Koʻrlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Koʻrlik, soʻqirlik, koʻz ojizligi — koʻrish qobiliyatining butunlay yoʻqolishi, yorugʻlikni qorongʻilikdan ajrata olmaslik. Bunda koʻrish oʻtkirligi "0" boʻladi, buni davolash imkoni deyarli yoʻq. Yorugʻlikni qorongʻilikdan ajrata olmaydigan absolyut K. va koʻrish qobiliyati bir oz saqlangan nisbiyk. farq qilinadi. Koʻrlik yoki kasbga aloqador K.ka uchragan kishilar nisbiy kur hisoblanadi. Yorugʻlikni sezib, hatto uning qaysi tomondan toʻshayotganligini bilsa ham, birovning yordamisiz uyidan tashkariga chiqa olmaydigan odam kur hisoblanadi. Shuning uchun turmushdagi K. deb ataladigan K. ancha keng . Bundan tashqari, ishlab chiqarishdagi K.da kishi har qanday optik asbob (koʻzoynak, lupa va boshqalar) yordamida ham koʻrmaydi. Biror kasb egasining koʻzi juda xiralashib, oʻz ishini (aqliy mehnat bilan shugʻullanadigan kishilarning uqish va yozishni) davom ettira olmay qolishi kasbga aloqadorK. deb ataladi.

K. tugʻma va orttirilgan boʻladi. Tugʻma K. bosh miyaning ayrim boʻlaqlari, koʻrish nervlari, koʻz tur pardasi rivojlanishining buzilishi oqibatida vujudgakeladi. Orttirilgan K. koʻz kasalliklari (glaukoma, traxoma, keratit, koʻrish nervlarining zararlanishi va boshqalar), shuningdek, koʻz kosasi va bosh miya shikastlaridan soʻng paydo boʻladi. K.ning oldini olishda koʻz soqqasi, koʻz kasalliklari, xususan, glaukomani barvaqt aniqlash muhim. Koʻpchilik koʻr kishilar koʻrlar maktabida taʼlim oladilar va foydali mehnat bilan shugʻullanadilar.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil