Norin (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Norin daryosidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Norin daryosi
Нарын дарыясы
Norin daryosining Norin shahri yaqinidagi tasviri
Norin daryosining Norin shahri yaqinidagi tasviri
Tavsif
Uzunligi 807 km
Suv sarfi 429 m³/s
Suv oqimi
Boshlanishi
 · Boshlanish joyi Norin tumani, Qirgʻiziston
Joylashuvi
Davlat Qirgʻiziston, Oʻzbekiston
Vikiomborda "Norin daryosi" nomli sahifa mavjud


NorinOʻzbekiston va Qirgʻizistondagi daryo. Markaziy Tyanshandan boshlanadi. Uz. 807 km, havzasining maydoni 59,9 ming km². Daryo Norin shahridan 44 km sharkda Katta Norin va Kichik Norin daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Norin shahridan 21 km oqib oʻtgach, unga oʻng tomondan Oʻnarcha daryosi, soʻngra Soʻnkoʻldan chiqib keladigan Koʻkjerti daryosi quyiladi. Shundan soʻng , eng yirik chap irmoqlaridan Otboshi daryosi, undan nariroqsa Olabugʻa daryosi kelib quyiladi. Toʻgʻuztoʻroʻ soyligiga oqib chiqqach, N. da-ryosiga chap tomondan ancha yirik Koʻkiy-rim daryosi, 32 km oqib borgach, Koʻkoʻme-ren daryosi qoʻshiladi. Uzunaxmat va Qo-rasuv daryolari qoʻshilgach, daryo Fargona vodiysiga chiqadi. Shu yerdan boshlab uning suvi qisman sugʻorishga olinadi. Namangan shahri yaqinidagi Baliqchi qishlogʻi yonida N. Qoradaryo bilan qoʻshilib Sirdaryoni hosil qiladi. N. yuqori oqimida keng vodiyda, Axala daryosining quyilish joyiga qadar chuqur va tor vodiyda juda tez oqadi. Norin shahridan boshlab daryo vodiysida ikki yoqlama qayir hosil boʻlgan. Uzunaxmat daryosi quyilish joyiga yaqin daryo vodiysi tobora tora-yib, qoyali daraga aylanadi va Uchqoʻr-gʻon shahridan oʻtgach, kengayib, konussimon yoyilmadan oka boshlaydi. N.ning oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi (Norin shahri yaqinida) 87,5 m³/sek, oʻrtacha oqim moduli 8,24 m³/sek. Daryosining eng katta maksimal suv sarfi 1936 yil 20 mayda 772 m³/sek, minimal oʻrtacha oylik suv sarfi 10,2 m³/sek. (1938 yil yanvar) boʻlgan. N. qor-muzlik suvlaridan toʻyinadi. Katta Fargona, Katta Andijon, Shim. Fargʻona, Katta Namangan kanallari shu daryodan suv oladi. N. juda katta energiya zaxiralariga ega. Daryoda Uch-qoʻrgon GES, Toʻqtaqul GES qurilgan. N. boʻyida Norin, Toshkoʻmir, Uchqoʻr-gʻon shaharlari joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil