Usmon II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Usmon II
عثمان ثانى
Gabaniza, Kabaniçe, Kapaniçe.jpg
Tughra of Osman II.JPG
Ottoman flag.svg Usmonlilar imperiyasi podshohi, xalifasi, ikki muqaddas masjid xodimi
Hukmronligining boshlanishi: 26-fevral 1618
Hukmronligining tugashi: 20-may 1622
Oʻtmishdosh: Mustafo I
Voris: Mustafo I
Tugʻilgan sanasi: 3-noyabr, 1604-yil(1604-11-03)
Tugʻilgan joyi: Istanbul, Usmonlilar imperiyasi
Vafot sanasi: 20-may, 1622-yil(1622-05-20)
(17 yoshda)
Vafot joyi: Istanbul, Usmonlilar imperiyasi

Usmon II (عثمان ثانى; ‘Osmān-i sānī; 3-noyabr 1604 — 20-may 1622) — Usmonlilar imperiyasining 1618-1622 yillardagi hukmdori, Ahmad I va Mohfiruzning oʻgʻli[1][2].

Biografiya[tahrir]

Usmon II Ahmad I ning oʻgʻli. U 1604-yili tavallud topgan. Onasi Mohfiruz nomaʼlum sabablarga koʻra eski saroyga surgun qilinib, kunlarning birida olamdan oʻtgach, Koʻsem Sulton oʻz farzandlari qatorida Usmonni ham voyaga yetkazdi. Koʻsem-sulton Ahmad I ning oʻlimidan soʻng usmoniylar sulolasi anʼanasini saqlab qolish ilinjida taxtga oʻz oʻgʻillarini emas, marhum erining aqli kalta ukasi Mustafo I'ni oʻtqazishga qaror qoldi. Shu masalada Mustafoning volidasi Halima bilan kelishuvga erishdi. Mustafo taxtni egallagach, Halima Koʻsem va bolalariga tazyiq oʻtkazmaslikka soʻz berdi. Halima birinchi navbatda Koʻsemning shahzodalarini qafasga tashlash haqida koʻrsatma berdi. Koʻsemni esa eski saroyga surgun qildi. Oʻsha davr qonunlariga koʻra, aqli zaif shahzoda mamlakatni boshqarishga haqsiz edi. Mustafoning aqli pastligini esa yanicharlar ham, oddiy xalq vakillari ham bilmasdi. Koʻsem sulton xuddi shu haqiqatni oshkor qildi. Oradan bir yil oʻtib, gʻazab otiga mingan yanicharlar Mustafoni taxtdan agʻdarib, uning oʻrniga endigina 14 yoshga qadam qoʻygan Usmon II imperiya taxtini egalladi. Usmon bolalikdan oʻziga raqobatchi, dushman deb bilgan ukasi Mehmedni qatl etish haqida farmon berdi. Vaholanki, taxtga oʻtirmasdan sal burun ham ona, ham rahnamolik qilgan Koʻsem sultonga ukalarini qatl etmaslikka soʻz bergandi. Birinchi navbatda, u taxtga oʻtirgach, usmoniylar imperiyasining tashqi chegaralarida oʻzgarish koʻzga tashlanmadi. Uning armiyasi Avstriya, Venesiya, Eron, Polshaga qarshi urushlarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shundan soʻng u yanicharlar, sipohlar polklarini tarqatib yuborish, imperiya poytaxtini oʻzgartirish, din peshvolarining imperiya xazinasidan oladigan maoshlarini sezilarli darajada kamaytirish harakatiga tushdi. Bu harakatlari yanicharlarning gʻazabini qoʻzgʻadi. Yanichar va sipohlarni taxtdan agʻdarilgan aqli kalta Mustafoning volidasi Halima qayragan. Uning chaqirigʻiga asoslanib yanicharlar Usmonni tutishdi va avval eshakka ters mindirib toshboʻron qildirishdi. Undan keyin esa 1622 yil 20 mayida endi 18 yoshga qadam qoʻygan sulton Usmonni boʻgʻib oʻldirishdi. Taxtga esa Mustafo oʻtqazib qoʻyildi[3].

Manbalar[tahrir]

  1. Shaw, Stanford Jay. History of the Ottoman Empire and Modern Turkey, volume I: Empire of the Gazis: The Rise and Decline of the Ottoman Empire, 1280-1808. Cambridge University Press, 191. 
  2. (2005) Semiramis: Sultan'ın gözünden şenlik. YKY, 27. ISBN 978-975-08-0928-6. “[Osman II's mother the Serbian Evdoksiya known as Mahfiruz Sultan]” 
  3. http://hordiq.uz/2017/12/16/usmoniy-turklar-sulolasi-tarixidan-2/