Germaniya ustidan gʻalaba qozonilishi sharafiga va Qizil Armiya tarkibidagilar va qatoridagi shaxslar ,NKVD qoʻshinlari va partizan otryadlari qoʻshinlarda xizmat qilgan shaxslar uchun taʼsis etilgan.
mukofotlanish asosi:
ushbu orden bilan oliy komanda tarkibida bir yoki bir necha frontlarning jang operatsiyalarida muvaffaqiyatli ishtirok etganlar, Sovet Armiyasida chindillik bilan xizmat qilganlik natijasi sifatida mukofotlanilgan.
Gʻalaba ordeni — (ruscha: Орден «Победа») SSSRning yuqori hukumat prezidiumi koʻrsatmasi tomonidan 8-noyabr1943-yilda taʼsis etilgan.Bu orden boshqa davlat ordenlari sarasida eng oliy nishonlardan biri sanaladi. Gʻalaba ordeni bilan oliy komanda tarkibida bir yoki bir necha frontlarning jang operatsiyalarida muvaffaqiyatli ishtirok etganlar, Sovet Armiyasida chindillik bilan xizmat qilganlik natijasi sifatida mukofotlanilgan. Ushbu orden koʻkragning 12-14 sm. Balandroq qismiga taqiladi.
1943-yil Ulugʻ vatan urushi davrida Sovet hukumatida jang davrida jon fido qilgan insonlar uchun va yahshi qoʻmondonlarni aniqlab oliy mukofot taʼsis etilib va ularni taqdirlash imkonini beradi. Bunda sovet hukumati talabiga javob beraoladigan obroʻli orden taʼsis qilinish borasida darhol bir necha musavvir va medal yaratish borasidagi mutahasislar jal qilingan[1]. Ushbu orden yaratuvchilari avvaliga „Vatanni ishonchliligi uchun“ degan atama berilgan.
1943-yiliSovet Ittifoqining koʻzga koʻringan jangchi polkovniklaridan biri N.S.Neelov ordenni bosh qoʻmondonlikga havola qiladi lekin bosh qoʻmondonlik ushbu orden bezagi yaratilishi borasidagi ishlarni yana davom ettirilishini tavsiya qilishadi. Bir necha hulosalardan soʻng orden chizmalarini chizib berish Vatan urushi ordenining muallifi Bosh intendant boshqarmasi qoʻmitasining bosh rassomiglavnogo A. I. Kuznetsov maʼsul etib tayinlanadi. Yaratilish ishlaridan soʻng orden avvaliga 1943-yilning25-oktabridaIosif Stalinga namoyish qilinadi. Ordenga medalyon atrofida besh yulduz qirralari oʻrtadan kesib oʻtgan boʻlib, oʻrtadagi asosiy joyga Lenin hamda Stalin bir birining koʻkraklari tegilgan holda tasvirlangan edi. Stalin bu ordening oʻrtasidagi oʻzining surʼati oʻrniga Kremlning Spass minorasi tasvirni tushirishini istagan va shunga amr qilingan. 29-oktabrda Kuznesov Stalinni oldiga bir necha chizmalar va orden atamlarini taqdim qiladi, bularning ichidan Stalin „Gʻalaba“ atamasini tanlaydi. Bulardan tashqari rassom ordenning tashqi koʻrinishiga turli hil Kremlning Spass minorasidan keyin uning devorlarini, rangini koʻk rangiga oʻzgartiradi va Kreml ustida joʻsh urib turgan nurlarni hajmlarini qoʻshimcha qiladi. Va 5 noyabrda platina, brilliant, mis qorishmalaridan tayyorlangan ushbu orden ishlarini shu kunda mutahasislar tomonidan tugatiladi. Hammasi boʻlib 15 ortiq orden koʻrinishlarini Kuznesov hukumatga namoyish qiladi. Bu noyob orden ustida ishlash uchun va qimatbaho metallardan tayyorlangan orden tez orada yahshigina koʻrikdan oʻtib Moskva qimmatbaho soatlar ishlab chiqarish fabrikasiga buyurtma sifatida ishlab chiqarilishiga farmon beriladi."Gʻalaba" ordeni Sovet Ittifoqining vatan sharafiga taʼsis etilgan ordenlari orasida oʻzining qimmatbaholiligi va tanga yoki pul qiymati bilan taqqoslab boʻlmas darajasi bilan yagonalik sharafiga muyassar boʻlgan. Mutahasislarning hisob kitblariga koʻra har bir ordenning tayyorlanishi uchun 180 gramm brilliantlar, 50 gullangan va 300 gramm platinalar talab qilingan. Bu orden keng koʻlamda ishlab chiqarilishi borasida Qimmatbaho savdo ishlari boʻyicha Sovet Ittifoqi mahkamasi tomonidan 5400 brilliantlar, 1500 gullangan va 9 kilogramm sof platinalar joriy etilgan.