Murod I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Murod I
Usmonlilar imperiyasi podshohi
Hukmronligining boshlanishi: Mart 1362
Hukmronligining tugashi: 14 Iyun 1389
Oʻtmishdosh: Oʻrxon I
Voris:Boyazid I Yildirim
Tugʻilgan sanasi: 29-iyun 1326-yil
Tugʻilgan joyi:Amasiya, Usmonlilar imperiyasi
Vafot sanasi:12-avgust 1389-yil(1389-08-12)
(63 yoshda)
Vafot joyi:Prishtina, Kosovo[1]

Murod I Xudovandigor (1326—1389) — Usmonlilar imperiyasining 3-sultoni (1362-1389)[2][3].

Usmonlilar sulolasiga mansub Turkiya sultoni (1362—1389). Sulton Oʻrxon Gʻoziyning oʻgʻli. Taxt tepasiga kelgan Murod I birodarlari Ibrohim va Xalillarni qatl etgach, Kichik Osiyoning sharqiy va janubiy xududlarini oʻz tasarrufiga kiritadi. Tez orada mamlakatning ilgari qoʻldan chiqqan gʻarbiy yerlarini qaytarib oladi. 1362-yil bolgarlarning Filippopol (Plovdiv) shahrini zabt etadi. Oradan 2 yil oʻtgach, bolgar shohi Shishman usmoniylar sultoniga xiroj toʻlovchiga aylanadi. Murod I 1370-yillarda poytaxtni Edirne (Adrianopol)ga koʻchiradi. Murod I 1376-yil Vizantiya tasarrufiga oʻtgan Gallipoli yarim orolini qaytarib oladi; 1370—1380-yillarda Bolkrndagi barcha yerlarni bosib oladi. 1389-yilning iyunida Murod I ulkan armiyasi bilan serb yerlariga kiradi. Kosovo maydonida knyaz Lazar boshlik, serb kuchlari bilan toʻqnashadi (1389-yil 15-iyun). M.I qaror-gohiga Lazar armiyasi haqida maʼlumot bermoqchi boʻlgan serb-krchoq Miloshni olib kelishadi, u tusatdan Murod I ning yuragiga xanjar sanchadi. Biroq, Murod I ning qoʻshini jangda gʻalaba qozonadi. Asirga olingan Lazar jon berayotgan Murod I koʻz oʻngida qatl qilinadi. Murod I ning toʻngʻich farzandi Boyazid I Yildirim sultonlik shohsupasiga oʻtiradi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Murad I". Encyclopædia Britannica Inc., 2014. Web. 19-Dec. 2014-yil.
  2. Imber, Colin. The Ottoman Empire, 1300-1650: The Structure of Power, 2, Palgrave Macmillan, 2009. ISBN 978-0-230-57451-9. 
  3. Harris, Jonathan, The End of Byzantium. New Haven and London: Yale University Press, 2010. ISBN 978-0-300-11786-8
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil