Bojan Ciger

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bojan Ciger
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 18-iyun 1994-yil (1994-06-18) (29 yosh)
Tavallud joyi Serbiya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Vazni 80 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Kedah Darul Aman
Raqami 4
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013–2014 FK Jagodina
2013–2014 GFK Tabane
2014–2015 Djerdap Kladovo
2015–2017 BASK Belgrad
2018–2019 FK Indjija 23 (0)
2019–2020 Sutjeska Niksic 35 (1)
2020–2021 Rad 30 (0)
2021–2022 Navbahor 44 (2)
2023– Kedah Darul Aman 25 (2)
2024- Neftchi 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 2-mart uchun)

Bojan Ciger (1994-yil 18-iyun, Majdanpek Serbiyada tugʻilgan) – serbiyalik professional futbolchi, Oʻzbekiston Superligasining Neftchi klubida markaziy himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bojan faoliyatini Serbiyaning „FK Jagodina“ klubi safida boshlagan. „FK Jagodina“ klubi safida 2013—2014-yillar davomida harakat qilib, jamoasi bilan Serbiya kubogi sohibi boʻldi. 2014-yilgi mavsumda maʼlum vaqt „GFK Tabane“ jamosiga ijaraga berildi.2014-yil mavsum yarimida Sebiyaning „Djerdap Kladovo“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2015-yilgi mavsumda „Djerdap Kladovo“klubidagi raqobat tufayli jamoadan ketdi va „FK BASK“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2019-yilgi mavsumda Chernogiriya chempionatining „FK Sutjeska Nikšić“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Chernogoriya jamoasi safida 2018/2019-yilgi mavsumda Birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Chernogoriya klubi bir mavsum davomida toʻp surganidan soʻng 2021-yilda Ciger Serbiyaning „Rad“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[1][2]. 2021-yilgi mavsum yarmida u Namanganning „Navbahor“ klubiga Samvel Babayan tomonidan taklif etildi. „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma shartlari kelishganidan soʻng, Namangan jamoasi futbolchisiga aylandi[3][4][5]. Navbahor jamoasi safida 2 mavsum davomida 44 ta uchrashuvda 2 ta gol urdi[6]. Ciger Navbahor jamoasi safida Oʻzbekiston Chempionatida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishida katta rol oʻynadi va Oʻzbekiston Kubogida kumush medal sohibi boʻldi. 2023-yil mavsum boshida „Navbahor“ jamoasi bilan doʻstona hayrlashib, Malayziya chempionati vakili „Kedah Darul Aman“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[7][8][9][10]. 2024-yil 14-yanvarda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan va Oʻzbekiston Superligasiga qaytgan[11].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]