Olimpiya stadioni (Istanbul)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Otaturk Olimpiya stadioni
Joyi Bashakshexir, Istanbul, Turkiya bayrogʻi Turkiya
Asos solingan 1999-yil
Qachon qurilgan 2002-yil
Qachon ochilgan 2002-yil 31-iyul
Inshoot narxi $140 mln
Hajmi 80.500[1]
Maydon oʻlchami 105m × 68m
Maydon egalari
Futbol boʻyicha Turkiya terma jamoasi

Otaturk Olimpiya Stadioni (turkchaAtatürk Olimpiyat Stadi) — Turkiyaning Istanbul shahridagi koʻp sportli stadion. 2002-yilda ochilgan.

Istanbul Atatürk Olympic Stadium 1.jpg

Qurilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadion qurilishida 3 700 000 m³ tuproq chiqarib tashlandi, 60 000 m³ beton, 90 000 m² yo'l qoplamasi yotqizildi, 400 ta avtomobil uchun to'xtash joyi qurildi[2].

2002-yildan 2005-yilgacha stadion 80.597 tomoshabinni qabul qilgan. Keyinroq oʻrinlar soni 76.092 taga qisqartirildi.

2013-yil 14-iyundan buyon stadionga olib boruvchi metro liniyasi qurilmoqda.

Foydalanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayni paytda stadionda sport musobaqalari, mashhur guruhlarning konsertlari oʻtkaziladi:

Baʼzida Turkiya terma jamoasi shu stadionda oʻz matchlarini oʻtkazadi.

Umumiy maʼlumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadion XXIX Olimpiya oʻyinlarining asosiy arenasi sifatida qurilgan boʻlib, Istanbul mezbonlik qilishga daʼvo qilgan edi. Istanbulning g'arbiy chekkasida joylashgan. Olimpiya stadioni Turkiyadagi eng katta stadiondir. Qurilish 1999-yilda boshlangan va 2002-yilda 2008-yilgi Olimpiya o'yinlari uchun qurib bitkazilgan. Turkiyaning Yozgi olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilish taklifi muvaffaqiyatsiz tugadi. O'yinlar Pekinda bo'lib o'tdi. Stadion qurilishiga $140 million sarflangan.

Stadion Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomi bilan atalgan.

Arxitektura[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otaturk Olimpiya stadioni

Stadionning ikkita poʻlat tomi (og'irligi 2800 va 1300 tonna) Tekfen tomonidan Jayhandagi (Adana) zavodida ishlab chiqarilgan.

Stadionda 134 ta kirish va 148 ta chiqish eshigi qurilgan. Olimpiya stadioni 80.000 tomoshabinni sigʻdira oladi va xavf tugʻilganda ularni 7,5 daqiqa ichida evakuatsiya qilish imkoniyatiga ega. Stadionda yer osti tunneli orqali stadion bilan bog'langan ikkita mashg'ulot maydonchasi mavjud.

Stadionning g'arbiy tomi ostida maydoni 42 200 m² bo'lgan 6 qavatli yer ostida 3 qavati joylashgan) savdo markazi mavjud.

  1. Atatürk Olimpiyat Stadi. WORLD STADIUMS (9-oktabr 2008-yil). 15-oktabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-oktabr 2008-yil.
  2. Tekfen Construction. TEKFEN (7-dekabr 2015-yil). 6-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2022-yil.