Bilolxon Toshmirzayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bilolxon Toshmirzayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Bilolxon Toshmirzayev
Tavallud sanasi 8-avgust 1997-yil (1997-08-08) (26 yosh)
Tavallud joyi Namangan Oʻzbekiston
Boʻyi 171 cm (5 ft 7 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi
Raqami 77
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017—2018 Navbahor - (-)
2019 Oqtepa 2+ (1+)
2020—2021 Turon 39 (1)
2022   Qoʻqon 1912 24 (1)
2023 Turon 13 (0)
2023   Neftchi 9 (0)
2024— Neftchi 9 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Bilolxon Toshmirzayev (ruscha: Билолхон Тошмирзаев; 8-avgust 1997-yil, Namangan) – Oʻzbekistonlik futbolchi, hujumkor yarimhimoyachi va qanot himoyachisi, yarim himoyachisi pozitsiyalarida oʻynaydi. Fargʻonaning „Neftchi“ klubi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bilolxon futboldagi dastlabki Namangan futbol maktabida olgan. 2017-yildan „Navbahor“ klubi asosiy jamoasiga jalb etilgan. 2018-yilgi mavsumda asosiy jamoa tarkibida oʻtkazgan va asosan oʻrinbosarlar tarkibida maydongga tushgan. 2019-yilgi mavsumda asosiy tarkibdagi raqobat sababli jamoani tark etgan va Toshkentning „Oqtepa“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Oqtepa klubi bir mavsum davomida oʻynaganidan soʻng[1] 2020-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasi debtytanti Yaypanning „Turon“ klubi tarkibiga oʻtgan. „Turon“ jamoasi tarkibida klubning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi va mavsum yakunida klub bilan Oʻzbekiston Proligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan va Oʻzbekiston Superligasiga yoʻllanma olgan.

2021-yilgi Oʻzbekiston Superligasining 16-turida, Toshkentda „Lokomotiv“ jamosiga qarshi oʻyinda maydon markazining qanot qismidan raqib darvozasini ishgʻol qilgan[2][3]. Bu gol Bilolxonning Yaypan jamoasi tarkibidagi debyut goliga aylandi va mavsumning eng chiroyli gollaridan biri boʻldi[4][5][6].

2021-yil mavsum soʻnggida „Turon“ jamoasini Superliganing tark etganidan soʻng, Oʻzbekiston Superligasining boshqa bir ishtirokchisi Qoʻqon 1912 jamoasiga bir mavsumga ijaraga berilgan[7]. Qoʻqon jamoasida bir mavsumida oʻynaganidan soʻng 2023-yilgi mavsum boshida „Turon“ klubi tarkibiga qaytgan. 2023-yilgi mavsum ikkinchi davrasida Fargʻonaninga „Neftchi“ jamoasiga ijaraga berilgan[8]. 2024-yil mavsum oldidan „Neftchi“ klubida ijara muddati yakunlangan va Turon klubi bilan shartnomasi yaknlanganidan soʻng, Neftchi jamoasi bilan yanggi bir yillik shartnoma imzoladi[9].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Билолхон Тошмирзаев: "Алишер Шоғуломов "Барселона" услубида ўйнашни ёқтиради"“ (2020-yil 28-oktyabr).
  2. „Билолхон Тошмирзаев: "Фаолиятимда биринчи маротаба бундай гол урдим"“ (2021-yil 29-avgust).
  3. „Superliga-2021. 16-turning eng chiroyli gollari TOP-5“ (2021-yil 30-avgust).
  4. „2021 yilning “Eng yaxshi...” futbolchisi Eldor Shomurodov, murabbiysi esa Ro‘ziqul Berdiyev“ (2021-yil 25-dekabr).
  5. „2021 yilning eng chiroyli goli aniqlandi. Kim kimga ovoz berdi?“ (2024-yil 27-aprel).
  6. „Суперлига-2021. Мавсумнинг энг чиройли голлари ТОП-20“ (2021-yil 17-dekabr).
  7. „Расмий хабар: "Турон" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди“ (2021-yil 24-dekabr).
  8. „Расман: Билолхон Тошмирзаев — "Нефтчи" футболчиси!“ (2023-yil 12-iyul).
  9. „"Нефтчи": футболчи ва икки мураббий билан шартномалар узайтирилди“ (2023-yil 24-dekabr).
  10. „Shomurodov – O‘zbekistonning 2021 yildagi eng yaxshi futbolchisi, Berdiyev – eng yaxshi murabbiy. UZ Football Awards-2021 yakunlari“ (2021-yil 25-dekabr).
  11. „Йил қаҳрамонлари тақдирланди“ (2021-yil 25-dekabr).
  12. „2021 yilning eng chiroyli goli aniqlandi. Kim kimga ovoz berdi?“ (2021-yil 27-dekabr).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]