Sipohiy
Sipohiy, sipoh (forscha: jangchi, askar) —1) Saljuqiylar saltanatida uncha katta boʻlmagan mulkka egalik qilgan, erkin mulkdor otliq qoʻshin vakili; 2) Usmonli turk imperiyasi armiyasida aniq shartnoma asosida harbiy xizmatni oʻtovchi shaxs. S xizmati evaziga yer — timar berilgan. 14—16-asrlarda Sipohiylar turk armiyasining asosiy qismini tashkil qilgan. Turk Sipohiysi jangga toʻqmoq, oybolta, ikki qilich, nayza va oʻqyoy bilan otlangan. 17-asr soʻngida Sipohiylar Damashq poʻlatidan yasalgan zirh va dubulgʻa bilan taʼminlangan; 3) Eron, Oʻrta Osiyo xonliklarida suvoriy askar. Amir Temur, Bobur qoʻshinida S. termini faol qoʻllangan. Oʻrta asrlarda qishloq va shaharlarda harbiy soliqni undiruvchi kichik mansabdor ham S. deb atalgan. Hozir Eronda maorif va sogʻliqni saqlash masalalari bilan shugʻullanuvchi yarim harbiy korpus aʼzosi; 4) 18-asr oʻrtalari — 20-asrning 40y.larida Hindistondagi yollanma askar. Sipohiylar mustamlakachilar qoʻshiniga mahalliy aholi safidan jalb qilingan. Inglizlar S.lardan Hindistonni mustamlaka qilishda keng foydalangan. 1857—59 yillar boʻlgan Xindiston xalq qoʻzgʻoloiida Sipohiylar ham ishtirok etganligi bois bu qoʻzgʻolon sipohiylar qoʻzgʻoloni deb nomlangan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |