Delta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Delta — daryoning dengiz yoki koʻlga quyilish joyida suvda oqib kelgan jinslardan hosil boʻlgan tekislik. D. nomi yunon alfavitidagi D (delta) ning bosh harfidan olingan. Nil daryosining uchburchak deltasi shaklan ana shu harfga oʻxshash boʻlganidan qadimda shunday nom olgan. D.da daryo suvi pan-ja shaklida koʻpdan-koʻp tarmoklarga boʻlinib oqadi. Vaqt oʻtishi bilan D. kengayib, dengiz ichkarisiga kirib boraveradi. Daryo oqizigʻi koʻp va yirik boʻlsa yoki dengiz, koʻl suvi sathi pasayib borayotgan yoki sayoz boʻlsa, D.ning shakllanishi tezlashadi. Yiliga bir necha metrdan bir necha yuz metrgacha kengayib boradi. D.ning shakli va maydoni turlicha: Amazonka D.si — 100 ming km2, Amudaryo D.si — 19 ming km2, Volga D.si — 19 ming km2. D. tuprogʻi unumdor.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil