Usmat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Usmat
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Jizzax viloyati
Tuman Baxmal tumani
Koordinatalari 39°44′34″N 67°38′36″E / 39.74278°N 67.64333°E / 39.74278; 67.64333Koordinatalari: 39°44′34″N 67°38′36″E / 39.74278°N 67.64333°E / 39.74278; 67.64333
Aholisi 10 500 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Usmat (Oʻzbekiston)
Usmat

Usmat — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi shaharcha (1994 yildan), tuman markazi. Viloyat markazi (Jizzax) dan 70 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Gʻallaorol (45 km). Aholisi 10,5 ming kishi (2004).

Abu Saʼd Abdulkarim Samʼoniyning "Kitob alansob" ("Nisbalar kitobi") asarida (12-asr) U.ning nomi "Usmand" shaklida berilgan. U.dan fiqhshunos Abul Fath Muhammad ibn Abdulhamid alUsmandiy asSamarqandiy (12-asr), Abdullo Usmatiy ibn Muhammad Yusuf Xalifa ("SharhalIlyos" asarini yozgan) yetishib chiqqan.

U.da "Nurli quyosh" agroxizmat markazi, 3 umumiy taʼlim maktabi, 2 kasbhunar kolleji, iqtidorli bolalar litsey internati, avtokorxona, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasi, dehqon bozori, sport majmuasi, "Motamsaro ona"Xotira xiyoboni, madaniyat uylari, markaziy kutubxona mavjud. Markaziy kasalxona, dorixona, qishloq vrachlik punkti, 20 savdo doʻkoni, 15 umumiy ovqatlanish korxonasi, 10 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, 5 tegirmon faoliyat koʻrsatadi.