Usmonli imperiyasi sultonlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Usmonli imperiyasi ramzi
1683-yilda Usmonli imperiyasi hududlarining o'zgarishi


Usmonli imperiyasining sultonlari ulkan davlatga asos solishgan. Bu davlat mulklari dunyoning uch qitʼasida joylashgan edi. Usmonli imperiyasi choʻqqisiga chiqqanda shimolda Vengriya, janubda Somali, gʻarbda Jazoir va sharqda Iroqgacha choʻzilgan hududlarni qoʻl ostida birlashtirgan. Imperiya poytaxti dastlab Bursani poytaxt qilgan boʻlsa, 1366-yilda Edirnega koʻchirildi. Nihoyat, Vizantiya imperiyasidan magʻlubiyatga uchratilib, Konstantinopol olingandan keyin nomi oʻzgartirilib Istanbul poytaxtga aylandi. Zamonaviy olimlarning koʻpchiligi imperiya taxminan 1299-yilda paydo boʻlgan va uning asoschisi Oʻgʻuz turklarining Kayi urugʻidan boʻlgan Usmon Gʻozi ekanligini taʼkidlaydilar. Usmonlilar sulolasi 6 asr davomida 36 ta sulton taxtga o'tirgan. Birinchi jahon urushida Uchlar ittifoqi davlatlarning magʻlubiyati natijasida Usmonli imperiyasi tarix sahnasidan gʻoyib boʻldi. Imperiyaning Antanta davlatlari tomonidan boʻlinishi va undan keyingi mustaqillik urushi Turkiya Respublikasining tugʻilishiga olib keldi.

Oila shajarasi

Usmonli davlati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usmonlilar imperiyasi qo'l ostidagi hududlarni mutlaq humronlik bilan boshqargan. Usmonlilar sulton siyosiy, harbiy, huquqiy, ijtimoiy pog'onalarning eng yuqorisida edi. Nazariy jihatdan, u faqat Allohga bo'ysungan. O'zi esa „Allohning yerdagi soyasi“ va „Yer yuzidagi xalifasi“ (xalif-i ru-yi Zemin) deb ulug'langan. Butun hukumat idorasi sultonning qo'l ostida edi va u qabul qilgan har bir qaror farmon deb e'lon qilingan.Sulton qo'shinnning bosh qo'mondoni edi. 1453-yilda Konstantinopol zabt etilgandan so'ng ular o'zlarini Rim imperiyasining merosxo'rlari deb hisoblaganlar[1], shuning uchun ular vaqti-vaqti bilan Kayzer va imperator unvonlaridan foydalanishgan. 1517-yilda Misr fath qilinganidan keyin Salim I ham xalifa unvonini oldi[2]. Nazariy jihatdan hukmronlik teokratik va mutlaq boʻlsa-da, amalda sultonning vakolatlari cheklangan edi. U siyosiy qarorlar qabul qilishda sulolaning muhim vakillarining qarashlari va munosabatlarini hisobga olgan. Shuningdek, diniy maslahatchilar bilan ham fikr almashgan. Ularni xohish-irodasini hisobga olgan. XVII asrdan boshlab imperiya uzoq davom etgan turgʻunlik davriga kirdi, bu davrda sultonlar juda zaiflashdi. Ko'pchilik kuchli yanicharlar korpusi tomonidan taxtdan ag'darildi. Taxtga o'tirish man etilganiga qaramay, haramdagi ayollar, xususan, sultonning onasi (Valide Sulton nomi bilan ham tanilgan) uning hukmronligi davrida muhim siyosiy rol o'ynagan[3]. Sulaymon I Usmonlilar tarixidagi eng uzoq hukmronlik qilgan sulton boʻlib, 46 yillik hukmronlik bilan imperiyani XVI asrda choʻqqiga olib chiqdi. Murod V XIX asrning tanazzul davrini boshqargan tarixdagi eng qisqa hukmronlik qilgan sulton edi. Uning hukmronligi atigi 93 kun davom etdi. Imperiyaning soʻnggi mutlaq va birinchi konstitutsiyaviy monarxi Abdulhamid II edi.

Sultonlar ro'yxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi jadvalda Usmonli sultonlari va oxirgi Usmonli xalifasi sana boʻyicha tartiblangan. Shuningdek, Usmonli sultonlari tomonidan qo'llaniladigan xattotlik muhrlari yoki imzolari barcha rasmiy hujjatlarda, tangalarda va eng muhimi, sulton suratlarida foydalanilgan. „Eslatmalar“ ruknida sultonlarning ota-onalari, taqdirlari keltirilgan. Ilk monarxlar uchun odatda hukmronligining tugashi va vorisi taxtga o'tirishi o'rtasida ma'lum bir vaqt bo'lgan. Sababi, tarixchi Kuataertning fikricha, bu davrda Usmonlilar imperiyasida hukmronlik taxtga eng keksa emas, eng kuchlisi oʻtirardi: sulton vafot etgach, uning barcha oʻgʻillari gʻolib chiqqunga qadar jang qilishlari kerak edi. Shu sababli, ichki nizo yuzaga kelgan va birodar qondoshlarning o'limiga sabab bo'lgan. Shuning uchun sultonning vafot etgan sanasi har doim ham taxt vorisi bilan bir xil emas. 1617-yilda eng kuchli shahzoda taxtga chiqish oʻrniga bu eng katta o'g'il bilan almashtirildi. Bu tizim bilan oilaning eng kattasi taxtga o'tirgan. XVII asrda katta shahzoda sifatida vafot etgan sultonning o'rniga o'z o'g'li, amakisi yoki ukasi o'tirgan. Kattasi taxtni egallagan tizim (ekberiyet) XIX asrdagi muvaffaqiyatsiz natijalarga qaramay, saltanatning oxirigacha davom etdi.



Raqam Sulton Tasvir Hukmronlikning boshi Hukmronlikning oxiri taxtda oʻtirgan vaqti Muhri Eslatma Tangasi
Usmonli imperiyasining yuksalishi
(1299 — 1453)
1 Usmon I I Osman.jpg 1299 1326[4] 27 yil Yoʻq[c]
  • Ertugʻrul Gʻoziy[5] Halima Xotunning oʻgʻli[6]
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Osman Gazi Coin.jpg
2 O’rxon Metehanzade orhangazi.jpg 1326[4] 1362-yil mart 36 yil Tughra of Orhan
  • Usmon I vaMalhun Xotunning oʻgʻli.[6]
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Orhan Gazi Akçe.jpg
3 Murod I[b] Murad I.jpg 1362-yil mart Kosovo janggi 27 yil Tughra of Murad I
  • Oʻrxon vaNilüfer Xotunning o’g’li[6].
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
  • 1389-yil 15-iyunda Kosovo janggida oʻldirilgan.
1555 osmanli 1 murat nm nd.jpg
4 Boyazid I Baiazeth. P. IIII.jpg 1389-yil 15-iyun 1402-yil 20-iyul]] 13 yil Tughra of Boyazid I
  • Murod I vaGulchechak Xotunning oʻgʻli.[6]
  • Anadoluda turklarni birlashtirdi.
*Anqara jangida asirga olingan (hukmronligi tugadi).
  • 1403-yilning 8-martida Aqshehirda asir boʻlganida vafot etdi.
Iso Chelebiy İsa Çelebi.jpg 1403-yil yanvar 1403-yil may 120 kun Yoʻq
  • Anatoliyaning sultoni
  • 1402-yil 20-iyulda Anqara jangidan soʻng Iso Chalabiy Muso Chalabiyni magʻlub etib, imperiyaning Anadolu hududining gʻarbiy qismini taxminan ikki yil davomida nazorat qila boshladi.
  • 1403-yil mart yoki may oylarida Ulubod jangida Mehmed Chalabiy tomonidan magʻlubiyatga uchradi.
  • 1403-yil sentabrda boʻgʻib oʻldirilgan.
Yoʻq
Sulaymon Chelebiy Arolsen Klebeband 01 449 4.jpg 1402-yil 20-iyul 1411-yil 17-fevral[7] 8 yil, 212 kun Emîr Süleyman Çelebi’nin mührü.png
  • Anqara jangida Usmonlilar magʻlubiyatga uchraganidan koʻp oʻtmay, u imperiyaning Yevropa qismi uchun Rumeli sultoni unvonini oldi.
  • 1411-yil 17-fevralda oʻldirilgan.[7]
Muso Chelebiy Paolo Veronese (Nachfolger) - Bildnis des Sultans Moise - 2238 - Bavarian State Painting Collections.jpg 1411-yil 18-fevral 1413-yil 5-iyul[8] 2 yil Yoʻq
  • 1411-yil 18-fevralda Sulaymon Chalabiy vafotidan soʻng u imperiyaning Yevropa qismi uchun Rumeli sultoni unvonini oldi.
  • 1413-yil 5-iyulda Samokov yaqinidagi Chamurlu Derbent jangida Mehmet Chalabiy qoʻshinlari tomonidan oʻldirilgan.[[8]
Yoʻq
Mehmed Chelebiy Mehmed I miniature.jpg 1403-1406


1406-1413
1413-yil 5-iyul 10 yil 185 kun Yoʻq
  • U 1402-yil 20-iyulda Anqara jangida magʻlubiyatga uchragach, Anadolu yerlarining sharqiy qismini nazorat ostiga oldi.
  • 1405-yilda Ulubat jangida Iso Chalabiyni yengadi.
  • 1406-yilda Iso vafotidan keyin Anadoluda Usmonlilar imperiyasining yagona hukmdoriga aylandi.
  • 1413-yil 5-iyulda Muso vafot etgach, Usmonli sultoni Mehmed I unvonini oldi.
Akçe - Mehmed Çelebi in the name of Timur.png
Sultonlik tiklandi
5 Mehmed I Mehmed I miniature.jpg 1413-yil 5-iyul 1421-yil 26 May 7 yil, 325 kun Tughra of Mehmed I
  • Boyazid I va Devlet Xotunning oʻgʻli.[6]
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Yoʻq
Mustafo Chelebiy Yoʻq 1419-yil 1422-yil may 3 yil 120 kun Yoʻq Akçe - Mustafa Çelebi.png
6 Murod II Paolo Veronese (Nachfolger) - Sultan Murad II. - 2237 - Bavarian State Painting Collections.jpg 1421-yil 25-Iyun 1444-yil Avgust 23 yil 37 kun Tughra of Murad II
  • Mehmed I va Emine Xotunning oʻgʻli[6]
  • Oʻz xohishi bilan oʻgʻli Mehmed II foydasiga taxtdan voz kechdi.
Akçe of Murad II Obverse.JPGAkçe of Murad II Reverse.JPG
7 Mehmed II Gentile Bellini 003.jpg 1444-yil avgust 1446-yil sentabr 2 yil, 31 kun Tughra of Mehmed II
  • birinchi marta taxtga oʻtirishi
  • Murod II va Huma Xotunning oʻgʻli.[6]
  • Keyinroq qoʻzgʻolon natijasida otasiga taxtni topshirishga majbur boʻladi.
Akce - Mehmed II First reign.png
(6) Murod II Paolo Veronese (Nachfolger) - Sultan Murad II. - 2237 - Bavarian State Painting Collections.jpg 1446-yil sentabr 1451-yil 3-fevral 4 yil, 155 kun Tughra of Murad II
  • 2-marta taxtga chiqishi
  • yanicharlar qoʻzgʻoloni natijasida taxtga oʻtirishga majbur boʻladi[9]
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Yoʻq
Usmonli imperiyasining yuksalishi
(1453-1550)
(7) Mehmed II Gentile Bellini 003.jpg 1451-yil 3-fevral 1481-yil 3-May 30 yil, 89 kun Tughra of Mehmed II
  • 2-marta taxtga chiqishi
  • 1453-yilda Konstantinipolni fath etgan
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Coin of Mehmed II 1451, second reign.png
8 Boyazid II Beyazid II.jpg 1481-yil 19-May 1512-yil 25-April 30 yil, 342 kun Tughra of Boyazid II
  • Mehmed II va Gulbahar Xotunning oʻgʻli.[6]
  • 1512-yil 26-mayda Dimetoka yaqinida vafot etdi.
1692 osmanli 2 beyazid ankara 886.jpg
Jem Sulton Cem-in-italy.jpg 1481-yil 28-may 1481-yil 20-iyun 23 kun Tughra of Cem
  • Mehmed II ning oʻgʻli
  • Jem bin Mehmed Xon unvonini oldi.
  • Surgunda vafot etgan
Akçe - Cem Sultan.png
9 Selim I Nakkaş Selim.jpg 1512-yil 25 Aprel 1520-yil 21-Sentabr 8 yil 149 kun Tughra of Selim I
  • 1516-1517-yillarda mamluklarni bosib oldi.
  • Birinchi Usmonli xalifasi.
  • Boyazid II va Gulbahar Xotunning oʻgʻli.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Ottoman gold coin Sultan Selim I 1519 IMG 0503 A.JPG
10 Suleyman I EmperorSuleiman.jpg 1520-yil 30-sentabr 1566-yil 6-sentabr 45 yil, 341 kun Tughra of Suleiman I
  • Selim I va Hafsa Sultonning oʻgʻli.
  • 1566-yilda Sigetvar qamalida chodirida vafot etdi.[10]
Sultani of Suleiman I, 1520.jpg
Usmonli imperiyasining o'zgarishi
(1550-1700)
11 Selim II Portrait Of Sultan Selim II.jpg 1566-yil 29-sentabr 1574-yil 21-dekabr 8 yil, 83 kun Tughra of Selim II
  • Suleyman I va Hurram Sultonning oʻgʻli.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Ottoman gold coin Sultan Selim II 1566 IMG 0506 E.JPG
12 Murod III Sultan Murad III.jpeg 1574-yil 22-dekabr 1595-yil 16-Yanvar 20 yil, 25 kun Tughra of Murad III
  • Selim II va Nurbonu Sultonning oʻgʻli.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Sequin Murad III 1576.jpg
13 Mehmed III Sultan Mehmet III of the Ottoman Empire.jpg 1595-yil 16-yanvar 1603-yil 22-dekabr 8 yil, 340 kun Tughra of Mehmed III
  • Murad III va Safiye Sultonning oʻgʻli.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Coin of Mehmed III.png
14 Ahmed I Sultan I. Ahmet.jpg 1603-yil 22-dekabr 1617-yil 22-noyabr 13 yil, 335 kun Tughra of Ahmed I
  • Mehmed III va Handan Sultonning oʻgʻli.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Post-medieval coin, Uncertain denomination of Ahmed I (FindID 489958).jpg
15 Mustafo I I Mustafa (cropped).jpg 1617-yil 22-noyabr 1618-yil 26-fevral 96 kun Tughra of Mustafa I
  • Mehmed III va Halime Sultonning oʻgʻli.
  • Ruhiy xastaligi tufayli jiyani Usmon II foydasiga taxtdan voz kechgan.
Yoʻq
16 Usmon II Osman 2.jpg 1618-yil 26-fevral 1622-yil 19-may 4 yil, 82 kun Tughra of Osman II
  • Ahmed I va Mahfiruz Xotunning oʻgʻli
  • 1622-yil 19-mayda yanicharlar qoʻzgʻolonida taxtdan tushirilgan.
  • 1622-yil 20-mayda vazir Kara Dovud posho tomonidan oʻldirilgan.
Sultani - Osman II.jpg
(15) Mustafo I I Mustafa (cropped).jpg 1622-yil 20-may 1623-yil 10-sentabr 96 kun Tughra of Mustafa I
  • 2-marta taxtga chiqishi.
  • Jiyani Usmon II oʻldirilganidan keyin taxtga qaytdi.
  • Ruhiy salomatligi yomonligi sababli taxtdan tushirilgan va 1639-yil 20-yanvarda Istanbulda vafotigacha qamoqda boʻlgan..
Yoʻq
17 Murod IV Murad IV.jpg 1623-yil 10-sentabr 1640-yil 8-fevral 16 yil, 151 kun Tughra of Murad IV
  • Ahmed I va Koʻsem Sultonning oʻgʻli.
  • 1632-yilgacha Koʻsem Sulton regent sifatida taxtni boshqargan.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Yoʻq
18 Ibrohim Ibrahim I.jpg 1640-yil 9-fevral 1648-yil 8-avgust 8 yil, 181 kun Tughra of Ibrahim
  • Ahmed I va Koʻsem Sultonning oʻgʻli.
  • 1648-yil 8-avgustda Shayx ul-islom boshchiligidagi toʻntarish natijasida hokimiyatdan agʻdarilgan.
  • 1648-yil 18-avgustda Buyuk vazir Mavleviy Mehmed Poshoning (Sofu Mehmed Posho) buyrugʻi bilan Istanbulda boʻgʻib oʻldirilgan.
Yoʻq
19 Mehmed IV Sultan Mehmed IV (2).jpg 1648-yil 8-avgust 1687-yil 8-noyabr 39 yil, 92 kun Tughra of Mehmed IV
  • Ibrahim va Turhan Hatiche Sultonning oʻgʻli.
  • 1651-yilgacha koʻsem Sulton regent sifatida mamlakatni boshqargan.
  • 1651-yildan 1656-yilgacha onasi Turxon Sulton uning regent boʻlgan.
  • 1687-yil 8-noyabrda Usmonlilar Ikkinchi Mohach jangida magʻlubiyatga uchraganidan keyin agʻdarildi.
  • 1693-yil 6-yanvarda Edirnada vafot etgan.
Yoʻq
20 'Suleyman II Süleyman II.jpg 1687-yil 8-noyabr 1691-yil 22-iyun 3yil 226 kun Tughra of Suleiman II
  • Ibrahim va Ashub Sultonning oʻgʻli.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Kupfer Not-Akce 1099 H., Qustantiniya (Konstantinopel-Istanbul)-210-00912q00.jpg
21 Ahmed II Ahmet II.jpg 1691-yil 22-iyun 1695-yil 6-fevral 3 yil, 229 kun Tughra of Ahmed II
  • Ibrahim va Muazzez Sultonning oʻgʻli.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Yoʻq
22 Mustafo II II. Mustafa.jpg 1695-yil 6-fevral 1703-yil 22-august 8 yil, 197 kun Tughra of Mustafa II
  • Mehmed IV va Gulnush Sultonning oʻgʻli.
  • 1703-yil 22-avgustda Edirne voqeasi deb atalgan yanicharlar qoʻzgʻoloni tufayli taxtdan tushirildi.
  • 1704-yil 8-yanvarda Istanbulda vafot etdi.
Yoʻq
Usmonli imperiyasida turg'unlik davri
(1700-1827)
23 Ahmed III III. Ahmet.jpg 1703-yil 22-avgust 1730-yil 1-oktabr 27 yil, 40 kun Tughra of Ahmed III
  • Mehmed IV va Gulnush Sultonning oʻgʻli.
  • Patrona Halil boshchiligidagi yanicharlar qoʻzgʻoloni tufayli taxtdan tushirildi.
  • 1736-yil 1-iyulda Istanbulda vafot etdi.
Sultani of Ahmed III, 1703.jpg
24 Mahmud I Mahmud1.jpg 1730-yil 2-oktabr 1754-yil 13-dekabr 24 yil, 72 kun Tughra of Mahmud I
  • Mustafa II va[[Saliha Sultonning oʻgʻli
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Sequin of Mahmud I.jpg
25 Usmon III OsmanIII.jpg 1754-yil 13-dekabr 1757-yil 30-oktabr 2 yil 321 kun Tughra of Osman III
  • Mustafa II va Shehsuvar Sultanning oʻgʻli.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
Turchia, osman III, moneta d'oro, 1754-1757.JPG
26 Mustafo III Mustafa3.jpg 1757-yil 30-oktabr 1774-yil 21-yanvar 16 yil, 83 kun Tughra of Mustafa III
  • Ahmed III va Mehrishoh xotunning oʻgʻli
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
1 Piastre 1183 Mustafa III (obv)-8477.jpg1 Piastre 1183 Mustafa III (rev)-8478.jpg
27 Abdulhamid I Portrait of Abdülhamid I of the Ottoman Empire.jpg 1774-yil 21-yanvar 1789-yil 7-aprel 15 yil, 76 kun Tughra of Abdul Hamid I
  • Ahmed III va Shermi xotunning oʻgʻli.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
M64 10para Constantinople KM383 1ar85 (8645875592).jpg
28 Selim III Joseph Warnia-Zarzecki - Sultan Selim III - Google Art Project.jpg 1789-yil 7-april 1807-yil 29-may 18 yil, 52 kun Tughra of Selim III
  • Mustafo III va Mehrishoh Sultonning oʻgʻli.
  • Kabakchi Mustafo boshchiligidagi yangicha islohotga qarshi qoʻzgʻolon natijasida agʻdarilgan.
  • Usmonli sultoni Mustafo IV buyrugʻi bilan 1808-yil 28-iyulda Istanbulda oʻldirilgan.
Rial Tunisien - Selim III - 1215 AH - 1800 AD.jpg
29 Mustafo IV IV. Mustafa.jpg 1807-yil 29-may 1808-yil 28-iyul 1 yil, 60 kun Tughra of Mustafa IV
  • Abdulhamid I va Sineperver Sultonning oʻgʻli
  • Alemdar Mustafo posho boshchiligidagi qoʻzgʻolonda agʻdarildi.
  • Usmonlilar sultoni Mahmud II buyrugʻi bilan 1808-yil 17-noyabrda Istanbulda qatl etilgan.
Yoʻq
Usmonli imperiyasi modernizatsiya davrida
(1827-1908)
30 Mahmud II Mahmud II.jpg 1808-yil 28-iyul 1839-yil 1-iyul 30 yil, 338 kun Tughra of Mahmud II
  • Abdulhamid I va Nakshidil Sultonning oʻgʻli.
  • 1826-yilda sodir boʻlgan xayrli voqea tufayli yangichalar tarqatib yuborilgan.
*Vafotiga qadar taxtda o’tirgan.
TURKEY, SULTAN MAHMUD II 1818 -2 RUMI GOLD b - Flickr - woody1778a.jpgTURKEY, SULTAN MAHMUD II 1818 -2 RUMI GOLD a - Flickr - woody1778a.jpg
31 Abdulmejid I Sultan Abdülmecid - Google Art Project.jpg 1839-yil 1-iyul 1861-yil 25-iyun 21 yil, 359 kun Tughra of Abdulmejid I
  • Mahmud II va Bezmialem Sultonning oʻgʻli.
  • 1839-yil 3-noyabrda islohotchi Buyuk vazir Mustafo Rashid Poshoning buyrugʻi bilan Tanzimat islohotlar va qayta qurish davrini boshlagan Gulhane (Tanzimat Fermani)ning Hatt-i Sharifni (sulton farmoni) eʼlon qildi.
  • 1856-yil 18-fevralda Islohat Hatt-i Humoyun (Islohat Fermani) qabul qilingan.
  • Vafotiga qadar taxtda oʻtirgan.
20 Piastres 1270 Abdülmecid I (obv)-8467.jpg20 Piastres 1270 Abdülmecid I (rev)-8468.jpg
32 Abdulaziz 4f3bdb2b3891715176c6580e6ab6cb4b--ottoman-empire-sultan.jpg 1861-yil 25-iyun 1876-yil 30-may 14 yil, 340 kun Tughra of Abdulaziz
  • Mahmud II va Pertevniyal Sultonning oʻgʻli.
  • Vazirlari tomonidan taxtdan tushirilgan.
  • Besh kundan keyin oʻlik (oʻz joniga qasd qilish yoki qotillik) topildi.
10 Para 1280 Abdülaziz (obv)-8470.jpg10 Para 1280 Abdülaziz (rev)-8471.jpg
33 Murod V Portrait of Murad V.jpg 1876-yil 30-may 1876-yil 31-avgust 93 kun Tughra of Murad V
  • Abdulmejid I va Shevkefza Kadınning oʻgʻli.
  • Ruhiy sogʻligʻi yomonlashgani uchun taxtdan tushirilgan.
  • 1904-yil 29-avgustda vafot etgan. Chiragan saroyida yashashga buyurilgan.
Yoʻq
34 Abdulhamid II Sultan Abdulhamid.jpg 1876-yil 31-avgust 1909-yil 27-aprel 32 yil, 239 kun Tughra of Abdul Hamid II
  • Abdulmejid I va Tirimujgon xotunning oʻgʻli (keyinchalik Perestu xotunning asrab olgan oʻgʻli boʻldi).
  • 1876-yil 23-noyabrda Birinchi Konstitutsiyaviy boshqaruvga noilojlik bilan ruxsat berdi va keyin uni toʻxtatib, 1878-yil 13-fevralda shaxsiy boshqaruvga qaytdi.
  • 1908-yil 3-iyulda Ikkinchi Konstitutsiyaviy boshqaruvni tiklashga majbur boʻldi.
  • 31 mart voqeasidan keyin (1909-yil 13-aprelda) taxtdan tushirildi.
  • Beylerbeyi saroyida 1918-yil 10-fevralda vafot etgan.
1293 Ottoman 2 piatres.jpg
35 Mehmed V Sultan Mehmed V of the Ottoman Empire cropped.jpg 1909-yil 27-aprel 1918-yil 3-iyul 9 yil, 67 kun Tughra of Mehmed V
  • Abdulmejid I va Guljamal xotunning oʻgʻli.
  • Mehmed Talat, Ismoil Enver va Ahmad Jamol Poshsholarning boshqaruvi ostida hukmronlik qildi.
Lira of Mehmed V, 1911.jpg
36 Mehmed VI Sultan Mehmed VI of the Ottoman Empire.jpg 1918-yil 4-iyul 1922-yil 1-noyabr 4 yil, 120 kun Tughra of Mehmed VI
  • Abdulmejid I va Gulusti Xonimning oʻgʻli.
  • Sultonlik tugatildi.
  • 1922-yil 17-noyabrda Istanbulni tark etdi.
  • 1926-yil 16-mayda Italiyaning Sanremo shahrida surgunda vafot etgan..
36-1336-01-500K-kost-au.jpg
Usmonli davlati Respublika davrida
(1 Noyabr 1922 — 3 March 1924)
Abdulmejid II Portrait Caliph Abdulmecid II.jpg 1922-yil 18-noyabr 1924-yil 3-mart 1 yil, 106 kun
[c]
  • Abdulaziz va Hayranidil ayolning oʻgʻli.
  • Xalifalik bekor qilingandan keyin surgun qilingan.
  • 1944-yil 23-avgustda Fransiyaning Parij shahrida vafot etgan[11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://archive.org/details/latinsinlevanthi00mill/
  2. https://books.google.co.uz/books?id=B1cMtKQP3P8C&redir_esc=y
  3. https://books.google.co.uz/books?id=1MYRAAAAYAAJ&redir_esc=y
  4. 4,0 4,1 Finkel 2007, p. 555.
  5. Kafadar 1995, pp. 60, 122.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 6,7 Lowry 2003, p. 153.
  7. 7,0 7,1 Jorga 2009, p. 314.
  8. 8,0 8,1 von Hammer, pp. 58-60.
  9. Kafadar 1995, p. xix
  10. Ágoston, Gábor „Süleyman I“,. Encyclopedia of the Ottoman Empire, 2009.. 
  11. #Asi92|Aşiroğlu 1992, p. 13

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]