Vojib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vojib(arab. - majburiyat, burch) - islomda bajarilishi zarur boʻlgan amal turi. Zaruriylik nuqtai nazaridan Vojib farzdan keyin, sunnat talablaridan oldin turadi. Islomda Vojibni inkor etish ogʻir gunoh hisoblansa-da, kofirlikka nisbat berilmaydi. "Podshohning amri vojib" degan tushuncha Qurʻonda bor. Sunniylikda Vojibga shariat tushunchalari boʻyicha farz bilan sunnat erasidan joy berish hanafiylik mazhabidagina eʻtirof etilgan.

Vojib (arab. — majburiyat, burch) -islom shariati tushunchasi. Musulmonlar Alloh va Muhammad (as) amrlarigina emas, yakka hukmdor (xalifa, podsho, amir, xon) lar farmoyishini ham bajarishi majburiy ekanligini anglatadi. Majburiylik nuqtai nazaridan V. farzdan keyin, sunnat talablaridan oldin turadi. Islomda V. ni inkor etish ogʻir gunoh hisoblansa-da, kofirlikka nisbat berilmaydi. "Podshohning amri vojib" degan tushuncha Qurʼonda bor. Sunniylikda V. ga shariat tushunchalari boʻyicha farz b-n sunnat orasidan joy berish — hanafiya mazhabidagina eʼtirof etilgan. Boshqa uch mazhabda V. alohida tushuncha sifatida qabul qilinmagan. Ularda farzdan keyin bevosita sunnatga oʻrin berilgan. V. ni esa ular farzga qoʻshib yuborishgan. Binobarin ular hanafiya mazhabidagi V. larni farz hisoblaydilar. Mas., besh vaqt namoz, roʻza, zakot, hajni hanafiylar farz desa, ular farz ham, V. ham deb atayveradilar.

Abdulaziz Mansur.[1]

Boshqa uch ushhabda Vojib alohida tushuncha sifatida qabul qilinmagan. Ularda farzdan keyin bevosita sunnatga oʻrin berilgan. Vojibni esa, ular farzga qoʻshib yuborishgan. Binobarin ular hanafiylik mazhabidagi Vojiblarni farz qisoblaydi. Masalan, besh vaqt namoz, roʻza, zakot, hajni hanafiylar farz desa, ular farz ham, Vojib ham deb atayveradi.


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil