Lotin amerikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Lotin Amerikasidan yoʻnaltirildi)

Lotin amerikasi (ispancha America Latina) — Shim. Amerikaning jan. qismida, Rio-Bravodel - Norte daryosidan jan.da (Markaziy Amerika va Vest-Indiya bilan birga) va Janubiy Amerika joylashgan mamlakatlarning umumiy nomi. Umumiy maydoni 20,5 mln. km². L. A.da Antigua va Barbuda, Bagama Orollari, Barbodos, Beliz, Gaiti, Gvatemala, Gonduras, Grenada, Dominika, Dominikana Respublikasi, Kosta-Rika, Kuba, Meksika, Nikaragua, Panama, Salvador, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Trinidad va Tobago, Yamayka, Argentina, Boliviya, Braziliya, Venesuela, Gayana, Kolumbiya, Paragvay, Peru, Surinam, Urugvay, Chili, Ekvador dav-latlari va Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya hamda AQSH mulklari joylashgan. L. A. aholisi etnik tarkibi jixatidan juda xilma-xil. L. A. mamlakatlarida Yevropadan koʻchib borganlar va ularning avlodlari, metislar, mulatlar, indeyslar, negrlar, xitoylar, hindlar va boshqa yashaydi. 18 mamlakatda davlat tili yoki rasmiy til — ispan tili, Braziliyada portugal tili, Gaitida fransuz tili, Surinamda niderland tili, qolgan mamlakatlarda ingliz tili. L. A. axrlisining koʻpchiligi soʻzlashadigan roman tillari lotin tili negizida tashkil topganligi sababli qitʼaning bu qismi "L. A." deb ataladi.

Yevropalik istilochilar bosib olgunlariga qadar L. A. aholisi boʻlgan indeys qabilalari ilk sinfiy davlatlarni vujudga keltirgan. Bu xalqlarning ayrimlari oʻz yozuvlarini ham ixtiro qilishgan, shuningdek astronomiya, mat. va tibbiyot fanlari sohalarida, rangli metallarga ishlov berish, toʻquvchilik, qurilish texnikasi, dengizchilik, tasviriy sanʼatda ancha yutuqlarga erishishgan. 15-asrning oxirlarida X. Kolumbning Amerika qitʼasiga ilk bor borishi bir kancha Yevropa mamlakatlari tomonidan L. A.ning bosib olinishini boshlab berdi. 19-asrning boshlariga kelib uzok, vaqt davom etgan mustaqillik uchun kurashlar deyarli barcha mustamlakalarning siyosiy mustaqillikni qoʻlga kiritishi bilan yakunlandi.

L. A.ning 26 mamlakati aʼzo boʻlgan Lotin Amerikasi iqtisodiy sistemasi deb nomlanuvchi regional iqtisodiy tashkilot (qarorgohi Karakasda) hamda 11 mamlakat aʼzo boʻlgan Lotin Amerikasi integratsiya assotsiatsiya (uyushma)si deb nomlanuvchi savdo-iqtisodiy guruh (qarorgohi Montevideoda) tashkil etilgan. L. A. tabiiy resurslarga juda boy. Temir rudasi, boksit, oltin, mis, kobalt, nodir va noyob metall konlari, Atlantika okeani sohilida neft va gaz konlari bor. Tuprogʻi va iqlim sharoitlari L. A.da qimmatbaho tropik oʻsimliklar, jumladan kakao, shakarqamish, kofe, sitrus mevalar va boshqalarni yetishtirish imkonini beradi. Qisman tropik va subtropik oʻrmonlar saqlanib qolgan.

L. A.ning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlari — Braziliya, Argentina va Meksika. L. A. mamlakatlari eksportining 80%ni xom ashyo tovarlari tashkil etadi, chetdan esa, asosan, tayyor mahsulot keltiriladi. Yana L. A.da joylashgan mamlakatlarning alohida maqolalariga qarang .[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil