Xorazmshohlar imperiyasiga moʻgʻul bosqini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xorazmga moʻgʻul bosqini
Moʻgʻullarning Markaziy Osiyoni bosib olishi va Moʻgʻullarning Forsni bosib olishining bir qismi

tax. 1215-yillar, moʻgʻul bosqinidan besh yillar avval, Xorazmshohlar davlati va Moʻgʻullar vatanining Osiyo qitʼasi xaritasida joylashuvi
Sanalar 1219—1221
Urush yeri Markaziy Osiyo, Katta Eron
Natija Moʻgʻullar gʻalabasi
Hududiy
oʻzgarishlar
Xorazmshohlar davlati Moʻgʻullar imperiyasiga qoʻshib olindi
Raqiblar
Moʻgʻullar davlati Xorazmshohlar davlati
Qoʻmondonlar
Harbiy birliklar
Asosan shahar garnizonlari
Kuchlar
Bahsli (quyiga qarang). Manbalardagi sonlar:
  • 75,000
  • 100,000
  • 120,000
  • 150,000
  • 700,000
  • 800,000
Bahsli (quyiga qarang). Manbalardagi sonlar:
  • 40,000
  • 200,000
  • 400,000
Yoʻqotishlar
Nomaʼlum Ehtimol, 10-15 million kishi[1]

Xorazmshohlar imperiyasiga moʻgʻul bosqini (forscha: حمله مغول به خوارزمشاهیان) 1219—1221-yillar oraligʻida[2] Chingizxon boshchiligidagi Moʻgʻul imperiyasi qoʻshinlari Xorazmshohlar imperiyasining Oʻrta Osiyodagi yerlariga bostirib kirishi natijasida sodir boʻldi. Qoraxitoy xonligi qoʻshib olingandan soʻng amalga oshirilgan yurish keng miqyosdagi vayronagarchilik va vahshiyliklar bilan kechdi. Ushbu bosqin bilan moʻgʻullarning Oʻrta Osiyoni bosib olishi tugallanib, Forsni bosib olish jarayoni boshlandi.

Mojaroning sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoraxitoy xonligi zabt etilgandan soʻng Chingizxonning Moʻgʻullar imperiyasi shoh Alovuddin Muhammad boshqargan Xorazmshohlar hokimiyati bilan chegaradosh boʻla boshladi.

Fors tarixchisi Juzjoniyning yozishicha, Chingizxon dastlab Xorazm hukmdori Alovuddin Muhammadga xabar yuborib, uni qoʻshnisi sifatida kutib oladi:

„Men quyosh chiqayotgan yurtlarning xoniman, siz esa quyosh botgan yurtlarning sultonisiz. Doʻstlik va tinchlik toʻgʻrisida mustahkam shartnoma tuzaylik“[3].

Chingizxonning dastlab barcha moʻgʻullar yoki „kigiz chodirlilar“ni, soʻngra boshqa koʻchmanchi xalqlarni birlashtirishida nisbatan kam qon toʻkilgan va deyarli moddiy yoʻqotishlarsiz sodir boʻlgan[4]. Moʻgʻullarning Chjurchjenlar bilan olib borgan urushlari moʻgʻullarning naqadar shafqatsiz boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi. Shoh Muhammad bu tinchlik shartnomasiga istamay rozi boʻldi, ammo bu uzoq davom etmadi. Urush bir yil oʻtmay, Xorazmning O‘tror shahrida moʻgʻul elchilari oʻldirilganidan keyin boshlandi.

1218-yilda Chingizxon Muhammadni oʻzaro manfaatli savdo uchun ittifoq tuzishga taklif qildi[5]. Lekin shoh moʻgʻullarning shartnoma tuzish istagidan juda shubhalanardi, bunga uning Chjundudagi (oʻsha paytdagi Xitoy poytaxti) elchisining shaharni egallab olgan moʻgʻullarning shafqatsizligi tasvirlangan xabarlari sabab boʻlgan. Xorazmshoh „kofirlar“ bilan bitim tuzishdan bosh tortgan va Oʻtror hukmdori Inolchiq Qayirxonning taklifiga koʻra, savdogar elchilarni va ular bilan birga yuzta moʻgʻul zobitini qatl qildirgan[6].

Shundan soʻng Chingizxon oʻzining elchilarini oʻldirishda aybdor deb bilgan Qayirxonni jazolashni talab qilish uchun uch elchidan iborat ikkinchi guruhni (bir musulmon va ikkita moʻgʻul) yuboradi. Shoh ikkala moʻgʻulning soqolini oldirib, musulmonlarni Chingizxon huzuriga qaytarishdan oldin boshini oldiradi. Muhammad karvon bilan kelgan xizmatchilarni qatl qilishni ham buyuradi[7]. Buni elchilarni „muqaddas va daxlsiz“ shaxslar deb hisoblagan xon oʻziga nisbatan jiddiy haqorat sifatida baholagan. Vaziyat Chingizxonning Xorazmga hujum qilishiga sabab boʻldi. Moʻgʻullar Tyan-Shan togʻlarini kesib oʻtib, 1219-yilda Xorazmshohlar davlatiga kirgan[8].

Urganchga hujum va Najmiddin Kubroning jasorati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1220-yilda Chingizxon Toluiyni 70 minglik qoʻshin bilan Xurosonni zabt etish uchun yuboradi va 1221-yil boshida Joʻji, Chigʻatoy va Oʻgʻedeylarning 50 minglik qoʻshini Xorazm poytaxti – Urganch shahriga yaqinlashadi[9]. Yetti oylik qamaldan soʻng moʻgʻullar uni egallab, magʻlub etib, aholisini asirga oldilar. Tarixchi Rashiduddin yozganidek:

„Moʻgʻullar shiddatli jang qildilar va mahalla-yu uylarni, saroy-u darvozalarni bosib oldilar, ularni buzib tashladilar va yoqib yubordilar, yetti kun ichida moʻgʻullar shu tarzda butun shaharni egallab olishdi." [Keyin] butun xalqni birdaniga dashtga haydab, ulardan yuz mingga yaqin hunarmandni ajratib, sharq mamlakatlariga [ularni] yubordilar. Yosh ayollar va bolalar asirga olindi, qolgan odamlar esa ularni oʻldirishlari uchun askarlar oʻrtasida taqsimlandi. Ularning aytishicha, har bir moʻgʻulga yigirma toʻrt kishi toʻgʻri kelgan, jangchilar [moʻgʻullar] soni esa ellik mingdan ortiq edi. Xulosa qilib aytganda, hamma halok boʻldi va qoʻshin [moʻgʻullar] shahar ustiga yopirilib, talon-taroj qila boshladi. Talanganidan keyin qolgan uylar va mahallalar birdaniga vayron qilingan“[10].

Chingizxon shayxlar shayxi Najmiddin Kubro haqida eshitib, unga: „Xorazmni aholisini kaltaklashni va talon-taroj qilishni tark qilaman. Oʻz zamonasining avliyosi xorazmliklar muhitini tark etib, bizga qoʻshilishi kerak!“, – deydi. Shayx bunga javoban: „Mana yetmish yildirki, Xorazmdagi taqdirning achchiq-shiriniga shu xalq bilan qanoat qilib, chidab kelaman. Endi musibatlar tushish vaqti keldi, agar men qochib, uni tashlab ketsam, oliyjanoblik va saxovat yoʻlidan uzoq boʻlur![10]. Najmiddin Kubro shaharga hujum paytida vafot etdi.

Juvayniy yozganidek: „Shahar aholisi koʻcha va mahallalarda mustahkam oʻrnashgan; Ular har bir koʻchada urush boshladilar, har bir oʻtish joyi yaqinida barrikadalar oʻrnatildi. [Moʻgʻullar] qoʻshini ularning uylari va mahallalarini moy solingan idishlar bilan yoqib yubordi, oʻq va toʻp bilan odamlarni bir-biriga tikib qoʻydi“. Shahar qoʻlga kiritilganda, omon qolgan aholi dalalarga haydalgan. Ular hunarmandlarni (Juvayniy yozishiga koʻra, 100 mingdan ortiq), shuningdek, yosh ayollar va bolalarni ajratib olib, qullikka olishgan, qolgan aholi esa askarlar oʻrtasida boʻlingan va Juvayniyning fikriga koʻra, har bir jangchiga 24 kishidan iborat aholi toʻgʻri kelgan, keyin ular hammani „bolta, nayza, qilich, toʻqmoq“ bilan oʻldirishdi. Shundan soʻng moʻgʻullar toʻgʻonlarni ochdilar, Amudaryoning suvi toshib, butun shaharni suv bosdi, natijada turli boshpanalarda yashiringan odamlar ham halok boʻldi, „birorta ham aholi omon qolmadi[11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ward, Steven R.. Immortal: A Military History of Iran and Its Armed Forces, 2009. ISBN 978-1-58901-587-6. 
  2. May, Timothy. The Mongol Empire: A Historical Encyclopedia. Santa-Barbara, CA: ABС-СLIO, 2016 — 162 bet. „...he (Genghis Khan) led his main army over 1,000 miles to invade the Khwarazmian Empire in 1219. Within two years, a once dynamic and powerful empire has been erased from the map and largely forgotten in history.“ 
  3. Ratchnevsky, Paul. Genghis Khan: His Life and Legacy, p. 120.
  4. „Монголами зовутся все те, кто живет в войлочных шатрах“ (ru). tratati.narod.ru. 2019-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-mart.
  5. Soucek, Svatopluk A History of Inner Asia
  6. Hildinger, Eric. Warriors of the Steppe: A Military History of Central Asia, 500 B. C. to A. D. 1700
  7. Prawdin, Michael. The Mongol Empire.
  8. Ratchnevsky 1994, 129-b.
  9. „РАШИД АД-ДИН. СБОРНИК ЛЕТОПИСЕЙ. Рассказ об отправлении Чингиз-ханом сыновей своих — Джучи, Чагатая и Угедея — в Хорезм и о покорении ими той области“. 2019-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
  10. 10,0 10,1 Рашид ад-Дин. Сборник летописей. Том 1. Книга 2. М.-Л. АН СССР. 1952, 217-218-b.
  11. Tixvinskiy S. L. Tataro-mongoli v Azii i Yevrope – M.: Nauka, 1977, 129-b.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Hildinger Erik. Warriors of the Steppe: A Military History of Central Asia, 500 B.C. to A.D. 1700, Sarpedon Publishers, 1997. (ISBN 1-885119-43-7)
  • Morgan David. The Mongols, 1986. (ISBN 0-631-17563-6)
  • Nicolle David. The Mongol Warlords: Genghis Khan, Kublai Khan, Hulegu, Tamerlane, Brockhampton Press, 1998. (ISBN 1-853-14104-6)
  • Ratchnevsky Paul. Genghis Khan: His Life and Legacy. Translated and edited by Thomas Nivison Haining. Oxford: Blackwell, 1994. (ISBN 978-0631189497)
  • Saunders J.J. The History of the Mongol Conquests, Routledge & Kegan Paul Ltd, 1971. (ISBN 0-8122-1766-7)
  • Soucek Svat. A History of Inner Asia, Cambridge, 2000. (ISBN 978-0521657044)
  • Stubbs Kim. Facing the Wrath of Khan. Military History (May 2006): 30-37.
  • France John. Journal of Medieval Military History, Volume 8. Nashr qilingan sanasi: 18-noyabr 2010. ISBN 9781843835967.