Yangiqoʻrgʻon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Yangiqoʻrgʻon
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Namangan viloyati
Tuman Yangiqoʻrgʻon tumani
Koordinatalari 41°11′14″N 71°44′0″E / 41.18722°N 71.73333°E / 41.18722; 71.73333Koordinatalari: 41°11′14″N 71°44′0″E / 41.18722°N 71.73333°E / 41.18722; 71.73333
Aholisi 16 100 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Yangiqoʻrgʻon (Oʻzbekiston)
Yangiqoʻrgʻon

YangiqoʻrgʻonNamangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanidagi shaharcha (1976 yil dan), tuman markazi. Yaqin t.y. stansiyasiChortoq (16 km). Viloyat markazi (Namangan shahri) gacha 22 km. Aholisi 16,1 ming kishi (2005). Aholisi va xoʻjaliklari Pochchaotasoydan suv oladi. Paxta tozalash zavodi, non kti, tikuvtrikotaj f-kasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona va boshqalar korxonalar bor. Kichik, oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Dehqon bozori, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, litseyinternat, kasb-hunar kollejlari bor. Tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, klub muassasalari, madaniyat saroyi ishlab turibdi. Sport majmuasi faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, veterinariya laboratoriyasi, teritanosil kasalliklari kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Ya. — Chortoq, Ya. — Namangan yoʻnalishlari boʻyicha avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.