Xurshid Muxtorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xurshid Muxtorov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Xurshid Alijon oʻgʻli Muxtorov
Tavallud sanasi 13-sentyabr 1994-yil (1994-09-13) (29 yosh)
Tavallud joyi Guliston Oʻzbekiston
Boʻyi 1.89 cm (12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi
Raqami 14
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2013 Guliston ? (?)
2014 Lokomotiv U21 0 (0)
2015 Qoʻqon 1912 2 (0)
2015 Soʻgʻdiyona 9 (0)
2016 Lokomotiv 1 (0)
2016—2018 OKMK 43 (1)
2018—2019 Nasaf 34 (1)
2020 Navbahor 20 (0)
2021—2022 Lokomotiv 36 (2)
2024— Neftchi 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(27-yanvar 2024-yil uchun)

Xurshid Alijon oʻgʻli Muxtorov (ruscha: Хуршидбек Алижон оглы Мухторов; 13-sentyabr 1994-yil, Guliston, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik futbolchi, Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xurshid futbolchilik faoliyatini Sirdaryo futbol maktabida boshlagan. 2012-yilgi mavsumda ilk professional faoliyatini Sirdaryoning „Guliston“ klubi tarkibida boshlagan. Xurshid oʻzining baland boʻyi va himoyada tezkor harakat qilishi sababli Vadim Abramov eʼtiboriga tushgan va 2014-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ bilan shartnoma imzolgan va mavsumni temiryoʻlchilar jamoasida boshlagan. Tarkibdagi raqobat sabali asosan yoshlar jamoasi tarkibidagi oʻyinlarida ishtiroj etgan. 2015-yilgi mavsumda „Qoʻqon 1912“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Qoʻqon jamoasi tarkibida yarim mavsum davomida asosiy tarkibdan oʻrin ololmagan va mavsum ikkinchi yarmida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ tarkibida oʻtkazgan. Mavsum qolgan qismida jizzaxliklar tarkibida 9 ta oʻyinda ishtirok etgan.

2016-yilgi mavsum oldidan „Lokomotiv“ jamoasi tarkibiga qaytdi. Toshkent ikkinchi tashrifi vaqtida tarkibdagi raqobat sabab asosiy jamoa tarkibidan oʻrin olmadi va yarim mvasum davomida 1 ta oʻyinda ishtirok etgan. Mavsum ikkinchi yarmida temiryoʻlchilar bilan shartnomani bekor qilghan va Olmaliqning „OKMK“ jamoasi tarkibiga oʻtgan[1]. Olmaliqlik tarkibida 2 yilga yaqin vaqt davomida oʻynadi va 50 yaqib oʻyinda 1 ta gol muallifi boʻlgan.

2018-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida „OKMK“ tarkibidan Qarshining „Nasaf“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Qarshi klubi tarkibi bir yarim mavsum davomida oʻynadi[2] va 40 ga yaqin oʻyinda 1 ta gol muallifiga aylandi. 2020-yilgi mavsum oldidan Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[3][4]. 2021-yilgi mavsumda ikkinchi bor „Lokomotiv“ jamoasiga qaytdi[5] va ikki mavsum davomida oʻynadi. Xurshid bu safar jamoaning asosiy tarkib aʼzolaridan biriga aylandi va ikki yil davomida 40 dan oshiq oʻyin oʻtkazda, 2 ta gol muallifiga aylandi[6][7].

2023-yilgi mavsum oldidan „Lokomotiv“ jamoasini tark etdi[8] va Yaypanning „Turon“ klubi tarkibiga oʻtdi[9]. Yaypan jamoasi tarkibida faoliyatidagi eng sermahsul mavsumini oʻtkazdi. Himoyachi boʻlishiga qaramay mavsum davomida 25 ta oʻyinda ishtirok etdi hamda 5 ta gol va 1 ta gol hammualliflik qildi. Mavsum yakunida „Turon“ jamoasi bilan shartnomasi yakuniga yetganidan soʻng, yangi mavsum oldidan „Neftchi“ jamosi ygʻginlarida ishtirok etga. 2024-yil yanvar oyida Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan[10][11].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]