 14-martida Birlashgan Qirollikda tashkil qilingan.

Yevropa liderlari sammiti[tahrir]

Yevropa Ittifoqining 20 mamlakatlaridan faqat toʻrtta aʻzolari Birlashgan Qirollik, Olmoniya, Fransiya va Italiya hamda Yevropa iqtisodiyotida muhim rol oʻynaydigan ikki mamlakat Ispaniya va Niderlandlar 2009-yilning 22-fevralida Berlinda Londondagi sammitga tayyorgarlik va oʻz yoʻnalishlarini aniqlash sifatida sammitda qatnashishgan. Lekin bu ikki mamlakat Niderlandlar va Ispaniya G20 sammitida taklif qilinganlar orasida qatnashilishini oldindan ogohlantirishgan.[6] Bu Berlindagi uchrashuv Kansler Angela Merkel tomonidan taklif qilingan asoslar tufayli muhim ahamiyatga ega sammitga aylangan. Vakillar sammit davomida moliyaviy muassisalarning faoliyatini kengaytirish va bu holatlarda tashkil qilinadigan har bir moliyaviy muassisalar tartibdagi nazorat qoidalariga javob berishi kerakligi haqida kelishuv imzolangan. Bundan tashqari soliq toʻlovidan qochuvchilarga qarshi choralarni kuchaytirish ham nazarda tutilgan muammolar koʻrib chiqilgan. [7] Yevropa liderlari baʻzi bir muammolar girdobiga tortayotgan mamlakatlarga qarshi choralar va sanksiyalar qoʻllash kerakligi haqida kelishib olishgan. Sammit soʻngida mamlakatlar Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasidagi faoliyatini mustahkamlash uchun ushbu tashkilotga moliyaviy vositalar yetkazishni ikki barobarga koʻpaytirish hususidagi kelishuvga erishilgan. [8]

Moliya vazirlari sammiti[tahrir]

G20ga aʻzo mamlakatlar markaziy banklarining raislari va Moliya vazirlari uchrashuvi 2009-yilning 14-martida Horashamda Londondagi sammitga tayyorgarlik sifatida oliy maqomda uchrashuv boʻlib oʻtgan. Uchrashuv ishtirokchilari jahon iqtisodiyoti oʻsishini tiklash uchun mashgʻullik va talabotni ragʻbatlantirish harakatlarining yechimlari va bu ishga birgalikda yondashishni tavsiya qilganlar. Ishtirokshilar shu bilan birgalikda proteksionizmning barcha turlariga qarshi kurash va horijiy sarmoyalardan unumli foydalanish hamda savdo aloqalarini qoʻllash shular jumlasidandir. Bu uchrashuv kelajakda iqtisodiyotning ijobiy tomonida boʻlish maqsadida halqga imtiyozli kreditlar yetkazish va bank sistemasida rekapitalizatsiyalar oʻtkazish hamda ularning rejalarini isloh qilib ragʻbatlantirish masalalari koʻrib chiqilgan. Markaziy banklar vakillari oʻrtasida mamlakatning kurs siyosatini nazoratga olish va tushirish ishlarini qoʻllab quvvatlash haqida fikrlari almashilgan. Sammit davomida liderlar yangi paydo boʻlayotgan bozorlar va rivojlanayotgan mamlakatlar qiziqishlarini Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasining faoliyat darajasini oshirish orqali qoʻllab quvvatlash masalalari hal qilingan. Moliyaviy tizim faoliyatini kengaytirish maqsadida ishtirokchilar bir necha takliflar kiritgan. Moliya muassisalarining barcha muhim javobgarliklarga mos faoliyat yuritishi hamda barcha hisob fondlarini roʻyhatdan oʻtkazish tartiblari va fond hisoblarini qabul qiladigan shaxslar tomonidan tegishli hujjatlar yoki maʻlumotlar mahsus organlarga yetkazilishi shular jumlasidandir. [9] Ishtirokchilar asosiy muammolardan biri boʻlgan masala yani, biznes shirkatlarida yangicha usulda imtiyozli kreditlar joriy etish va oʻsishni kuchaytirish maqsadida yangicha takliflar kiritishgan. [9] Kelajakda moliyaviy tashkilotlar faoliyatini kengaytirish orqali inqirozdan chiqish yoʻllari koʻrib chiqilgan. [9] Moliya vazirlari hamda Markaziy banklar raislari sammit davomida Xalqaro tashkilotlarning qimmatli qogʻozlar boʻyicha kodeksiga javob berishi muhim sanalgan kredit agentliklari faoliyatini boshqarish zaruriyati, transport vositalari harakatlarini nazoratga olish va kredit ishlab chiqarish bozorlarining taqiqlangan hududlardagi faoliyatini toʻhtatish kelishuvlari imzolangan. [9]

