Kontent qismiga oʻtish

Amul

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Amul — Chorjoʻy shahrining tarixiy adabiyotlarda XV asr oxirigacha boʻlgan nomi. Amul nomining kelib chiqishi nomaʼlum. „Amu“ atamasi Chorjoʻy yaqinidan oqib oʻtadigan daryo — Amudaryoda saqlanib qolgan. Mozandarondagi eng qadimgi shaharlardan biri ham Amul deb atalgan. Ularni farqlash uchun oʻsha davrlarda Amulni „Amuli Sohil“, „Amuli Jayxun“, „Amuli Zamm“, „Choʻl Amuli“ deyilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil