Pagan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pagan — myanmalarnnng birinchi davlati (11—13-asrlar). Poytaxti — Pagan shahri Hozirgi Myanmaning deyarli barcha hududlarini oʻz hokimiyatiga birlashtirgan. Anorata tomonidan asos solingan. 1057-yil Janubiy Birmadagi moi davlatlari birlashtirilishi bilan P. Jan.-Sharqiy Osiyodagi eng yirik davlatlardan biriga aylangan. Davlat dini — buddizm. P. da ulkan miqyosda ibodatxonalar qurilishi olib borilgan (5 mingga yakin ibodatxona va pagoda), bu, ayniqsa, Chanzita hukmronligi davrida (1084—1112) avjga chiqqan. 13-asrga kelib ichki nizolar tufayli davlat tanazzulga uchragan. 1283-yil Kaungsin yonidagi jangda myanma qoʻshinlari moʻgʻullar tomonidan tormor etilgach, P. barham topgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Hammasini o'ldirish kerak!