Uchqoʻrgʻon (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Uchqoʻrgʻon
shahar
41°07′17″N 72°05′37″E / 41.12139°N 72.09361°E / 41.12139; 72.09361Koordinatalari: 41°07′17″N 72°05′37″E / 41.12139°N 72.09361°E / 41.12139; 72.09361
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Namangan viloyati
tuman Uchqoʻrgʻon tumani
Aholisi
 (2004)
33,300
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritani koʻrsatish/yashirish
Uchqoʻrgʻon на карте
Red pog.png

UchqoʻrgʻonNamangan viloyati Uchqoʻryun tumanidagi shahar, tuman markazi. Viloyatning shim.sharqida, Norin daryosi (Sirdaryo havzasi)ning chap sohilida. QoʻqonAndijonToshkoʻmir yoʻnalishidagi temir yoʻl chorrahasi. Namangandan 42 km shim.sharqda. Aholisi 33,3 ming kishi (2004). U.da "Uchqoʻrgʻonyogʻ", "Uchqoʻrgʻon don mahsulotlari", "Uchqoʻrgʻonnon", "Uchqoʻrgʻon—Tekstil" korxonalari, paxta tozalash, asfalt zavodlari, bir necha qurilish tashkilotlari, avtokorxona va boshqa korxonalar bor.

Umumiy taʼlim maktablari, gimnaziya, litsey, 2 kasbhunar kolleji, madaniyat saroyi va madaniyat uylari, musika maktabi, markaziy kutubxona va uning shoxobchalari ishlab turibdi. Sport sogʻlomlashtirish majmuasi, stadion va boshqa sport inshootlari aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, shahar vrachlik punkti, tez tibbiy yordam koʻrsatish boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. U.dan Namanganga avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.