Barrikada

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barrikada (frans.), koʻcha band - koʻcha, yoʻl, koʻprik va togʻ yoʻllarida turli narsalardan (xodalar, qum solingan qoplar, toshlar va boshqalar) quriladigan sunʼiy mudofaa toʻsigʻi. B. qadim zamonlardan bosqinchilarga qarshi qoʻllanilgani maʼlum. Tarixiy manbalarda B. chep deb tilga olinadi. B. 19-asrgacha tosh, qum solingan qop, xoda, qulatilgan daraxtlar va shahri k.dan qurilgan. 20-asrdan aholi yashaydigan joylarni tank va zirhli mashinalardan saqlash uchun maxsus muhandislik toʻsiqlari barpo etila boshlandi. Bunday B. temir-betondan, turli bloklardan yasalib, koʻcha va yullarga shaxmat katagi tartibida 2 — 3 qator quriladi. 1871 y. Parij kommunasi paytida kommunarlar, 1905 — 07 y.lardagi rus inqilobi paytida ishchilar tomonidan keng qoʻllanilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil