Ahmadiya masjidi
Qiyofa

Ahmadiya masjidi — Istanbulda qurilgan mahobatli meʼmoriy obidalarning eng kattasi (1609-1614). Me’mor Mehmed Ogʻa (1540-1620) qurgan. Ahmadiya masjidi katta qubbali oldi tomoni baland minorali bino. Minoralar atrofida esa kichik peshayvonlar bor. Masjid ichidagi devorlar, yashil, oq va havo rangdagi koshinlar bilan bezalgan boʻlib, gilamni eslatadi. Derazalardan tushgan nur rangdor bezaklarda jilolanib, kishi diliga orom bagʻishlaydi. Minoraning qubbalari koʻkka tutashib ketganday tuyuladi. Ahmadiya masjidi turk meʼmorchiligi tarixida alohida oʻrin egallaydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |