Kontent qismiga oʻtish

Brugge Football Club

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Club Brugge
Fayl:Club Brugge KV logo.svg
Toʻliq nomi

Club Brugge Koninklijke

Voetbalvereniging (Club Bruges Royal Football association)
Laqabi Blauw-Zwart (Blue-Black), (the) Club, FCB, FC Bruges
Asos solingan 13-noyabr, 1891-yil (132 yil avval) (1891-11-13) (as Brugsche FC)
Stamnummer (matricule number) 3
Jan Breydel Stadium
Sigʻimi 29,062[1]
President Bart Verhaeghe
Head coach Nicky Hayen
Liga Belgian Pro League
Oʻrni Belgian Pro League, 1st of 16 (champions)
Vebsayti Klub sayti
Amaldagi mavsum

Brugge (niderlandcha: Club Brugge Koninklijke Voetbalvereniging — „Royal Football Society Club Brugge“; niderlandcha talaffuzi: [klʏˈbrʏɣə ˌkoːnɪŋklekə ˈvudbɑlvəreːnəɣɪŋ]) — Belgiyaning Gʻarbiy Flandriya provinsiyasi Brugge shahridagi professional futbol klubi hisoblanadi. 1891-yilda tashkil etilgan klub Belgiyaning eng qadimgi futbol klublaridan biri hisoblanadi, shuningdek, milliy chempionatning ikki tan olingan gigantlaridan biri deb qaraladi. „Brugge“ Yevropaning eng nufuzli klub turniri — Yevrokubok finalida ishtirok etgan yagona Belgiya klubi (1978-yil).

Ushbu klubdan tashqari, Brugge shahrida yana bir futbol klubi mavjud boʻlib— unchalik katta boʻlmagan „Cercle Bruges“ nomi bilan atalgan. „Brugge“ milliy chempionatdagi birinchi gʻalabasini faqat 1919-1920-yillardagi mavsumda (Birinchi jahon urushidan keyingi birinchi chempionatda) qoʻlga kiritdi va bungacha klub besh marta Belgiya chempionatining kumush medali sohibiga aylandi. Biroq, undan keyingi klub uchun oltin yillar faqat 50 yildan keyin keldi. 70-yillarning oʻrtalarida „Brugge“ni mashhur Ernst Xappel boshqargan, u ketma-ket 3 mavsum klubni chempionlikka olib chiqqan (1975-1976, 1976-1977, 1977-1978-yillar). Xuddi shu murabbiy qoʻl ostida klub oʻz tarixidagi eng muvaffaqiyatli Yevropadagi oʻyinlarni oʻtkazdi. Aynan oʻshanda „Brugge“ Chempionlar kubogi va UEFA kubogi finaliga qadar yetib borgandi, ammo muxlislarning hafsalasi pir boʻlib, har ikki safar ham bir raqib — „Liverpool“dan magʻlub boʻlishgan. Klub oʻzining keyingi tarixida har oʻn yilda 2-3 marta mamlakat chempioni va Belgiya kubogi sohibiga aylangan .

Oldingi nomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1891-1892 — Brugsche F.C.
  • 1892-1920 — „FC Brugeois“
  • 1920-1972 — „Royal FC Brugeois“
  • 1972-yil — h. v. — „Club Brugge KV“[2]

Derbilar tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Brugge“da uchta asosiy derbi mavjud boʻlib, bular „Anderlext“ klubi bilan oʻyinlar hisoblanadi. „Standard Club“ (Topper) bilan ikkinchi derbi. „Gent“ga qarshi uchinchi derbi („Flandriya“ derbisi). „Sercle Brugge“ga qarshi toʻrtinchi derbi („Brugge“ derbisi).

2021-yil 31-yanvar holatiga ko‘ra. Manba: transfermarkt.com saytidagi futbolchilar roʻyxati

Ism sharifi Davlati Oldingi jamoasi
33 Nik Shinton Belgiya Klub tarbiyalanuvchisi
22 Simon Minole Belgiya Англия Liverpul
91 Senne Lammers Belgiya Klub tarbiyalanuvchisi
2 Eduard Sobol Ukraina Ukraina Shaxtyor klubidan ijaraga
5 Odilon Kossunu Kot-d’Ivuar Shvetsiya Hammarbyu
15 Matey Mitrovich Xorvatiya Beshiktosh
17 Simon Deli Kot-d’Ivuar Chexiya Sparta
18 Federiko Rikka Urugvay Ispaniya Malaga
28 Ignase van der Brempt Belgiya Klub tarbiyalanuvchisi
44 Brendon Mexele Belgiya Klub tarbiyalanuvchisi
55 Maksim de Kyoyper Belgiya Klub tarbiyalanuvchisi
72 Noa Mbamba Belgiya Klub tarbiyalanuvchisi
77 Klinton Mata Angola Sharlerua
3 Eder Balanta Kolumbiya Bazel
20 Xans Vanaken Belgiya Lokeren
25 Ryud Vormer Jamoa sardori Niderlandiya Feyenoord
26 Mats Rits Belgiya Mexelen
90 Sharl de Ketelare Belgiya Klub tarbiyalanuvchisi
97 Tomas van den Keybus Belgiya Klub tarbiyalanuvchisi
7 Amadu Sanya Senegal Senegal Kayor Fut
16 Sibe Sxreyvers Belgiya Genk
21 David Okereke Nigeriya Italiya Spesiya
27 Yussuf Badji Senegal Senegal Kasa Sports
32 Antonio Nusa Norvegiya Norvegiya Stabek
Siril Ngonge Belgiya Klub tarbiyalanuvchisi
Murabbiy Filipp Kleman Belgiya Genk
  1. Jan Breydel Stadium (Wayback Machine saytida 10 October 2022 sanasida arxivlangan) clubbrugge.be (last check 20 October 2017)
  2. „Клуб Брюгге (Брюгге), Бельгия“. 2012-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-dekabr.