Ataksiya
Jump to navigation
Jump to search
Ataksiya (yun. ataxia – harakat tartibsizligi) – harakat koordina-740siyasining buzilishi. Harakat vaqnida muvozanatningo‘zgarishi, tartibsizla-nishi. Bemor xuddi mayet odamga o‘xshab gandiraklab zo‘rg‘a yuradi. A.da faqat oyoq emas, qo‘llar harakati ham tartibsiz, bir-biriga moslashmay qoladi. Kasallik asosan miyacha, orqa miyadan miyachaga o‘tadigan yo‘llar, vestibulyar nerv tolasi va yadrosi yoki orqa miya orqa qismining, bosh miya peshona qismining zararlani-shida kuzatiladi. Bemor yurib ketayotga-nida tez burila olmaydi, qadam tashlaga-nida oyoqlari oldin ketib, tanasi orqada qoladi va yiqilib tushishi mumkin. U A.ga sabab bo‘lgan omillarni bartaraf etish yo‘li bilan davolanadi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |