Benzin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Benzin (frans. benzine) — turlicha tuzilgan uglevodorodlar aralashmasi, 30—205° oraligida qaynaydigan rangsiz suyuklik. Muzlash temperaturasi — 60°, alangalanish temperaturasi 0° dan past, zichligi 680–780 kg/m3. Havoda B. butlari konsentratsiyasi 0,074—0,123 kg/m3 ga yetganda portlaydigan aralashmalar hosil boʻladi. B., asosan, neftni haydash va katalitik qayta ishlash yoʻli bilan; ozroq toshkoʻmir va yonuvchi slaneslarni qayta ishlash yoʻli bilan (qarang Gidrogenlash), shuningdek tabiiy va yoʻlakay gazlardan olinadi. B. asosan ichki yonuv dvigatellari uchun yonilgʻi sifatida ishlatiladi. B. erituvchi, yuvadigan suyuklik sifatida va boshqa maqsadlar uchun qoʻllaniladi. Yonilgʻi sifatida ishlatiladigan B. avtomobil va aviatsiya bxnzinlariga boʻlinadi

B.ning eng muhim ekspluataiion xossasi — detonatsion turgʻunligi, yaʼni dvigatelda B. qisilgan vaqtda oʻzuzidan alangalanib ketishiga qarshilik qila olishidir. B.ning antidetonatsion xossalari oktan soni bilan, aviatsiya B.ning shunday xossalari yana B. boy aralashmasining navliligi bilan baholanadi. Bir xil rejim va birday sharoitda (etalon yonilgʻiga nisbatan) sin al ganda dvigatelda detonatsiya boshlanish rejimida indikator bosimishshg kattaligini koʻrsatadigan son (foizlarda ifodalanadi) B.ning navliligi deb ataladi. B.ning oktan soni yoki navliligi qancha yuqori boʻlsa, antidstonatsion xossalari oʻshancha yaxshi boʻladi. B. ana shu xossalarga asosan rusumlarga boʻlingan (aviatsiya B.ning turgʻunligini oshirish uchun unga tetraetilqoʻrgʻoshin qoʻshiladi). Bunday (etillangan) B. zaharli, shuning uchun u bilan ishlaganda ehtiyoj boʻlish zarur. Etillaigan B.ni etillanmagan B.dan ajratish uchun unga rang qoʻshib qoʻyiladi. Oʻzbekistonda 3 ta neftmi qayta ishlash korxonasi (Fargʻona, Oltiariq va Buxoro) mavjud boʻlib. ular "Oʻzneftniqaytaishlash" aksiyadorlik kompaniyasiga boʻysunadi. Bu korxonalarda etillanmagan va etillangan A72 va A76, etillangan A92 va etillanmagan Li93 hamda Ai95 rusumidagi avtoben;inlar, shuningdek B92 rusumli aviatsiya benzini ishlab chiqariladi. B. inson organizmiga asosan oʻpka or’t kirib, salbiy taʼsir etadi. B. bugʻl;idan bir yoʻla zaharlangan kishining. shi ogʻriydi, tomogʻida noxush sezgi ʻaido boʻladi, yoʻtal tutadi, koʻz va burfch shilliq pardasi taʼsirlanadi, qattiq zaharlangan kishining boshi aylau^di, gandiraklaydi, tomir urishi siyfslashadi. B.dan surunkasiga zaharlan;y kishining boshi ogʻriydi. uyqusi s iladi, injiq, tez charchaydigan boʻlib ; (ladi, ozib ketadi, yurak sohasi ogʻriyd"| va h.k. Bir yoʻla zaharlangan kishi sof i^iBora olib chiqiladi, kislorod beriladi, yurakni quvvatlaydigan va asabni tinchlaoʻtiradigan dorilar buyuriladi; nafasi toʻxtab qolgan boʻlsa, sunʼiy nafas oldiriladi. B. meʼdagatushgan boʻlsa, oʻsimlik moyi (30—50 g) ichiriladi. Surunkasiga zaharlangan kishi organizmini mustahkamlash maqsadida umumiy davo qilinedi. fizioterapiya buyuriladi. B. bilan ishlashdan vaqtincha chetlatlladi. Asab va endokrin bezlarning funksional kasalliklari boʻlgam kishilar B. bilan ishlashga qoʻyilmaydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Topliva, smazochnie materiali, texnicheskiye jidkosti. Assortimenti i primeneniye (spravochnoye izdaniye pod red. V. I. Shkolnikova). M., 1989.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil