Zamm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zamm, Zam — Amudaryo boʻyidagi oʻrta asr (7-asr)larga oid shahar va kechuv nomi. Balʼamiyning maʼlumotiga koʻra, 3. Termiz va Qubodiyon qatorida podshoh Qubod asos solgan shaharlardan sanalgan. 8-asr boshida Qutayba ibn Muslim Marvdan Buxoroga yurish qilganda 3. kechuvi orqali Amudaryodan oʻtgan. 3. orqali Marvarrud va Guzgonondan Movarounnahr shaharlariga boradigan karvon yoʻli oʻtgan. 10-asrda 3. kattaligi jihatidan Amulga teng boʻlib, biroq aholisi jihatidan undan keyin turgan. 10-asr oxirida Muqaddasiy Z.ni usti yopiq bozorlar oʻrtasida joylashgan jome masjidiga ega boʻlgan "katta shahar" deb atagan. Amudaryo toshgan paytlarda uning suvi Z.ning oʻrtasiga qadar borgan. Z.ning atrofi choʻl bilan oʻralgan. 1032 y. 3. gʻaznaviylardan sulton Masʼudning qoraxoniylardan Aliteginga qarshi urushida qoʻshinlar toʻplanadigan asosiy joylardan biri boʻlgan. 3. oʻrta asr shahar harobasi Amudaryoning soʻl qirgʻogʻida, Karki sh.ning qarshisida joylashgan. Umumiy mayd. 3,5 ga ga yaqin boʻlgan. 3. atrofida bogʻ-rogʻlar, ekinzorlar, chorvadorlarning uylari, quduklar, yaylovlar boʻlgan; shaharga Amudaryodan Foxir kanali orqali suv chiqarilgan. Mahmud ibn Baauwam maʼlumotlariga koʻra, oʻrta asrda 3. viloyati Marvga qadar choʻzilgan. 826—827 y.larda 3. viloyatidan xalifalikka toʻlanadigan soliq miqsori 106 ming dirhamni tashkil etgan. Karki sh.dan shim.gʻarbda joylashgan Ostanabobo qishlogida Alambardor maqbarasi saqlangan. Rivoyatlarga koʻra, u yerga somoniylarntlt 1005 y.da oʻldirilgan soʻnggi amiri alMuntasir dafn etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil