Javohir Qahramonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Javohir Qahramonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Javohir Yangiboy oʻgʻli Qahramonov
Tavallud sanasi 21-mart 1996-yil (1996-03-21) (28 yosh)
Tavallud joyi Termiz Oʻzbekiston
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2014 Bunyodkor
2014—2015 Bunyodkor-2
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2017 Bunyodkor 0 (0)
2014—2015 Bunyodkor-2 - (-)
2016   Obod 18 (0)
2017 Dinamo Samarqand 13 (2)
2017—2018 Buxoro 39 (3)
2019 Bunyodkor 25 (2)
2020—2023 Soʻgʻdiyona 102 (19)
2024— Neftchi 1 (0)
Milliy terma jamoa
2017 Oʻzbekiston U-23 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Javohir Yangiboy oʻgʻli Qahramonov (inglizcha: Javokhir Kakhramonov; 21-mart 1996-yil, Termiz) – Oʻzbekistonlik professional futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Javohir Termiz futboli tarbiyalanuvchisi va birinchi murabbiyi Ravshan Doʻrmonov boʻlgan. Professional futboldagi ilk saboqalarini „Bunyodkor akademiyasi“dan olgan. „Bunyodkor-2“ jamoasida Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etgan. 2016-yilgi mavsumda „Bunyodkor“ klubi tarkibidagi raqobat kuchliligi sababli Toshkentning boshqa bir jamoasi „Obod“ klubiga ijaraga berilgan. Javohir Oʻzbekiston Superligasidagi debyutini 2016-yil 5-mayda Toshkentnning „Obod“ klubi tarkibida „Qoʻqon 1912“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[1]. Bir mavsum davomida „Obod“ jamoasi safida Superligada 18 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2017-yilgi mavsumni Samarqandning „Dinamo“ klubi tarkibida boshlagan[2]. Samarqand jamoasida yarim mavsum davomida oʻynagach[3], ikkinchi davra oldidan „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzolagan[4][5]. Buxoro klubida dastlabki golini 2016-yil 12-avgust kuni „Nasaf“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritdi va yakunda „Buxoro“ klubi gʻalaba qozongan[6][7]. Buxoro klubi tarkibida bir yarim mavsum davomida oʻynagan va jamoaning asosiy futbolchilaridan birga aylangan. 2019-yilgi oʻzining „Bunyodkor“ jamoasiga qaytgan va klubning Oʻzbekiston Superligasida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 2020-yilgi mavsum „Buxoro“ klubida Javohirga ustozlik qilgan Ulugʻbek Baqoyev uni Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubiga taklif etgan. Jizzax klubi bilan shartnoma imzolagan Javohir[8][9], „Soʻgʻdiyona“ klubi bilan 2021-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishida katta hissa qoʻshdi va 2022-yilgi mavsumda AFC Kubogida ishtirok etib xalqaro klublar futbolida debyut qildi[10][11]. AFC kubogida 5 ta oʻyinda qatnashib 2 ta gol urgan. 2023-yilgi mavsum yakunlanganidan soʻng Fargʻonaning „Neftchi“ klubi tarkibiga oʻtayotgani haqida OAVlarda habar qilingan[12]. 2024-yil 22-dekabrda „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzoladi[13].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]