Gordon Brown sammit hususida[tahrir]

Londondagi sammitga qadar bir necha hafta oldin Britaniya Bosh vaziri Gordon Brown uch continent sari bir necha mamlakatlarga tashrif buyurgan. Tashriflar sababi Londonda oʻtkaziladigan sammitda oʻzining moʻljallagan maqsadlarini qolgan mamlakatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini koʻzlaganini Bosh vazirning oʻzi taʻkidlagan. Angliya Banki tomonidan boshqariladigan soliq-byudjet harakatlarini ragʻbatlantirish masalalarini Braun tashriflari vaqtida oʻzining koʻzlagan maqsadlarini ham birgalikda bayon etib oʻtgan. Fransiyaning Strasburg shahrida joylashgan Yevroparlament majlisida u rejalashtirgan harajatlar muhokama qilingan. Bosh vazir bulardan tashqari AQSh, Braziliya, Argentina va Chili mamlakatlariga safarlar uyushtirgan. [10] Braun proteksionizm haqida Keyingi haftada sammitda tushadigan habarladan biri bu albatta proteksionistik mamlakatlardan voz kechganimiz boʻladi va biz bu mamlakatlarni nazorat ostimizga olamiz. Erkin savdo amaliyotida qatnashish uchun zaruriy mamlakatlar ham bu sammitda ishtirok etishadi –deya hal qiluvchi soʻzini bayon etgan. [11] London sammitiga qadar bir necha hafta oldin byudjetni ragʻbatlantirish savollar va fikrlar muhim joy egallab muhbirlar munozarasiga sabab boʻlgan. Sammitda Britan va Amerika hukumatlari iqtisodiy ragʻbatlantirish masalalarini oʻz foydasiga hal qilishgan. Bu vaqtning oʻzida Fransuz va Nemis hukumatlari odatdagi kabi bu qarorlar dastidan mamlakatlarning tashqi qarzlari koʻpayishiga olib kelishi va bu holat qolgan mamlakatlarga ahamiyatga molik mummolar olib kelishini taʻkidlab qarshi chiqishgan. 2009-yilning 26-martida Chehiya Bosh vaziri Mirek Topolanek iqtisodiy siyosatining kritikalari sababli AQSh Prezidenti Barack Obama bilan tortishib qolishgan. [12]

Qatnashuv[tahrir]

G20 vakillari mahsus Londondagi sammit uchun suraʼtga tushishmoqda

G20 barcha vakillari Londondagi sammit ishtirok etish uchun 1-aprel kuni yetib kelishgan. Londondagi sammitga qilgan safaridan oldin Fransiya Prezidenti Nicolas Sarkozyining taklifiga koʻra Fransiya sammitdan chiqish kabi hodisalarda biron bir ahamiyatga molik muammo boʻlmasa bunday qilish kerak emas deya 1965-yildagi Charles de Gaulle qarori bilan mamlakatning NATOdan chiqishi va bu holatda mamlakat boʻshliqda qolganligini yana bir bor tanqid qilgan. [13] Londondagi matbuot anjumanida Obama va Braunlar birgalikda sammitga kiritiladigan yangi takliflar faqatgina koʻpayishini taʻkidlashgan. [14] Sarkozi va Merkel alohida uyushtirilgan matbuot anjumanida ikkalasi ham moliyaviy bozorlar nazoratini qattiq nazoratga olish va oʻz jamoasini kelajakda moliyaviy ragʻbatlantirish kabi masalalar borasida G20 sammiti kelishuvlar qabul qilishini izohlab oʻtishgan. [15] 1-aprelning oqshomida barcha G20 sammitida ishtirok etayotgan vakillar qirolicha Elizabeth II tomonidan Bukingem saroyida tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etishgan. Saroydagi uchrashuvdan soʻng vakillar Londonning Dauning koʻchasida joylashgan muhtasham bosh vazir qarorgohida uyushtirilgan tushlik dasturhon atrofida yigʻilishgan. [16] Sammit rasmiy ravishda 2-aprelning tongida Excel va Custom House markazlarida oʻz faoliyatini boshlagan.

Asosiy ishtirokchilar[tahrir]

Londondagi sammitda 19 mamlakat va o’z doirasiga Yevropa maslahati kengashi va Yevropa Komissiyasini oladigan Yevropa Ittifoqi boʻlgan G20 vakillari [17] va har bir qit’a hududlaridan mamlakatlar, halqaro tashkilotlar vakillari ushbu sammit ishtirokchilari qatoriga kiritilgan.

Gordon Brown va Dmitriy Medvedev bosh vazir qarorgohiga kiraverish eshigi oldida.
Sammitdagi tushlik ustida muhokama – Chapdan oʻngga: Merkel, Obama, Lee, Abdullah, Lula da Silva.
G-20 mamlakatlari
qalin harflarda belgilangan mamlakatlar mezbon sammit uchun sanaladi
Mamlakat Vakil Mansab
Argentina bayrogʻi Argentina Argentina Cristina Fernández de Kirchner Prezident
Avstraliya bayrogʻi Avstraliya Avstraliya Kevin Rudd Bosh vazir
Braziliya bayrogʻi Braziliya Braziliya Luiz Inácio Lula da Silva Prezident
Kanada bayrogʻi Kanada Kanada Stephen Harper Bosh vazir
Xitoy bayrogʻi Xitoy Xitoy Hu Jintao Prezident
Fransiya bayrogʻi Fransiya Fransiya Nicolas Sarkozy Prezident
Olmoniya bayrogʻi Olmoniya Olmoniya Angela Merkel Kansler
Hindiston bayrogʻi Hindiston Hindiston Manmohan Singh Bosh vazir
Indoneziya Indoneziya Susilo Bambang Yudhoyono Prezident
Italiya Italiya Silvio Berlusconi Bosh vazir
Yaponiya bayrogʻi Yaponiya Yaponiya Taro Aso Bosh vazir
Meksika bayrogʻi Meksika Meksika Felipe Calderón Prezident
Rossiya bayrogʻi Rossiya Rossiya Dmitriy Medvedev Prezident
Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni Abdullah bin Abdulaziz Qirol
JAR bayrogʻiJanubiy Afrika Respublikasi JAR Kgalema Motlanthe Prezident
Janubiy Koreya bayrogʻi Janubiy Koreya Janubiy Koreya Lee Myung-bak Prezident
Turkiya Turkiya Recep Tayyip Erdoğan Bosh vazir
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik Birlashgan Qirollik Gordon Brown Bosh vazir
AQSH bayrogʻi AQSh Amerika Qoʻshma Shtatlari Barack Obama Prezident
Yevropa Ittifoqi Yevtopa Komissiyasi Jose Manuel Barroso Prezident
Yevropa maslahati kengashi Mirek Topolánek Prezident
Taklif qilingan mamlakatlar
Mamlakat Vakil Mansab
Niderlandlar bayrogʻi Niderlandlar Niderlandlar Jan Peter Balkenende Bosh vazir
Ispaniya bayrogʻi Ispaniya Ispaniya José Luis Rodríguez Zapatero Bosh vazir
Xalqaro tashkilotlar
Tashkilot Vakil Mansab
Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining assosiatsiyasi Surin Pitsuwan [18] Bosh kotib
Moliya muqarraligi borasida maslahat Mario Draghi Rais
Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi Dominique Strauss-Kahn Boshqaruvchi direktor
ARQYAH Meles Zenawi Rais
BMT bayrogʻi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Pan Gi Mun Bosh kotib
Jahon banki Robert Zoellick Prezident
Jahon savdo tashkiloti Pascal Lamy Direktor

Havfsizlik jarayoni[tahrir]

Havfsizlik operatsiyasiga boshchilik qilgan Bob Broadhurst sammitda havfsizlikga tahminan £7.2 million fun sterling sarflanishini izohlab oʻtgan. Oltiga yaqin politsiya kuchlari sammit vaqtida havfsizlik operatsiyasi sifatida foydalanilgan: Poytaht politsiyasi, London shahar politsiyasi, Britaniya transport nazorati politsiyasi, Esseks politsiya kuchlari, Sasseks politsiyasi va Bedfordshir politsiyalari G20ning Londondagi sammitida havfsizlikni taʻminlashga maʻsul etib tayinlangan. Bundan tashqari havfsizlik uchun Mudofa vazirligining politsiya boʻlinmalari ham jalb qilingan. Shuningdek sammit havfsizligi uchun sarflangan harajatlar Britaniya taʻrihida eng yuqori koʻrsatkish sifatida qayd etilgan. [19]

Horijlik siyosatchilar ortidan josuslik[tahrir]

2013-yilning iyunida The Guardian matbuotida qayd etilishicha sammit vaqtida yashirincha oʻrnatilgan josuslik tehnikalari tufayli sammitda ishtirok etgan horijlik vakillarning telefon qoʻngʻiroqlari yashirincha tinglangan va elektron hatlar josuslik kompyuterlari orqali oʻ qilgan boʻlib, bu holat Britaniya mahsus hizmati hukumatining aloqalar boʻlimida ushbu josuslik ishlari amalga oshirilgan. Va qayd etilishicha Londondagi sammitdan keyin ham ushbu josuslik harakatlari davom ettirilgan. [4]

Namoyishchilar[tahrir]

Angliya Banki atrofidagi namoyishchilar (1 aprel, 2009 yil)

Londondagi G-20 sammiti bir necha savollarni ichiga oladigan noroziliklar va har hil guruhlarga boʻlingan namoyishchilarning diqqat markazida boʻlgan. Namoyishchilar yaqin orada iqtisodiy siyosatdan, bank tizimlarining oʻzgarishi hamda bankirlarning maoshi va qoʻshimcha mukofotlaridan, davom etayotgan terrorchilikga qarshi kurash va iqlim oʻzgarishi havflaridan havotirda ekanliklarini izhor etishgan. Asosan koʻpchilik namoyishchilar tinch yoʻsinda noroziliklarini izhor etishgan. Lekin baʻzi bir namoyishchilarning qonun qoidalarni buzib jinoyat sodir etishi namoyishchilar uchun politsiya tomonidan mahsus tizim qoʻllanishiga majbur qilgan.

Yan Tomplinson oʻ limi[tahrir]

Londonning gazeta sotish shohobchalarining birida ishlaydigan Yan Tomplinson Angliya Banki atrofida G-20 sammitiga qarshi oʻtkazilgan namoyishlarning birida politsiyachilar bilan boʻlgan toʻqnashuv chogʻida halok boʻlgan. Avvaliga London shahar politsiyasi namoyishchilar bilan boʻlgan hodisalar rivojini rad etgan. Kunlarning birida OAV manbalarida keltirilgan foto va videolavhalar asosida mustaqil politsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlanishicha Yan Tomplinson politsiyachilar bilan boʻlgan toʻqnashuvda ishtirok etgani va u yerga yiqilishidan oldin yurak hurujidan vafot etganini bayon etishgan. Undan keyingi tafsilotlarga koʻra Tomplinson politsiyachilar tayogʻidan yaralangani aks etgan qoʻshimcha videomateriallar erkin Britan jamiyatining bahs-munozarasiga sabab boʻlgan. Mustaqil Politsiya komissiyasi hodimlari ikkinchi marotiba murda ustida taftish ishlarini oʻtkazishga ruhsat soʻragan. [20] Ikkinchi marotiba oʻtkazilgan tadqiqotlarga qaraganda shuni aniqlashganki, murdada koronar Ateroskleroz aniqlangan va juda koʻp qon yoʻqotganligi sababli vafot etganiga oydinlik kiritishgan. [21]

Natija[tahrir]

London sammitida G20 vakillari orqali oqsab borayotgan jahon iqtisodiyoti protsessida Xalqaro iqtisodiy hamkorlik monitoringi va kelajakdagi rejalar muhokamasi uchun moʻljallangan asosiy forum sifatida . yangi qadamlar qoʻyilgan.[22]

Moliyaviy kelishuvlar[tahrir]

G20 vakillari sammit soʻngida xalqaro moliya tizimi, kredit sharoiti, savdo erkinligini, iqtisodiy barqarorlik va tiklanishga qaratilgan bir qancha dasturlarga $1,1 trln ajratishga kelishishdi. Bir necha bor sammit vaqtida qanday qilib iqtisodiyotni oldinga olib chiqish borasida vakillar oʻrtasida turli hil bahslar yuritilgan. Birlashgan Qirollik va yirik moliya kompaniyalari tomonidan jahon iqtisodiyotida moliyaviy ragʻbatlantirishni kushaytirishni taklif qilishgan. Boshqa tomondan Fransiya va Olmoniya moliyaviy operatsiyalar ustidan nazoratni kuchaytirishni sammit davomida oʻz bayonotlarining bir qismida qayd etib oʻtishgan. [23] Dastur oʻz ichiga: [24]

  • $500 mlrd. AQSh Dollari.
  • $250 mlrd. AQSh Dollari moliyaviy savdoni rivojlantirish tarzida; [25]
  • $250 mlrd. AQSh Dollari
  • $100 mlrd. AQSh Dollari

Vaziyat[tahrir]

Shunungdek London sammitida G20 vakillari kelajakda kredit-reyting agentliklari va hedj fondlari ustidan kengaytirilgan global nazoratni yoʻlga qoʻyish hamda bank tizimidagi nosozliklarga chek qoʻyishborasidagi kelishuv qabul qilingan. Bundan tashqari aynan mana shu G20 vakillarining Londondagi sammitida Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi bilan birgalikda faoliyat yuritadigan muhim tashkilotlardan biri Moliya muqarraligi borasida maslahat forumi borasida kleishuvlar imzolangan. Moliya muqarraligi borasida maslahat tashkilotining yaratilish sababi global hamkorlikni kengaytirish hamda taʻminlash va kelajakda roʻy berishi mumkin boʻlgan moliyaviy inqirozlardan ogohlantiradigan tizim sifatida foydalanish shular sirasiga kiritilgan.

Endi yashil siyosatlarsiz[tahrir]

Baʻzi bir manbalarga asoslangan holda umumiy kelishuv sifatida sammit oxirida qabul qilingan mablagʻ $ 1,1 trln.AQSh Dollarining biron bir qismida ekologik investitsiyanai ragʻbatlantrish dasturlari koʻrib chiqilmagan[26] va biron bir tabiatni muhofaza qilish muammolari aks etgan dasturlar kleishuvi taklif etilmagan. [27]

AQSh taʻsirining susayishi[tahrir]

G20 vakillarinig Londonda oʻtkazilgan sammitida qabul qilingan shartnoma va kelishuvlar koʻrsatkichlari shuni koʻrsatganki, AQSh oldingi kabi jahon iqtisodiyotida mavqesini ushlab turgan rolni qoʻldan boy bergan va har bir mamlakatlarning biznes ustidan davlat nazoratini oshirishi bu holatga sabab boʻlgan. Goldman Sachs International kompaniyasining vitse-raisi Robert Hormats sammit vaziyatini sharhlagan holda, AQSh borasida: AQSh tobora jahon hamjamiyatida oʻz taʻsirini yoʻqotib bormoqda va bu oʻz oʻrnida boshqa mamlakatlarning bu vaziyatdan unumli foydalanishiga olib kelmoqda. - degan. [28]

Xitoyning sammitga taʻsiri[tahrir]

G20 sharhlovchilarining aytishlariga qaraganda London sammitida Xitoy koʻzga koʻrinarli yangi qadamlarni tashlagan va bu holat uning sammitdagi taʻsirini yanada kuchaytirgan. [29][30][31]

See also[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. Croft, Adrian. "London's ExCel Centre chosen as venue for G20 summit," Reuters (UK). 6 February 2009. Retrieved 7 April 2011.
  2. "UK to host G20 financial summit," Number 10, Prime Minister's office (UK). 26 November 2008. Retrieved 7 April 2011.
  3. Flitton, Daniel. "Australia may struggle to find a seat at a future economic table," The Age (Australia). 1 April 2009. Retrieved 7 April 2011.
  4. 4,0 4,1 "GCHQ intercepted foreign politicians' communications at G20 summit". The Guardian. http://www.guardian.co.uk/uk/2013/jun/16/gchq-intercepted-communications-g20-summits. 
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Great Britain Cabinet Office. (2008). Managing the global economy through turbulent times, p. 7. Retrieved 7 April 2011.
  6. "Berlin, une étape importante avant Londres" ("An important step before London"). 7 sur 7 (Belgium). 22 February 2002. Retrieved 7 April 2011.
  7. "Staatspräsident Sarkozy beim G20-Vorbereitungstreffen in Berlin: Wir müssen ehrgeizige und glaubwürdige Maßnahmen vorschlage" ("President Sarkozy at the G-20 preparatory meeting in Berlin, we must propose ambitious and credible measures"). Embassy of France in Germany. 24 February 2009. Retrieved 7 April 2011.
  8. "Meeting of the European members of the G20 group in Berlin," Czech Presidency of the European Union. 23 February 2009. Retrieved 7 April 2011
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 Official communiqué, issued by the G-20
  10. "Gordon Brown takes pre-G20 tour to Brazil". The Daily Telegraph (London). 26 March 2009. http://www.telegraph.co.uk/finance/financetopics/g20-summit/5053429/Gordon-Brown-takes-pre-G20-tour-to-Brazil.html. Qaraldi: 29 March 2010. 
  11. "Brown to urge G20 to fight protectionists". Agence France-Presse. Archived from the original on 2009-12-24. http://web.archive.org/web/20091224190550/http://www.google.com/hostednews/afp/article/ALeqM5g2EruQeFAc1xe9Hfi_5GO0K08QzA. Qaraldi: 1 April 2009. 
  12. "Topolanek's criticisms of Obama's policies could sour EU-US relations". The Irish Times. 26 March 2009. http://www.irishtimes.com/newspaper/world/2009/0326/1224243451230.html. Qaraldi: 1 April 2009. 
  13. Watt, Nicholas (1 April 2009). "G20: Sarkozy's empty-chair threat shows EU fails to realise times have changed". The Guardian (London). http://www.guardian.co.uk/politics/blog/2009/apr/01/sarkozy-obama-eu. Qaraldi: 29 March 2010. 
  14. Bohan, Caren (1 April 2009). "UPDATE 1-Obama plays down G20 splits, seeks consensus". Reuters. Archived from the original on 5 April 2009. https://web.archive.org/web/20090405191123/http://www.reuters.com/article/latestCrisis/idUS123858898655. Qaraldi: 1 April 2009. 
  15. "France and Germany united at G20". BBC News. 1 April 2009. Archived from the original on 4 April 2009. https://web.archive.org/web/20090404111615/http://news.bbc.co.uk/1/hi/world/europe/7977407.stm. Qaraldi: 2 April 2009. 
  16. Singh, Anita (1 April 2009). "ACTUAL ARTICLE TITLE BELONGS HERE!". The Daily Telegraph (London). Archived from the original on 5 June 2010. https://web.archive.org/web/20100605151818/http://www.telegraph.co.uk/finance/financetopics/g20-summit/5088390/G20-Summit-Jamie-Olivers-Downing-Street-menu.html. Qaraldi: 27 June 2010. 
  17. Rieffel, Lex. "Regional Voices in Global Governance: Looking to 2010 (Part IV)," Brookings. 27 March 2009; "core" members (G20 official site)
  18. Rana, Pradumna B. "How can Asia strengthen its voice at G-20?" The Korea Times. 6 July 2010; excerpt, "Under the present G-20 practice of inviting representatives of regional groupings, the ASEAN chair and the ASEAN secretary general participated at the London, Pittsburgh, and Toronto summits; "Thai PM warns of over-ambitious G20 summit," Agence France-Presse (AGF). 2 April 2009.
  19. "G20 summit: security operation launched". The Daily Telegraph (London). 28 March 2009. http://www.telegraph.co.uk/finance/financetopics/g20-summit/5065553/G20-summit-security-operation-launched.html. Qaraldi: 27 June 2010. 
  20. Dodd, Vikram. Ian Tomlinson death: IPCC takes over inquiry from G20 protests police force, The Guardian, 8 April 2009.
  21. "Ian Tomlinson second postmortem: coroner and family statements". The Guardian (London). 18 April 2009. Archived from the original on 20 April 2009. https://web.archive.org/web/20090420031139/http://www.guardian.co.uk/uk/2009/apr/17/ian-tomlinson-statements. Qaraldi: 18 April 2009. 
  22. Parliament (UK): Townsend, Ian. "G20 & the November 2010 Seoul summit" (SN/EP/5028), 19 October 2010. Retrieved 7 April 2011; excerpt, "Today, we designated the G-20 as the premier forum for our international economic cooperation" citing "Pittsburgh G20 Leaders’ summit communiqué," ¶50 29 September 2009. Retrieved 2011-04-07; excerpt, "Today, we designated the G-20 as the premier forum for our international economic co-operation. We have asked our representatives to report back at the next meeting with recommendations on how to maximise the effectiveness of our co-operation. We agreed to have a G-20 Summit in Canada in June 2010, and in Korea in November 2010. We expect to meet annually thereafter, and will meet in France in 2011.
  23. "France is threatening G20 walkout," BBC. 31 March 2009. Retrieved 7 April 2011.
  24. "G20 leaders seal $1tn global deal". BBC. 2 April 2009. Archived from the original on 3 April 2009. https://web.archive.org/web/20090403012250/http://news.bbc.co.uk/1/hi/business/7979483.stm. Qaraldi: 3 April 2009. 
  25. "G20 agrees $250 billion trade financing deal". Reuters. 2 April 2009. Archived from the original on 8 April 2009. https://web.archive.org/web/20090408194217/http://uk.reuters.com/article/idUKTRE53127W20090402. Qaraldi: 3 April 2009. 
  26. G20: What a laugh!. Greaenpeace.org (1 April 2009). Asl nusxadan arxivlandi (25 July 2010). 7 August 2013.
  27. Monbiot, George (2 April 2009). "G20 forgets the environment – Climate breakdown, peak oil and resource depletion all dwarf the financial crisis in financial and humanitarian terms". The Guardian (London). Archived from the original on 6 April 2009. https://web.archive.org/web/20090406132434/http://www.guardian.co.uk/environment/georgemonbiot/2009/apr/02/1?. Qaraldi: 8 April 2009. 
  28. "G-20 Shapes New World Order With Lesser Role for U.S., Markets". Bloomberg L.P.. 2 April 2009. http://www.bloomberg.com/apps/news?pid=20601087&sid=axEnb_LXw5yc&refer=home. Qaraldi: 3 April 2009. 
  29. "China and the G20: China takes centre stage | The Economist". 31 March 2009. Archived from the original on 1 August 2009. http://www.webcitation.org/5iiSdEcha. Qaraldi: 31 July 2009. 
  30. Logged in as click here to log out (26 March 2009). "ACTUAL ARTICLE TITLE BELONGS HERE!". The Guardian (London). http://www.guardian.co.uk/commentisfree/2009/mar/26/europe-g20-financial-crisis. Qaraldi: 27 June 2010. 
  31. ACTUAL ARTICLE TITLE BELONGS HERE!. Financial Times (8 April 2009). 27 June 2010.

Havolalar[tahrir]