Murod II — Sulton Murod II Gʻoziy (1404—1451) — Usmonlilar sulolasita mansub Turkiya sultoni (1421—44, 1446—51), Mehmed I Chalabiyning oʻgʻli. M.P taxtga oʻtirgandan keyin usmoniylarga tegishli yerlarning maʼlum kismini egallashga muvaffaq boʻlgan, is-yonkor Mustafoga qarshi kurash boshlagan. 1422 yil Bursadan uzoq boʻlmagan Ulubad daryosining boʻyidagi jangda Mustafoning lashkari tormor etiladi va oʻzi qochadi. Tez orada Mustafo qoʻlga olinib, osib oʻldiriladi. 1424— 26 yillarda MP ilgariroq qoʻldan ketgan Aydin, Menteshe, Germiyan, Saruxan va Hamid beyliklarini qayta oʻz tasarrufiga kiritadi. 1422 yil 24 avg . da Konstantinopolga qilingan hujum samara bermaydi. 1424 yil Vizantiya sultonga xiroj toʻlashga majbur boʻladi. 1440 yil M.P Serbiyaga yurish qiladi. 1444 yilning 10 noyabr
da Varna yaqinida M.P Yanosh Xunyadi boshliq chex-venger lashkarini magʻlub etadi. 1444 yilda M.P oʻz ixtiyori bilan oʻgʻlining foydasiga taxtdan voz kechadi, ammo ichki va tashki vaziyat 1446 yilda uni yana taxtga qaytishga majbur qiladi. 1447 yilda Pelopon-nesni gʻorat qiladi, Korinfni zabt etadi. 1448 yilning 17—19 dek.da Kosovo jangida Xunyadini yana bir bor magʻlub etadi. 1449—50 yillari Albaniyaga 2 marta yurish qiladi. U adolatli va insofli hukmdor sifatida nom qoldirgan.. [1][2].
↑Franz Babinger, Mehmed the Conqueror and His Time, (Princeton University Press, 1978), 14.
↑Peter F. Sugar, A History of East Central Europe:Southeastern Europe under Ottoman Rule, 1354-1804, Vol. 5, (University of Washington Press, 1996), 16.