Oʻqtoyxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻqtoyxon, Oʻqtoy qoon, Oʻgedey, Ugedey (11861241.11.7) – Moʻgʻullar davlati ulugʻ qooni (1229–1241.11.7); Chingizxotsht 1xotini, yaʼni qoʻngʻirot urugʻining koʻzga koʻringan vakili Day noʻyon qizi Boʻrta Fujindan tugʻilgan 3oʻgʻil. Moʻgʻullar tomonidan 1219–20 yillarda Movarounnahrning zabt etilishida faollik qoʻrsatgan (qarang Urganch mudofaasi). Chingizxon hayotligida Oʻ.ni taxt vorisi deb eʼlon qilgan. Chingizxon oʻlimidan 2 yil oʻtgach, 1229 yilda Joʻjixon oʻgʻlonlari, Chigʻatoy va Tulixon farzandlari hamda Bilgaday noʻyon va Ilchidoy noʻyon singari arkoni davlat ishtirokida chaqirilgan buyuk qurultoyda Oʻ. ulugʻ qoon (bosh hukmdor) etib saylangan. Oʻ hukmronligi davrida Shim. Xitoy butunlay moʻgʻullar qoʻl ostiga oʻtgan va qoon Maxmud Yalavochta bu yurtni boshqarishni topshirgan. Oʻ. Xitoyni zabt etib qaytgach, 1235 yil Joʻjixonning toʻngʻich oʻgʻli Botuxon boshliq chingiziy xonzodalarni Dashti Qipchoq, Bulgʻor, Rus, Alaniya, Mojariston, Cherkes, Boshqird va boshqalar ellarni fath qilish uchun yuborgan. Ushbu harbiy yurishlar 1240 yilning iyunigacha davom etgan. Bu davrda Qoraqurumnn obod qilish ishlari amalga oshirilgan. Xitoydan keltirilgan ustalar va naqqoshlar yordamida qoʻrkam koʻshklar, binolar quriladi. Xitoydan Qoraqurumgacha boʻlgan masofada bir-biridan uzoqligi taxminan 30 km dan iborat 37 yomxona bunyod etilgan. Moʻgʻullarning yurishi vaqtida vayronaga aylangan Hirot shahrini qayta tiklashga muvaffaq boʻlingan, aholi roʻyxatga olingan. Moʻgʻulistonning bir qismi, Jungʻoriya va Xitoyning bir qismi Oʻ. tasarrufida boʻlgan. Ayshu ishratta berilish, haddan tashqari koʻp sharob ichish oqibatida Oʻ. 1241 yilning 11 iyulida vafot etgan. Taxt maʼlum muddatga uning bevasi Turakina xotun qoʻliga oʻtgan.

Adabiyot[tahrir]

  • RashidadDin, Sbornik letopisey, t. 2 [perevod s persidskogo Yu.P.Verxovskogo], M. — L., 1960; Abulgʻoziy, Shajarayi turk, T., 1992; Mirzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, T., 1994.

Hamidulla Dadaboyev.