Brisben

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Brisben, Brisbeyn — Avstraliya Ittifoqining sharqidagi shahar. Tinch okean sohilida. Kvinslend shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi shahar atrofi bilan birga 1,5 mln.kishi (1996). Brisben daryosi Morton qoʻltigʻiga quyiladigan joydagi dengiz porti. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Mamlakatning industriya va madaniy markazlaridan. Shtatdagi sanoat korxonalarining deyarli yarmi B. da toʻplangan. Metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik (kemasozlik, avtomobil yigʻish, q.x. mashinalari i. ch.), oziq-ovqat (shakarqand va un tortish zavodlari, goʻsht, meva va sabzavot konservalari tayyorlash), toʻqimachilik, koʻn poyabzal va tikuvchilik korxonalari bor. B. orqali asosan jun, goʻsht, shakarqand, mineral xom ashyolar eksport qilinadi. Unt (1909 y.dan), botanika bogʻi va muzeylar bor. Shaharga 1824 y.da asos solingan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil