Kontent qismiga oʻtish

Yozgi Paralimpiada oʻyinlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yozgi Paralimpiada oʻyinlari

2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari payti Parijda yoqilgan Paralimpiya olovi.
Paralimpiada oʻyinlari
Sport turlari (batafsil)

Yozgi Paralimpiada oʻyinlari, shuningdek, Paralimpiada oʻyinlari nomi bilan ham tanilgan, jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar ishtirok etadigan xalqaro koʻpsport musobaqasidir. Ushbu musobqada qatnashuvchi sportchilar qatoriga harakatlanishida nuqsoni boʻlgan, amputatsiyaga uchraganlar, koʻrlik va bosh miya falaji bilan kasallanganlar kiradi. Paralimpiada oʻyinlari Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi tomonidan har toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladi. Medallar har bir musobaqada beriladi, birinchi oʻrin uchun oltin, ikkinchi oʻrin uchun kumush va uchinchi oʻrin uchun bronza medallari bilan taqdirlanadi. Ushbu anʼana 1904-yilda boshlangan Olimpiada oʻyinlari bilan bogʻliqdir.

AQSh, Buyuk Britaniya va Yaponiyaning har biri yozgi Paralimpiya oʻyinlariga ikki marta mezbonlik qilgan. Yana oʻn bir davlat bir marta yozgi Paralimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilgan, bu roʻyxatga quyidagi davlatlar kiradi: Avstraliya, Braziliya, Kanada, Xitoy, Germaniya, Gretsiya, Isroil, Italiya, Niderlandlar, Janubiy Koreya va Ispaniya.

2020-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlariga koʻra, yozgi oʻyinlarning har birida oʻn toʻrtta davlat ishtirok etgan: Argentina, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Isroil, Italiya, Yaponiya, Niderlandlar, Shvetsiya, Shveysariya, AQSh – barcha yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Ushbu roʻyxatdan 2020-yilgacha boʻlgan barcha musobaqalarda 7 ta davlat oltin medallarni qoʻlga kiritishga erishgan: Avstraliya, Avstriya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Niderlandiya va Amerika Qoʻshma Shtatlari.

Amerika Qoʻshma Shtatlari: 1964, 1968, 1976, 1980, 1984, 1988, 1992 va 1996-yillardagi sakkizta Yozgi Paralimpiada oʻyinlari boʻyicha eng yuqori oʻrinni egallagan (medallar boʻyicha) mamlakat boʻlgan. Xitoy 2004, 2008, 2012, 2016 va 2020-yillardagi beshta soʻnggi oʻyinlarda eng yuqori oʻrinni egallagan davlat. Yana uchta davlat kamida bir marta ushbu oʻringa erishishga muvaffaq boʻlgan: Italiya (1960), Germaniya (1972) va Avstraliya (2000).

Paralimpiya sport turlarining har biri uchun saralash qoidalari ushbu sport turining xalqaro musobaqalarini tartibga soluvchi Sport federatsiyalari (IF) tomonidan belgilanadi.

Birinchi rasmiy Paralimpiya oʻyinlari 1960-yilda Italiyaning Rim shahrida boʻlib oʻtgan[1]. 1960-yilgi oʻyinlarda 23 mamlakatdan 400 nafar sportchi ishtirok etgan, ammo faqat nogironlar aravachasidagi sportchilar ishtirok etgan[2].

1976-yilgi Yozgi oʻyinlarda turli nogironligi boʻlgan sportchilar birinchi marta yozgi Paralimpiya oʻyinlariga kiritilgan. Koʻproq nogironlik toifasidagi sport turlarini kiritish bilan 1976-yilgi Yozgi oʻyinlarda 40 mamlakatdan 1600 nafar sportchiga oshgan[1].

1988-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari oʻsha yilgi Olimpiada bilan bir xil joyda (va shuning uchun bir xil obyektlardan foydalangan holda) oʻtkazilgan birinchi oʻyin boʻlgan. Oʻshandan beri barcha Paralimpiya oʻyinlari Olimpiada oʻtkazilgan bir shaharda oʻtkaziladi, ularning har biri oʻrtasida ikki haftalik tanaffus boʻladi.

Rio-de-Janeyro 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarini oʻtkazgan va Yozgi yoki Qishki oʻyinlarni oʻtkazgan Lotin Amerikasi va Janubiy Amerikadagi birinchi shaharga aylandi. Tokio 2020-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlariga mezbonlik qiladi va bu oʻyinlarni ikki marta oʻtkazilgan birinchi shaharga aylanadi.

Barcha davrlardagi medallar jadvali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasining rasmiy maʼlumotlariga koʻra, eng yaxshi yigirmata davlatga havola qilingan.

Yozgi Paralimpiada oʻyinlari (1960—2020)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
OʻrinMPQOltinKumushBronzaUmumiy
1 AQSh (USA)8087367392283
2 Buyuk Britaniya (GBR)6676216261914
3 Xitoy (CHN)5354003021237
4 Kanada (CAN)4003383461084
5 Avstraliya (AUS)3894223941205
6 Fransiya (FRA)3573623731092
7 GFR (FRG)*322260246828
8 Niderlandiya (NED)301262245808
9 Polsha (POL)269265219753
10 Shvetsiya (SWE)235233178646
11 Ispaniya (ESP)221237242700
12 Germaniya (GER)199266253718
13 Italiya (ITA)167202230599
14 Ukraina (UKR)149162161472
15 Isroil (ISR)129125130384
16 Janubiy Koreya (KOR)128116121365
17 Yaponiya (JPN)127139158424
18 Janubiy Afrika (RSA)1219588304
19 Norvegiya (NOR)11610596317
20 Avstriya (AUT)113128131372
21 Braziliya (BRA)110135133378
22 Meksika (MEX)10492114310
Jami (22 davlat)59675701552517193

Paralimpiya sport turlari roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir qator turli xil sport turlari u yoki bu musobaqada Paralimpiya dasturiga kiritilgan.

  Ushbu rang Paralimpiada dasturidan chiqarilgan sport turini bildiradi

Sport turiYil
Kamondan otishbarcha musobaqalarda
Yengil atletikabarcha musobaqalarda
Badminton2020-yildan
Basketbol ID2000
Bochcha1984-yildan
Velosport1988-yildan
Parakanoe2016-yildan
Dartteriya1960–1980
Ot sporti1996-yildan
Futbol 5x52004-yildan
Futbol 7x71984—2016
Golbol1976-yildan
Dzyudo1988-yildan
Chim ustida bouling1968—1988, 1996
Para qoyaga koʻtarilish2028
Paratriatlon2016-yildan
Sport yuriYil
Pauerlifting1984-yildan
Eshkak eshish2008-yildan
Yelkanli kemada suzish1996, 2000—2016
Oʻq otish1976-yildan
Snuker1960—1976, 1984—1988
Suzishbarcha musobaqalarda
Taekvondo2020-yildan
Stol tennisibarcha musobaqalarda
Voleybol1976-yildan
Ogʻir atletika1964—1992
Nogironlar aravachasidagi basketbolbarcha musobaqalarda
Nogironlar aravachasidagi qilichbozlikbarcha musobaqalarda
Nogironlar aravachasidagi regbi1996, 2000-yildan
Nogironlar aravachasidagi tennis1988, 1992
Kurash1980—1984

Yozgi Paralimpiada oʻyinlari roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yozgi Paralimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiluvchi Yevropadan tashqaridagi shaharlar
Yozgi Paralimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiluvchi Yevropa shaharlari
Paralimpiada
oʻyinlari
Yil Mezbon Tomonidan ochilgan Sana Davlat Ishtirokchilar Sport turlari Musobaqalar Top davlat
Umumiy Erkaklar Ayollar
1 1960 Italiya Rim, Italiya Camillo Giardina 1960-yil 18–25-sentyabr 23400857  Italiya (ITA)
2 1964 Yaponiya Tokio, Yaponiya Valiahd shahzoda Akihito 1964-yil 3–12-noyabr 21375307689144  AQSh (USA)
3 1968 Isroil Tel Aviv, Isroil Yigal Allon 1968-yil 4–13-noyabr 2975010181  AQSh (USA)
4 1972 Gʻarbiy Germaniya Heidelberg, GFR Prezident Gustav Heinemann 197-yil 2–11-avgust 411,004187  GFR (FRG)
5 1976 Kanada Toronto, Kanada Leytenant gubernator Pauline Mills McGibbon 1976-yil 3–11-avgust 321,6571,40425313447  AQSh (USA)
6 1980 Niderlandiya Arnhem, Niderlandlar Malika Margriet 1980-yil 21–30-iyun 421,97312489  AQSh (USA)
7 1984 Amerika Qoʻshma Shtatlari New York, AQSh Prezident Ronald Reagan 1984-yil 17–30-iyun 451,80015300  AQSh (USA)
Birlashgan Qirollik Stoke Mandeville, Birlashgan Qirollik Charles III 1984-yil 22-iyul – 1-avgust 411,10010603  Buyuk Britaniya (GBR)
8 1988 Janubiy Koreya Seul, Janubiy Koreya Prezident Roh Tae-woo 1988-yil 15–24-oktyabr 613,05717732  AQSh (USA)
9 1992 Ispaniya Barcelona, Ispaniya Gretsiyalik Sofiya 1992-yil 3–14-sentyabr 823,020 20 555  AQSh (USA)
Ispaniya Madrid, Ispaniya 1992-yil 15–22-sentyabr 751,600
10 1996 Amerika Qoʻshma Shtatlari Atlanta, AQSh Vitse-Prezident Al Gore 1996-yil 16–25-avgust 1043,2592,46979017508  AQSh (USA)
11 2000 Avstraliya Sydney, Avstraliya General-gubernator Sir William Deane 2000-yil 18–29-oktyabr 1213,8812,89199019551  Avstraliya (AUS)
12 2004 Gretsiya Afina, Gretsiya Prezident Konstantinos Stephanopoulos 2004-yil 17–28-sentyabr 1363,8062,6461,160518  Xitoy (CHN)
13 2008 Xitoy Pekin, Xitoy Prezident Xu Szintao 2008-yil 6–17-sentyabr 1463,951472  Xitoy (CHN)
14 2012 Birlashgan Qirollik London, Birlashgan Qirollik Elizabeth II 2012-yil 29-avgust – 9-sentyabr 1644,30220503  Xitoy (CHN)
15 2016 Braziliya Rio de Janeiro, Braziliya Prezident Michel Temer 2016-yil 7–18-sentyabr 159434222528  Xitoy (CHN)
16 2020 Yaponiya Tokio, Yaponiya Imperator Naruhito 2021-yil 24-avgust – 5-sentyabr

[a]

1634,520539  Xitoy (CHN)
17 2024 Fransiya Parij, Fransiya Prezident Emmanuel Macron 28-avgust – 8-sentyabr 2024 1694,462549 Davom etayotgan musobaqa
18 2028 Amerika Qoʻshma Shtatlari Los Angeles, AQSh 2028-yil 15–27-avgust Boʻlajak musobaqa23Boʻlajak musobaqa
19 2032 Avstraliya Brisbane, Avstralia 24-avgust – 5-sentyabr 2032 Boʻlajak musobaqa
20 2036 TBA Future event
Kursiv boʻlajak musobaqalarni anglatadi

a COVID-19 pandemiyasi tufayli 2021-yilga koʻchirilgan, ushbu musobaqa birinchi koʻchirilgan Paralimpiya oʻyinlari boʻlgan. Jadval bir yil keyinroqqa oʻzgartirilgan boʻlsa ham 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari deb aytiladi[3]. Keyinchalik yangi sanalar 2021-yil 24-avgustdan 5-sentabrgacha boʻlgan davr uchun tasdiqlangan[4].

  1. „Paralympics traces roots to Second World War“, CBC, September 3, 2008
  2. „History of the Paralympic Games“. Government of Canada. 2010-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-aprel.
  3. „Joint Statement from the International Olympic Committee and the Tokyo 2020 Organising Committee - Olympic News“ (en). International Olympic Committee (2020-yil 24-mart). Qaraldi: 2020-yil 24-mart.
  4. „Tokyo Olympics and Paralympics: New dates confirmed for 2021“. BBC Sport (2020-yil 30-mart). Qaraldi: 2020-yil 30-mart.