Mazut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mazut (arab.) - neftdan 350-360° da qaynaydigan yonilgilar (benzin, ligroin, kerosin, dizel yonilgʻisi) ajratib olingandan soʻng qoladigan qora yopishqoq suyuklik. Tarkibiga koʻra, uglevodlar (mol. m. 400—1000), neft smolalari (mol. m. 500—3000), asfaltenlar, karbenlar, karboidlar va tarkibida metallar (V, Ni, Fe, Mg, Na, Ca) tutgan organik birikmalar aralashmasi. M.ning fizikkimyoviy xossalari boshlangʻich neftning tarkibi va distillyat fraksiyalarining haydalish darajasiga bogʻliq. Zichligi 890–1000 kg/mh qotish temperaturasi 10—40°, oltingu-gurt miqdori 0,5—3,5%, 0,3% gacha kul boʻladi. Surkov moyi va yonilgi M.ga boʻlinadi. Surkov moyi M.i oʻz holida yoki boshqa neft mahsulotlari bilan aralashtirib, yonilgi M. esa bug qozonlarida va dvigatellarda ishlatiladi. M.ning koʻp qismi kreking, kokslash yoʻli bilan yengil yonilgilar (motor yonilgisi) olish va bitum ishlab chiqarishga sarflanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil