Kontent qismiga oʻtish

UEFA chempionlar ligasi 2020–2021-yilgi mavsum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2020–2021-yil UEFA Chempionlar ligasi

Estádio do Dragão, Portu
Umumiy maʼlumotlar
Sana Saralash bahsi:
2020-yil 8-avgustdan – 2020-yil 30-sentabrgacha
Asosiy o'yinlar:
2020-yil 20-oktabrda – 2021-yil 21-maygacha
Jamoalar Jamoalar soni: 32
Umumiy: 79 (54 ta assotsiatsiyadan)
Yakuniy natijalar
Chempionlar Angliya Chelsea
2-oʻrin Angliya Manchester City
Statistika
Oʻyinlar soni 125
Gollar soni 366 (har oʻyinda oʻrtacha 2.93 ta)
Muxlislar soni 180 049 (har oʻyinda oʻrtacha 1 440 ta)
Toʻpurar(lar) Erling Haaland (Borussia Dortmund)
10 ta gol
Eng yaxshi oʻyinchi

UEFA Chempionlar ligasining 2020–2021-yilgi turniri Yevrokuboklarning 66-turniri b oʻldi. Chempionlar ligasi nomi ostidagi 29-turnir boʻlib tarixga kirdi.

Portugaliyaning Portu shahridagi Estádio do Dragao stadionida oʻtkazilgan finalda Chelsea jamoasi Manchester Citini 1:0 hisobida magʻlub etib, ikkinchi marta Yevropa kubogi gʻolibi boʻldi. Turkiyaning Istanbul shahridagi Otaturk olimpiya stadioni dastlab 2020-yilgi UEFA Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qilish uchun nomzod koʻrilgan edi. Ammo, Yevropadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli u Lissabondagi Estádio da Luz stadioniga koʻchirildi[5]. Istanbul yana 2021-yilgi chempionat finalini ham oʻzida qabul qilish uchun xat yubordi. Turkiya Buyuk Britaniyaning sayyohlari uchun qizil roʻyxatiga kiritilgandi. Natijada Estádio do Dragaoga koʻchirildi[6].

2020–21-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi sifatida Chelsea UEFA Superkubogi-2021 uchun 2020–21-yilgi UEFA Yevropa Ligasi gʻolibi Villarreal ga qarshi oʻynadi. Oʻyin 2021-yilgi futbol boʻyicha klublar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanma ham berar edi.

2020–21-yilgi mavsumda UEFA musobaqalarida safardagi gol qoidasi qoʻllanilgan oxirgi mavsum boʻldi[7].

Assotsiatsiya jamoasi ajratilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020–21-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida 55 ta UEFA aʼzosi assotsiatsiyadan 54 tasi ishtirok etdi. Shu assotsiatsiyalardan 79 ta jamoa ishtirok etadi (ichki ligani tashkil qilmaydigan Lixtenshteyn bundan mustasno). UEFA mamlakat reytingiga asoslanib ishtirok etuvchi jamoalar sonini tuzib chiqdi[8].

  • 1–4-oʻrindagi assotsiatsiyalarning har birida toʻrtta jamoa saralash huquqiga ega.
  • 5–6-oʻrindagi assotsiatsiyalarning har birida uchta jamoa saralash huquqiga ega.
  • 7–15-oʻrindagi assotsiatsiyalarning har birida ikkitadan jamoa saralash huquqiga ega.
  • 16–55-oʻrindagi assotsiatsiyalar (Lixtenshteyndan tashqari) har birida bittadan jamoa saralash huquqiga ega.
  • 2019–20-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi hamda 2019-20-yilgi UEFA Yevropa Ligasi gʻoliblari guruh bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oldilar. Agar ular oʻzlarining ichki ligalari orqali ham 2020–21-yilgi UEFA Chempionlar Ligasiga yoʻllanma olsalar, oʻsha assotsatsiyaga qoʻshimcha kirish huquqi berilar edi.

Assotsiatsiyalar reytingi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-21-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi uchun assotsiatsiyalar oʻzlarining 2019-yilgi UEFA mamlakat koeffitsientlariga koʻra oʻrinlarni ajratadilar. Bunda ularning 2014–15-yildan 2018–19-yilgacha boʻlgan Yevropa musobaqalaridagi koʻrsatkichlari hisobga olinadi[9].

2020-21-yilgi UEFA chempionlar ligasi uchun assotsiatsiya reytingi
Mamlakat Kof. Kvota
1  Ispaniya 103.569 4
2  Angliya 85.462
3  Italiya 74.725
4  Germaniya 71.927
5  Fransiya 58.498 3
6  Rossiya 50.549
7  Portugaliya 48.232 2
8  Belgiya 39.900
9  Ukraina 38.900
10  Turkiya 34.600
11  Niderlandiya 32.433
12  Avstriya 31.250
13  Chexiya 28.675
14  Yunoniston 27.600
15  Xorvatiya 27.375
16  Daniya 27.025 1
17   Shveysariya 26.900
18  Kipr Respublikasi 24.925
19  Serbiya 22.250
Mamlakat Kof. Kvota
20  Shotlandiya 22.125 1
21  Belarus 21.875
22  Shvetsiya 20.900
23  Norvegiya 20.200
24  Qozogʻiston 19.250
25  Polsha 19.250
26  Ozarbayjon 19.000
27  Isroil 18.625
28  Bolgariya 17.500
29  Ruminiya 15.950
30  Slovakiya 15.625
31  Sloveniya 15.000
32  Lixtenshteyn 13.500 0
33  Vengriya 10.500 1
34  Shimoliy Makedoniya 8.000
35  Moldova 7.750
36  Albaniya 7.500
37  [[|Ireland]] 7.450
38  Finlandiya 7.275
Mamlakat Kof. Kvota
39  Islandiya 7.250 1
40  Bosniya va Gersegovina 7.125
41  Litva 6.750
42  Latviya 5.625
43  Lyuksemburg 5.500
44  Armaniston 5.250
45  Malta 5.125
46  Estoniya 5.000
47  Gruziya 4.750
48  Uels 4.125
49  Chernogoriya 4.125
50  Farer orollari 4.000
51  Gibraltar 4.000
52  Shimoliy Irlandiya 3.875
53  Kosovo 2.500
54  Andorra 1.831
55  San Marino 0.666

2020-yil aprel oyida UEFA Evropada COVID-19 pandemiyasi tufayli turnirga boshlanish muddati kechiktirilganligini eʼlon qildi[10]. UEFA barcha aʼzo uyushmalarga Yevropa musobaqalariga loyihalashtirish uchun mahalliy ligani muddatidan oldin tugatmasdan toʻliq tugatish kerakligini maʼlum qildi[11][12][13]. UEFA 2020-yil 23-aprel kuni oʻtgan UEFA ijroiya qoʻmitasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishga koʻra assotsatsiya vakillari chempionatlarini muddatidan oldin yakunlagan taqdirda 2019-20-yilgi UEFA reytingiga koʻra jamoalar saralanishi aytib oʻtildi[14][15]. Barcha liga vakillari UEFAga 2020-yil 25-mayga qadar belgilangan kvota asosida jamoalarni saralab berishi kerak edi. Pandemiya sababli natijalar ham kechiktirildi[16].

  • CHL: Chempionlar ligasi chempionlari
  • YL: Yevropa ligasi chempionlari
  • 1, 2, 3, 4 va boshqalar: Oʻtgan mavsumdagi Liga oʻrinlari
  • Abd-: Milliy assotsiatsiya tomonidan aniqlangan Yevropada COVID-19 pandemiyasi sababli tark etilgan mavsumdagi liga pozitsiyalari[17].
2020–2021-yilgi mavsum Chempionlar ligasi ishtirokchilari
Guruh Jamoalar
1 - guruh Germaniya Bayern Munich (1)CHL Angliya Manchester United (3) Germaniya RB Leipzig (3) Portugaliya Porto (1)
Ispaniya Sevilla (4)YL Angliya Chelsea (4) Germaniya Borussia Mönchengladbach (4) Belgiya Club Brugge (1)
Ispaniya Real Madrid (1) Italiya Juventus (1) Fransiya Paris Saint-Germain (1) Ukraina Shakhtar Donetsk (1)
Ispaniya Barcelona (2) Italiya Inter Milan (2) Fransiya Marseille (2) Turkiya İstanbul Başakşehir (1)
Ispaniya Atlético Madrid (3) Italiya Atalanta (3) Fransiya Rennes (3) Niderlandiya Ajax (1)
Angliya Liverpool (1) Italiya Lazio (4) Rossiya Zenit Saint Petersburg (1)
Angliya Manchester City (2) Germaniya Borussia Dortmund (2) Rossiya Lokomotiv Moscow (2)
2 - guruh CH Avstriya Red Bull Salzburg (1) Chexiya Slavia Prague (1) Gretsiya Olympiacos (1)
LP Rossiya Krasnodar (3)
3 - guruh LP Portugaliya Benfica (2) Belgiya Gent (1) Ukraina Dynamo Kyiv (2)
4 - guruh CH Xorvatiya Dinamo Zagreb (1) Daniya Midtjylland (1) Shveysariya Young Boys (1)
LP Turkiya Beşiktaş (3) Avstriya Rapid Wien (2) Gretsiya PAOK (2)
Niderlandiya AZ (2) Chexiya Viktoria Plzeň (2) Xorvatiya Lokomotiva (2)
5 - guruh Kipr Omonia (1) Isroil Maccabi Tel Aviv (1) Ireland Dundalk (1) Estoniya Flora (1)
Serbiya Red Star Belgrade (1) Bolgariya Ludogorets Razgrad (1) Finlandiya KuPS (1) Gruziya Dinamo Tbilisi (1)
Shotlandiya Celtic (1) Ruminiya CFR Cluj (1) Islandiya KR (1) Uels Connah’s Quay Nomads (1)
Belarus Dynamo Brest (1) Slovakiya Slovan Bratislava (1) Bosniya va Gersegovina Sarajevo (1) Chernogoriya Budućnost Podgorica (1)
Shvetsiya Djurgårdens IF (1) Sloveniya Celje (1) Litva Sūduva (1) Farer orollari(1)
Vengriya Ferencváros (1) Latviya Riga (1) Gibraltar Europa (1)
Qozogʻiston Astana (1) Shimoliy Makedoniya Sileks (1)
Moldova Sheriff Tiraspol (1) Armaniston Ararat-Armenia (1)
Ozarbayjon Qarabağ (1) Albaniya Tirana (1st) Malta Floriana (1)
6 - guruh Shimoliy Irlandiya Linfield (1) Kosovo Drita (1) Andorra Inter Club d’Escaldes (1) San Marino Tre Fiori (1)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Champions League Goalkeeper of the Season: Edouard Mendy“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2021-yil 26-avgust). Qaraldi: 2021-yil 26-avgust.
  2. „Champions League Defender of the Season: Rúben Dias“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2021-yil 26-avgust). Qaraldi: 2021-yil 26-avgust.
  3. „Champions League Midfielder of the Season: N'Golo Kanté“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2021-yil 26-avgust). Qaraldi: 2021-yil 26-avgust.
  4. „Champions League Forward of the Season: Erling Haaland“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2021-yil 26-avgust). Qaraldi: 2021-yil 26-avgust.
  5. „UEFA competitions to resume in August“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2020-yil 17-iyun). Qaraldi: 2020-yil 17-iyun.
  6. „UEFA Champions League final to move to Portugal to allow 6,000 fans of each team to attend“ (en). UEFA.com. Union of European Football Associations (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 13-may.
  7. UEFA.com. „Abolition of the away goals rule in all UEFA club competitions | Inside UEFA“ (en). UEFA.com (2021-yil 24-iyun). Qaraldi: 2021-yil 24-iyun.
  8. „Regulations of the UEFA Champions League, 2020/21“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2020-yil 24-sentyabr).
  9. „Country coefficients 2018/19“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2019-yil 3-iyun). Qaraldi: 2019-yil 5-iyun.
  10. „UEFA postpones all June national team matches“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2020-yil 1-aprel).
  11. „Clubs risk Champions League exclusion if seasons abandoned prematurely“. The Guardian (2020-yil 3-aprel).
  12. „UEFA meets National Associations for update on ongoing works“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2020-yil 21-aprel).
  13. „Uefa says some leagues could be cancelled 'in special cases'“. BBC Sport (2020-yil 21-aprel).
  14. „Executive Committee approves guidelines on eligibility for participation to UEFA competitions“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2020-yil 23-aprel).
  15. „Uefa keen on sporting merit qualification method for European competitions“. BBC Sport (2020-yil 23-aprel).
  16. „Uefa asks European Leagues for decision on domestic seasons by 25 May“. BBC Sport (2020-yil 28-aprel).
  17. „Guidelines on eligibility principles for 2020/21 UEFA Club Competitions – COVID 19“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2020-yil 23-aprel).