Asrorbek Kenjayev
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Asrorbek Kenjayev | ||
| Tavallud sanasi | 2004-yil 15-iyul | ||
| Tavallud joyi | Gʻijduvon, Buxoro, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 184 m (603 ft 8 in) | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2021—2022 | Lokomotiv Toshkent | ||
| 2022—2023 | Chigʻatoy | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2023—2025 | Neftchi | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2022—2023 | Oʻzbekiston U20 | 5 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Asrorbekbek Kenjayev (2004-yil 15-iyulda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan.
Biografiyasi va karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kenjayev 2004-yil 15-iyulda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. U „Spartak Toshkent“ futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2021-yilda u Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasiga, 2022-yilda esa „Chigʻatoy“ klubida harakat qilgan. 2023-yilga kelib Kenjayev „Neftchi“ klubiga koʻchib oʻtdi. Asrorbek Kenjayevning transfermarktdagi narxi 50 ming yevroni tashkil etadi (2023-yilgi maʼlumot)[1].
Lokomotiv Toshkent safida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asrorbek 2021-yilda (16 yoshida) „Lokomotiv“ klubi safiga kelib qoʻshildi. Jamoa safida 9 ta oʻyinda maydonga tushdi va bundan tashqari yoshlar jamoasida ham koʻplab oʻyinlar oʻtkazdi.
Chigʻatoy safida
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yilda „Chigʻatoy“ga transfer boʻldi. Kenjayev jamoa safida Oʻzbekiston Kubogida 1 ta oʻyinda, Birinchi Liga musobaqasida 11 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Neftchi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yilgi mavsum avvalida Fargʻonaning „'Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[2].
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asrorbek Kenjayev 14 yoshidan boshlab terma jamoaga muntazam chaqirilishni boshlagan. Futbolchi U-14 ,U-15, U-16, U-17, U-18, U-19 va U-20 Oʻzbekiston terma jamoalarida harakat qilgan.
2022-yilning 15-avgustida Oʻzbekiston U-19 terma jamoasiga chaqiruv olgan va Yaponiyada boʻlib oʻtgan „SBS Cup“ turnirida ishtirok etgan. „SBS Cup“ turnirida Urugvay U-19 terma jamoasi, Yaponiya U-19 terma jamoasi va Shizuoka U-19 jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushib, turnir gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Asrorbek Kenjayev Oʻzbekiston U-19 terma jamoasi bilan 2022-yilning 10-sentyabrdan 18-sentyabrgacha Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan U-20 Osiyo Kubigi saralash oʻyinlarida qatnashgan. Bu bosqichda Saudiya Arabistoni U-20 terma jamoasi, Xitoy U-20 terma jamoasi, Maldiv U-20 terma jamoasi va Myanma U-20 terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Jamoa guruhda 12 ochko toʻplagan holda 1 oʻrinni egallagan.
„SBS Cup“ va „U-20 Osiyo Kubogi“ saralash oʻyinlarida oʻzini yaxshi koʻrsatganligi uchun Ravshan Haydarovning eʼtiborini qozondi va Oʻzbekiston U-20 terma jamoasidan chaqiruv oladi. Asrorbek Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bilan 2022-yilning 28-noyabr kuni Qirgʻiziston U-20 terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazdi[3].
Asrorbek Kenjayev Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bilan birgalikda 1-18-mart kunlari boʻlib oʻtgan U-20 Osiyo Kubogida chempion boʻlib, Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bilan Argentinada boʻlib oʻtgan U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida Braziliya va Dominikan Respublikasi yoshlar terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.
Kenjayev Argentinada boʻlib oʻtgan FIFA U-20 Jahon Chempionatida Gvatemala U-20 va Isroil U-20 terma jamoalariga qarshi muhim oʻyinlarda maydonga tushdi[4].
Faoliyatidagi statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Oʻyinlar | Oʻtkazib yuborilgan gollar |
|---|---|---|
| 2022-yil | 6 | 5 |
| 2023-yil | 8 | 4 |
| Jami | 14 | 9 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Terma jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston U19
- SBS Cup gʻolibi: 2022
- Oʻzbekiston U20
- AFC U-20 Osiyo Kubogi gʻolibi: 2023
Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Neftchi
- Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „transfermarkt saytida Asror Kenjayev“.
- ↑ „"Нефтчи" Ўзбекистон U-20 термаси дарвозабони билан шартнома тузди“. 2023-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-avgust.
- ↑ „FAUzbekistan/42773“.
- ↑ „FAUzbekistan“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Asrorbek Kenjayev (Wayback Machine saytida 2023-08-04 sanasida arxivlangan) OʻzPFL sayti
- Asrorbek Kenjayev Transfermarkt sayti
- Asrorbek Kenjayev Soccerway sayti
- 15-iyulda tugʻilganlar
- 2004-yilda tugʻilganlar
- Gʻijduvonda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol darvozabonlari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Chigʻatoy klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Oʻzbekiston Birinchi ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari