„Jasurlik uchun“ medali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Jasurlik uchun“ medali (Медаль «За отвагу»)
Mamlakat SSSR
Turi medal
Statistika
Taʼsis sanasi 17.10.1938
Birinchi taqdirlash 19.10.1939
Mukofotlash soni 4 569 893

"Jasurlik uchun" medali — Vatan himoyasi va harbiy burchni bajarishda koʻrsatilgan Jasurlik uchun SSSRning davlat mukofoti.

Medal tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Jasurlik uchun" medali SSSR Qurolli Kuchlari Prezidiumining 17-oktabr 1938-yildagi „Jasurlik uchun“ medalini taʼsis etish toʻgʻrisidagi farmoni bilan taʼsis etilgan. Medal toʻgʻrisidagi Nizomda shunday deyilgan: „Jasurlik uchun“ medali sosialistik Vatanni himoya qilish va harbiy burchni bajarishda koʻrsatilgan jasoratni taqdirlash uchun taʼsis etilgan. „Jasurlik uchun“ medali Qizil Armiya, Harbiy-dengiz floti, chegara va ichki qoʻshinlari harbiy xizmatchilari va SSSRning boshqa fuqarolariga beriladi. „Jasurlik uchun“ medali — SSSR mukofotlari tizimidagi eng oliy medal.

1938-yil 19-oktabrdagi birinchi farmon[1] bilan 62 nafar harbiy xizmatchi „Jasurlik uchun“ medali bilan taqdirlandi. Birinchi farmon (1938-yil 22-oktabr) ushbu medal bilan Hasan koʻli yaqinida bir guruh diversantlarni qoʻlga olgan Qizil Armiya chegarachilari N.E.Gulyayev va B.F.Gulyayevni taqdirladi. Jangovar topshiriqlarni namunali bajarganliklari, Xasan koʻli hududini himoya qilishda koʻrsatgan jasorati uchun 1938-yil 25-oktabrdagi Farmoni bilan 1326 nafar harbiy xizmatchilar, qoʻmondonlik xodimlarining oila aʼzolari, kasalxona xodimlari va savdo floti taqdirlandilar. Ulugʻ Vatan urushi boshlanishidan oldin SSSR davlat chegaralarini himoya qilishda va Sovet-Finlandiya urushida Jasurlik uchun 26 mingga yaqin harbiy xizmatchilar medal bilan taqdirlangan[2].

Ulugʻ Vatan urushi davrida 1941-yildan 1945-yilgacha boʻlgan davrda 4 milliondan ortiq mukofotlar berildi.

Ulugʻ Vatan urushi yillarida Qizil Armiya askarlarining bir qismi toʻrtta, beshta va hatto oltita (S.V. Gresov) „Jasurlik uchun“ medallari bilan taqdirlangan.

„Jasurlik uchun“ medali yaratilganidan buyon front askarlari orasida alohida hurmat va qadriyatga ega boʻldi.

Umuman olganda, „Jasurlik uchun“ medali 4,6 millionga yaqin kishiga topshirildi.

Medal tavsiri[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Jasurlik uchun" medali kumush rangda, diametri 37 mm boʻlgan doira shaklida, har ikki tomonida qavariq chetlari bor. Medalning old tomonining yuqori qismida uchta uchuvchi samolyot tasvirlangan. Samolyotlar ostida ikki qatorda „Za otvagu“ yozuvi bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR „O nagrajdenii komandnogo, nachalstvuyuщego sostava, krasnoarmeysev Raboche-Krestyanskoy Krasnoy Armii i voysk NKVD“
  2. Lebedev V. Nagradi zovut na podvig. // Военно-исторический журнал. — 1978. — № 10. — S.122-123.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Volodin A. N., Merlay N. M. Medali SSSR. — SPb.: Pechatniy dvor, 1997. — S. 29—32. — 301 s. — 3000 ekz. — ISBN 5-7062-0111-0.
  • Колесников Г. А., Рожков А. М.. Ордена и медали СССР. Мн.: Народная асвета, 1986 — 58—59 bet.