N'Golo Kanté

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
N'Golo Kanté
Kanté. 2018-yilda.
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi N'Golo Kanté
Tavallud sanasi 29-mart 1991-yil (1991-03-29) (33 yosh)
Tavallud joyi Parij, Fransiya
Boʻyi 1.71 m
Ampluasi Markaziy yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999–2010 JS Suresnes
2010–2012 Boulogne
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012–2013 Boulogne 38 (3)
2013–2015 Caen 75 (4)
2015–2016 Leicester City 37 (1)
2016-yildan Chelsea 183 (11)
Milliy terma jamoa
2016-yildan Fransiya 53 (2)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-may uchun)

N'Golo Kanté (talaffuzi: Ngolo Kante) — fransuz professional futbolchisi, Premier Leaguedagi «Chelsea» klubida va Fransiya terma jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.[1] Ko'pchilik futbol ixlosmandlari tomonidan dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri deb topilgan Kante o'zining o`yin tezligi va himoyadagi ishonchli o`yini uchun muxlislarning maqtoviga sazovor bo'lgan.[2][3]

N'Golo Kanté 2012-yilda "Boulogne" klubida o`zining birinchi debyut o`yinini o`tkazdi. Liga 2 ning birinchi oʻyinida zaxiradan maydonga tushdi va keyingi yili uchinchi Fransiya divizionida butun mavsum oʻynadi. Shundan so'ng u Liga 2 jamoasi bo`lgan "Caen"ga tekinga qo'shildi. Mavsum jadvalida uchinchi o'rinni egalladi va Liga 1 ga ko'tarildi. U klubda yana bir yil qoldi. N'Golo Kanté 2015-yilda 5,6 million funt sterling evaziga "Leicester Siti"ga o'tdi.

N'Golo Kanté "Leicester Citi" jamoasining ajralmas bo`lagi edi. U 2016-yilda kutilmagan Premierliga chempioniga aylandi. Keyingi mavsum N'Golo Kanté 32 million funt sterling evaziga "Chelsea"ga qo'shildi va yana ligada g'olib chiqdi. Bu g'alaba uni 1992 va 1993-yillardagi Eric Cantonadan keyin turli klublar bilan ketma-ket Angliya chempionligini qo'lga kiritgan birinchi o'yinchiga aylantirdi.[4] "Chelsea" bilan Angliya kubogini, UEFA Yevropa ligasi,UEFA Chempionlar ligasi, UEFA Superkuboginining bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Individual tarzda N'Golo Kanté PFA tomonidan "Players' Player of the Year", FWA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi va UEFAning eng yaxshi yarim himoyachisi unvonlariga sazovor bo'ldi.

Kante 2016-yilda Fransiya terma jamoasi safida debyut o`yinini o`tkazdi va 2016-yilgi Yevropa chempionatida zaxira tarkibga kiritilgan. 2017-yilda Kante Fransiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bunday natijaga erishgan so'nggi yetti yil ichida birinchi Premierliga o'yinchisi bo'ldi. Bir yildan keyin 2018-yilgi FIFAning Jahon chempionati g'olibi sifatida jamoasining asosiy tarkibida bo'lgan.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boulogne[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Parijda tug'ilgan. Ota-onasi Malilik bo'lgan.[5] Kante o'z faoliyatini sakkiz yoshida poytaxtning g'arbiy chekkasidagi JS Suresnesda boshlagan. U yerda o'n yilcha qolgan. Menejer yordamchisi Pierre Villening so'zlariga ko'ra, Kante o'zining kichik bo'yi tufayli katta jamoalar nigohidan chetda qolgan.[6] Bu vaqt ichida uni Kleyrfonteyn akademiyasi vakillari o'zlariga qabul qilishmagan.[7] 2010-yilda "Arsenal" bosh murabbiyi Arsène Wenger(talaffuzi: Arsen Venger) Kante bilan shartnoma imzolash taklifi qilgandan so'ng, Suresnes prezidenti (Vengerning eng yaqin do'stlaridan biri) N'Golo Kanté boshqa klublarda o'ynashi uchun taklifni rad qilgan.[8] U Boulogne(talaffuzi: Bulon)ning zaxira jamoasiga qo'shildi va 2012-yil 18-may kuni Liga 2 mavsumining so'nggi o'yinida o'zining professional debyutini o'tkazdi. O'z uyida allaqachon quyi ligaga tushib ketgan Monaco jamoasini 1:2 hisobida mag'lub etdi. Kante oxirgi 11 daqiqada Virgile Resetga almashtirildi.[9]

2012-13-yilgi mavsumda Kante uchinchi darajali milliy chempionat bo'lgan "Championnat National"da o'ynadi va butun mavsumda faqat bitta liga o'yinini o'tkazib yubordi.10-avgust kuni u o'zining birinchi golini urdi. "Stad de la Liberation"da Luzenac ustidan qozonilgan g'alabadagi yagona golni[10] urdi va musobaqa davomida yana ikkita gol kiritdi.

Caen(talaffuzi: Kan)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kanté Kan jamoasi bilan. 2013-yil.

2013-yilda u Liga 2 jamoasi "Caen"ga qo'shildi va birinchi mavsumida 38 ta o'yin o'tkazdi. Jamoa Liga 2da uchinchi o'rinni egalladi va Liga 1 ga ko'tarildi. 9-avgustdagi ikkinchi o'yinida u Lavaldaga hal qiluvchi golini urdi.[11] U 2014-yil 11-aprelda Istresda 3:2 hisobida gʻalaba qozonib, musobaqadagi gollaridan birini urdi.[12]

Keyingi mavsumda Kante 37 o'yin o'tkazdi. "Rennes"(talaffuzi: Ren)ga qarshi o'yinda 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. U ushbu o'yinda diskvalifikatsiya edi.[13] Uch haftadan keyin u Evianda 3:0 hisobida g'alaba qozonib, mavsumdagi birinchi golini kiritdi.[14] U mavsum davomida to'pni olib qo'yish bo'yicha Yevropadagi boshqa o'yinchilarga qaraganda yaxshiroq natijaga erishdi.

Leicester City(talaffuzi: Lester siti)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kante Premierliganing "Leicester City" klubiga Steve Walsh tomonidan transver qilingan, u avvalroq jamoaga Jamie Vardy va Riyad Mahrezga o'tishiga yordam bergan.[15] U Esteban Cambiassoning vorisi sifatida ko'rilgan. 2015-yilning 3-avgustida u “Leicester City”ga toʻrt yillik shartnoma asosida kelib qoʻshildi.[16][17] U besh kundan so'ng "Sunderland" ustidan 4:2 hisobida g'alaba qozongan o'yinning so'nggi sakkizinchi daqiqasida Vardyni almashtirib debyut qildi. 7-noyabr kuni u o'zining Premierligadagi ilk golini "Watford"ga qarshi uyinda (2:1) kiritdi.[18]

U "Leicester City" safidagi doimiy ishonchli o'yinlari uchun ko'p maqtov va olqishlarga sazovor bo'ldi. U klubning 2015-16-yilgi mavsumdagi Premierligada g'alaba qozonishida asosiy omil sifatida ko'rib chiqildi va doimiy ravishda juda ko'p marotaba to'pni raqibdan olib qo'ygan.[19][20] Aprel oyida u PFA tomonidan yilning eng yaxshi jamoasi deb topilgan to'rtta "Leicester City" o'yinchisidan biri edi.[21] 2015/16 yilgi Premierliga mavsumining oxirida himoyaviy statistikada birinchi o'rinni egalladi.[22]

Chelsea(talaffuzi: Chelsi)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016–2018-yilgi mavsum: Liga va Angliya kubogi chempioni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kante 2017-yilda "Chelsi" dagi o'yinida.

2016-yilning 16-iyulida Kante «Chelsea» bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Uning transferi uchun 32 million funt to'langan.[23][24] "Arsenal" agentlik to'lovi 10 million funt sterlingdan oshgani sababli shartnomadan voz kechgan va Granit Xhaka bilan shartnoma imzolagan.[25][26][27] Kantega yanvar oyida Ramires ketganidan beri bo'sh qolgan 7-raqamli futbolka berildi.[28] Football Leaks xabariga ko'ra, "Chelsea" soliqlardan qochish uchun maoshning bir qismini ofshor hisob raqamiga o'tkazishni taklif qilgan. Kante o'zining advokatining elektron pochtasi orqali rad etdi.[29]

2016-yilning 15-avgustida Kante “West Ham United”ga qarshi oʻyinda debyut qildi. O'yinning dastlabki uch daqiqasida sariq kartochka olganiga qaramay, u o'yinni davom ettirdi. "Chelsea"ning 2:1 hisobidagi g'alabasiga yordam berdi.[30] U Londonga ko'chib o'tganidan uch oy o'tgach, u birinchi marta o'zining sobiq jamoasi "Leicester City" bilan to'qnash keldi va 3:0 hisobida g'alaba qozongan holda "O'yinning eng yaxshi futbolchisi" bo'ldi.[31] 23-oktabr kuni u “Chelsea” safidagi ilk golini “Manchester United” ga qarshi uyinda (4:0) kiritdi.[32]

2016-yil 26-dekabrda Kante L'Équipe tomonidan 2016-yilning eng yaxshi oltinchi o'rinda turuvchi futbolchisi deb topildi.[33] 2017-yil 13-mart kuni Kante Angliya kubogi chorak finalida “Stamford Bridge”da “Manchester United” ustidan qozonilgan gʻalabada 51-daqiqada yagona golni kiritdi va oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.[34][35] 20-aprel kuni Kante ketma-ket ikkinchi mavsumda PFA tomonidan yilning eng yaxshisi deb topildi.[36] Keyinchalik u PFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi[37] FWA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi[38] va Premierliganing mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.[39] Kante 1993-yildagi Eric Cantonadan keyin Angliyada ikki klub bilan ketma-ket oliy liga chempionligini qo'lga kiritgan birinchi futbolchiga aylandi.[40] Kante 2017-yilning oktabr oyida "Oltin to'p"ga nomzod bo'lgan edi.[41] U 2018-yil 19-may kuni boʻlib oʻtgan finalda “Manchester United” ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan holda 90 daqiqa davomida maydonga tushib, Angliya kubogi gʻolibligini qoʻlga kiritdi. BBC Sport uni eng yaxshi futbolchi deb topdi.[42]

2018–2022-yillar: Yevropa va jahon chempioni[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2018-yilning 23-noyabrida «Chelsea» bilan yangi besh yillik shartnoma imzoladi va bu «Chelsea»ning eng koʻp maosh oluvchi futbolchisiga aylandi.[43] Kante "Chelsea"ning "Tottenham"ni o'z uyida 2-1 hisobida mag'lub aetgan Angliya kubogi yarim final javob o'yinidagi birinchi golini kiritdi. 90-daqiqa yakuni umumiy hisob 2:2 bilan tugadi, qo'shimcha daqiqalarda “Chelsea” 4:2 hisobida gʻalaba qozondi.[44] Kante o'zining klubdagi 300-uchrashuvida gol urdi. 22-aprel kuni "Burnley"ga qarshi o'z uyida 2:2 hisobida durang o'ynadi.[45] To'liq formada bo'lmaganiga qaramay, Kante 2018-19 yilgi Yevropa Ligasi finalini maydonga tushdi va "Arsenal"ning yarim himoyasidan[46] ustunlik qildi, natijada "Chelsea" 4:1 hisobida g'alaba qozondi.[47]

Kante 2019-yilgi Premierliga mavsumini zaxira o'rindig'idan boshladi, o'sha kuni "Chelsea" "Manchester United"dan 4:0 hisobida mag'lub bo'ldi.[48] U deyarli bir oydan beri safdan chiqdi, shu jumladan, to'pig'idan jarohat olgani uchun Chempionlar ligasining "Valensiya"ga qarshi o'yinini o'tkazib yubordi.[49] Kante 2019-yil 22-sentabrda “Stamford Bridge”da “Liverpool” ga qarshi oʻyinda "Chelsea"ning yagona goli muallifiga aylandi.[50] Uning mavsumdagi birinchi goli "Chelsea"dagi jamoadoshi Fikayo Tomorining goli bilan birga Premierligada oyning eng yaxshi goli sovriniga nomzod bo'ldi.[51] Kante 23-noyabr kuni mehmonda 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan "Manchester City"ga qarshi o'yinda "Chelsea"dagi 150-uchrashuvini nishonladi.[52] O'sha oyning oxirida Kante PSGga o'tishdan voz kechganini ma'lum qildi va shunday dedi: "Ba'zida biz qayerga borishni xohlayotganimizni bilmaymiz, lekin bizda nima borligini bilamiz". U Londonda o'zini yaxshi his qilayotganini va "Chelsea"dagi loyihalarga ishonganini aytdi.[53]

2020-yil may oyida COVID-19 pandemiyasi paytida Kante “Chelsea” mashgʻulotlarini uyidan mashq qilishni tanladi. Klub uning pozitsiyasini qo'llab-quvvatladi, hatto u mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborsa ham.[54] Kante 2020-yil 14-sentabr kuni “Brighton & Hove Albion”ga qarshi Premierliganing ochilish oʻyinida, mehmonda 3:1 hisobida gʻalaba qozongan.[55][56]

U 2021-yil 23-fevralda “Chelsea” Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “Atletico” ni 1:0 hisobida magʻlub etganida, u klub bilan barcha musobaqalardagi 200-uchrashuvini nishonladi [57] Kante Chempionlar ligasi finali yo'lida ispan jamoalari, "Atletico Madrid"[58] va "Real Madrid "ga qarshi o'yinlari uchun ko'pchilikning olqishiga sazovor bo'ldi.[59] U 2021-yilda Portuda bo'lib o'tgan UEFA Chempionlar Ligasi finalida "Chelsea" " Manchester City "ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratganidan keyin o'zining ilk UEFA Chempionlar Ligasida g'alaba qozonganligi sababli o'yinning eng yaxshi odami deb topildi.[60] Arsene Wenger Kantening o'yinini "aql bovar qilmaydigan" deb ta'rifladi [1] va sharhlovchilar Kantening Chempionlar ligasidagi o'yini uni 2021-yilgi "Oltin to'p" uchun kurashga qo'yganini ta'kidladi.[61][62][63][64][65][66]

Kantening "Chelsea"ning 2020-21 yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finaligacha bo'lgan o'yinida g'alaba qozongan o'yinlaridan so'ng, bir qancha ekspertlar uni Fransiya va "Chelsea"ning sobiq futbolchisi Klod Makelening yaqqol vorisi deb e'lon qilishdi.[65][67][68][69] Mavsum davomidagi oʻyinlari uchun Kante 2021-yil 26-avgustda UEFA tomonidan yilning eng yaxshi erkak yarim himoyachisi deb topildi, biroq UEFAning yilning eng yaxshi erkak oʻyinchisi nominatsiyasida “Chelsea”dagi jamoadoshi Jorjinyoga imkoniyatni boy berdi.[70]

2021-yil sentabr oyida Kante pandemiya davrida COVID-19ga chalindi va 10 kun davomida o'zini izolyatsiya qilish talab qilindi.[71] 8-oktabr kuni Kante 2021-yilgi "Oltin to'p" uchun so'nggi 30 kishilik ro'yxatga kiritilgan "Chelsea"ning besh futbolchisidan biri edi.[72] 2022-yilning 13-fevralida u “Chelsea”ning “Palmeiras” ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonishi va klublar oʻrtasidagi jahon chempioni bo'lishiga yordam berdi.[73]

Milliy jamoadagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kante 2018-yilgi Jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi safida.

Asli kelib chiqishi malilik bo'lgani uchun Kantega Mali terma jamoasi vakillari 2015-yilgi Afrika Millatlar Kubogi oldidan, Mali uchun to'p tepish borasida murojaat qilgan. Chunki Fransiya terma jamoasida o'sha paytlari Kante o'ynamagan edi. Kante hali ham Ligue 1da o'zini ko'rsatishga harakat qilayotgani sababli taklifni rad etdi.[74] Mali 2016-yil yanvar oyida Kantega yana taklifnoma yubordi.[75] U qaysi terma jamoani himoya qilish borasida hali bir qarorga kelmaganini aytdi.[76]

2016-yil 17-mart kuni Kante birinchi marta Gollandiya va Rossiya bilan oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etish uchun Fransiya terma jamoasiga chaqirildi.[77] U debyut qildi va Amsterdam Arenada 3:2 hisobida g'alaba qozongan o'yinda Lassana Diarra o'rniga tanaffusda almashtirildi.[78] O'zining 25 yoshga to'lgan tug'ilgan kunida, 29-mart kuni u to'liq o'yin o'tkazdi va terma jamoaning "Stad de Frans"da Rossiya ustidan 4:2 hisobida g'alaba qozonishiga hissa qo'shdi. Tug'ilgan kunini nishonlagan boshqa hamkasbi Dimitri Payet ham gol urdi.[79]

2016-yilning 10-iyunida Kante Ruminiyaga qarshi Yevro-2016 ochilish oʻyinini boshlab, Fransiya terma jamoasi tarkibida ilk nufuzli turnir oʻyinida maydonga tushdi. U butun o'yin davomida o'ynadi, eng ko'p uzatmalarni amalga oshirdi, eng ko'p zarba berdi, eng ko'p to'pni olib qo'yishni amalga oshirdi, maydonda eng ko'p masofani bosib o'tdi va 2:1 hisobida g'alaba qozonishga sabab bo'lgan Dimitri Payetning g'alaba goliga assistentlik qildi.[80][81][82] Parc Olympique Lyonnais stadionida Irlandiya Respublikasiga qarshi 1/8 final uchrashuvida Kante 27-daqiqada sariq kartochka oldi (uning Yevro-2016 dagi ikkinchi sariq kartochkasi edi va bu uning chorak finaldan chetlatilishiga sabab bo'ladi). 46-daqiqada Kingsli Koman uning o'rniga maydonga tushdi.[83] Kante yarim finalda foydalanilmadi. Fransiya qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng Portugaliyaga 1:0 hisobida magʻlub boʻldi.[84]

2018-yilning 17-may kuni u bosh murabbiy Didier Deschamps tomonidan Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha 2018-yilgi Jahon chempionati uchun 23 nafardan iborat Fransiya terma jamoasiga chaqirildi.[85] U turnirda Fransiya terma jamoasi uchun barcha 7 uchrashuvda maydonga tushgan.[86] U 26-iyun kuni guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida Daniya bilan 0:0 hisobida durang oʻynadi[87] va 15-iyul kuni Kante Fransiyaning Xorvatiyaga qarshi oʻyinida (4:2) maydonga tushdi va turnir finaliga chiqdi.[88]

2021-yilning may oyida Kante Fransiya terma jamoasining UEFA Evro-2020 uchun yig'inga chaqirildi.[89]

Futbolchi sifatida pozitsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'yin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kante kuchli, kamtar va intizomli o'yinchi.[90][91][92] Kante o'zining tinimsiz energiyasi va ajoyib to'p olib qo`yish qobiliyati bilan maydon markazidagi yarim himoyachi sifatida tanilgan.[93][94][95][96][97] Bu uning kuchli pozitsion sezgirligi, to'psiz harakatlanishi va o'yinni o'qish qobiliyati bilan bog'liq.[98] U maydonda tez hujumga va himoyaga yetib bora oladi.[91][98][99][100][101][102][103][104][105] Kante boshqalarga nisbatan kechroq tanilgan edi.[106]

Kante kumiri sifatida u bilan tez-tez taqqoslanadigan Lassana Diarra[94][99] va Cloud Makeleni keltirib oʻtadi, lekin o'zining oʻziga xos uslubi va yondashuvi borligini taʼkidlaydi.[107][108]

"Chelsea" bosh murabbiyi Maurizio Sarri qo'l ostida Kante tayanch yarim himoyachi rolida shakllandi. Kante ilgari "Leicester"da o'ynaganida to'pga egalik qilish va to'pni olib yurishdagi samaradorligini namoyish etgan.[109] 2021-yilda Tuchel Kanteni asosan oʻng qanotda, “qoʻsh oltilik”da yarim himoyachi rolini berdi va odatda Jorginho yoki Mateo Kovachich bilan hamkorlik qildi.[110] Kante raqibning to'pga ega qilish o'yinini buzishda ham, yarim himoyadan tezkor qarshi hujumlar uyushtirishda ham samarali harakat qildi.[111]

E'tiroflar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil aprel oyida ser Aleks Fergyuson Kanteni Premierliganing eng yaxshi futbolchisi deb olqishladi. Keyingi yili esa sobiq “Chelsea” yarim himoyachisi Frank Lampard uni dunyoning eng yaxshi markaziy yarim himoyachisi deb atadi. U bilan chempionlikni qo'lga kiritgan murabbiyi Claudio Ranieri tez-tez uning "batareykalari" borligi haqida hazillashar edi. Kante bilan 2020-21-yilgi Chempionlar ligasida gʻolib chiqqan Thomas Tuchel[112] shunday dedi: “Agar N’Golo bilan oʻynasangiz, sizda bitta qo'shibcha raqib bo'ladi. Uning murabbiyi bo'lishdan mamnunman, u men uchun katta sovg'a, u juda kamtar va maydonda katta yordamchi".

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kante etiqodi bo'yicha musulmon.[113] U Parijda 1980-yilda Malidan Fransiyaga ko'chib kelgan maliliklar oilasida dunyoga kelgan. U Rueil-Malmaison shahridagi kichkina kvartirada o'sgan. Uning otasi N'Golo 11 yoshga to'lganidan vafot etdi va uning katta akasi Niama 2018-yilgi Jahon chempionati oldidan yurak xurujidan vafot etdi.[114]

Uning ismi Bamana imperiyasi qiroli Ngolo Diarra sharafiga qo'yilgan.[115] Uning singlisi ham Suresnesdagi yoshlar klubida edi. Ronaldo, Ronaldinyo va Diego Maradona o'smirligida uning sevimli futbolchilari edi. 21 yoshida, Bulonda o'ynab yurgan paytlari, u kasbiy buxgalteriya diplomini qo'lga kiritdi.

Bulondagi professional karyerasining boshida u skuterda mashg'ulotlarga borardi. 2018-yildan boshlab Mini Hatchni haydadi. Chunki ushbu mashinada yurishni oson o'rgandi. Kante o'zining uyalchang shaxs sifatida jamoatchilik tomonidan qabul qilinishini biladi.[116][117][118]

Kantening laqabi "NG" bo'lib, futboldan tashqarida u tennis o'ynashni yaxshi ko'radi. Uning karaokedagi sevimli qo'shig'i Vegedreamning "Ramenez la coupe à la maison" qo'shig'idir. Uning "Chelsea"dagi dastlabki vaqtini "stressli lahza" deb ta'riflangan. Jamoadoshlari uning ovozi yetarlicha baland emasligini aytishgan. Uning sevimli taomi - thieboudienne, bu ovqatni uning onasi tayyorlardi.

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Musobaqalar Milliy jamoa[lower-alpha 1] League Cup[lower-alpha 2] Yevropa Boshqa Natija
Division o'yin gol o'yin gol o'yin gol o'yin gol o'yin gol o'yin gol
Boulogne 2011–12 Ligue 2 1 0 0 0 0 0 1 0
2012–13 Championnat National 37 3 2 1 0 0 39 4
Natija 38 3 2 1 0 0 40 4
Caen 2013–14 Ligue 2 38 2 4 1 1 0 43 3
2014–15 Ligue 1 37 2 1 1 1 0 39 3
Natija 75 4 5 2 2 0 82 6
Leicester City 2015–16 Premier League 37 1 1 0 2 0 40 1
Chelsea 2016–17 Premier League 35 1 5 1 1 0 41 2
2017–18 Premier League 34 1 5 0 2 0 6[lower-alpha 3] 0 1[lower-alpha 4] 0 48 1
2018–19 Premier League 36 4 2 0 5 1 10[lower-alpha 5] 0 0 0 53 5
2019–20 Premier League 22 3 1 0 0 0 4 0 1[lower-alpha 6] 0 28 3
2020–21 Premier League 30 0 4 0 1 0 13 0 48 0
2021–22 Premier League 26 2 3 0 4 0 6 0 3[lower-alpha 7] 0 42 2
Natija 183 11 20 1 13 1 39 0 5 0 260 13
Karyerasidagi natijalar 333 19 28 4 17 1 39 0 5 0 422 24

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoa
Milliy terma jamoa Yil Ilovalar Gol
Fransiya 2016 13 1
2017 7 0
2018 16 0
2019 3 0
2020 5 1
2021 7 0
2022 2 0
Jami 53 2
2022-yil 3-iyunda boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra. Fransiyaning hisobi birinchi bo'lib ko'rsatilgan, ballar ustuni Kantening har bir golidan keyin hisobni ko'rsatadi.
N'Golo Kante tomonidan kiritilgan xalqaro gollar ro'yxati
Yo'q. Sana Joy Kubok Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2016-yil 29 mart Stade de Frans, Sen-Deni, Fransiya 2  Rossiya 1–0 4–2 O`rtoqlik
2 2020-yil 14-noyabr Estádio da Luz, Lissabon, Portugaliya 44  Portugaliya 1–0 1–0 2020–21 UEFA Millatlar ligasi A

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leicester City

  • Premer-liga: 2015–16[119]

Chelsea

Fransiya

Individual

  • PFA Team of the Year:2015–16 Premier League[21] 2016–17 Premier League[36]
  • ESM Team of the Year:2015–16[132], 2016-17[133]
  • Leicester City Players' Player of the Year:2015–16[134]
  • L'Équipe Team of the Year:2016[135], 2017[136], 2018[137]
  • PFA Players' Player of the Year:2016–17[37]
  • Premier League Player of the Season:2016–17[119]
  • FWA Footballer of the Year:2016–17[38]
  • Chelsea Players' Player of the Year:2016–17[138]
  • Chelsea Player of the Year:2017–18[139]
  • Trophées UNFP for Best French Player Abroad: 2017[140], 2018[141];
  • French Player of the Year:2017[142]
  • FIFA FIFPro World11:2018[143], 2021[144]
  • UEFA Team of the Year: 2018[145]
  • UEFA Europa League Squad of the Season: 2018–19[146]
  • UEFA Champions League Squad of the Season: 2020–21[147]
  • UEFA Champions League Midfielder of the Season: 2020–21[148]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Smith, Rory. „N'Golo Kanté, Chelsea and Beating the System“ (en-US). The New York Times (30-may 2021-yil). 31-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2021-yil.
  2. Law, Matt. „Forget notions of slowing down, N'Golo Kante remains one of the world's best midfielders“. The Telegraph (18-mart 2021-yil). 11-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-may 2021-yil.
  3. „Why Kante deserves the Ballon d'Or in 2021“. ESPN (3-iyun 2021-yil). Qaraldi: 4-iyun 2021-yil.
  4. Mark Ogden. „Chelsea's N'Golo Kante should be top contender for Footballer of the Year“. ESPN (9-fevral 2017-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2018-yil.
  5. Edwards, Peter. „N'Golo Kante Uncovered: This is what drives the Chelsea star on“. Daily Express (30-mart 2017-yil).
  6. Fletcher, Paul. „N'Golo Kante: How can Premier League clubs create next star?“. BBC Sport (29-mart 2017-yil). Qaraldi: 1-aprel 2017-yil.
  7. Crafton. „The 2010s: The best Premier League signings of the decade“. The Athletic. Qaraldi: 22-dekabr 2019-yil.
  8. "Ian Wright Puts Fan Questions To Arsène Wenger | FAQs| SPORTbible" – LADbible TV, YouTube, 19 November 2021
  9. „US Boulogne vs. Monaco – 18-may 2012-yil“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 4-iyun 2014-yil.
  10. „N'Golo Kanté fait souffler un vent de fraîcheur sur Boulogne“ (fr). La Voix du Nord (12-avgust 2012-yil). Qaraldi: 21-mart 2016-yil.
  11. „Stade Lavallois : À Caen la victoire !“ (fr). La Mayenne, on adore ! (9-avgust 2013-yil). 3-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-mart 2016-yil.
  12. „Le SM Caen remonte sur le podium de la Ligue 2“ (fr). France 3 (12-aprel 2014-yil). Qaraldi: 21-mart 2016-yil.
  13. „Malherbe pas récompensé de ses efforts“ (fr). Liberté (30-avgust 2014-yil). 13-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-mart 2016-yil.
  14. „Evian-Caen (0–3)“ (fr). Goal.com (9-avgust 2014-yil). Qaraldi: 21-mart 2016-yil.
  15. Percy, John. „Arsenal raid Leicester for highly-rated scout who helped sign Riyad Mahrez and N'Golo Kante“. The Daily Telegraph (17-yanvar 2016-yil). 11-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-aprel 2016-yil.
  16. „Leicester City: N'Golo Kante signs from Caen“. BBC Sport. Qaraldi: 3-avgust 2015-yil.
  17. „Leicester sign N'Golo Kante from Caen but Charles Aranguiz not keen“. ESPN FC (3-avgust 2015-yil). Qaraldi: 3-avgust 2015-yil.
  18. „Leicester City: Leicester beat Watford“. BBC Sport. Qaraldi: 7-noyabr 2015-yil.
  19. „Jamie Carragher: Leicester's N'Golo Kante has impressed me more than Arsenal's Petr Cech“. Daily Express (1-yanvar 2016-yil).
  20. Hafez, Shamoon. „Leicester 3–0 Stoke“. BBC Sport (23-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2016-yil.
  21. 21,0 21,1 „PFA awards: Leicester and Spurs dominate Premier League team“. BBC Sport (21-aprel 2016-yil). Qaraldi: 6-may 2018-yil.
  22. „Premier League 2015–16: The season that defied expectations“. BBC Sport (17-may 2016-yil).
  23. „Kante Signs“. Chelsea F.C. (16-iyul 2016-yil). Qaraldi: 16-iyul 2016-yil.
  24. „N'Golo Kante seals £32m transfer from Leicester to Chelsea“. Sky Sports (16-iyul 2016-yil). Qaraldi: 16-iyul 2016-yil.
  25. McNicholas, James. „Vardy, Mata, Tevez and more: The inside stories of Arsenal's failed signings“. The Athletic (17-aprel 2020-yil). 26-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  26. Cooper. „N'Golo Kanté files legal complaint against image agent following 'death threats'“. 90min.com (27-nov 2019-yil). 5-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  27. Ingle, Sean. „N'Golo Kanté denies he was threatened by man carrying gun in row over agents“. The Guardian (27-nov 2019-yil). 5-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  28. Rathborn. „Chelsea have revealed N'Golo Kante's squad number“. Daily Mirror (25-iyul 2016-yil). Qaraldi: 28-iyul 2016-yil.
  29. „N'golo Kante Refused to Be Paid Through Offshore Company Despite Alleged Pressure From Chelsea“. 90min.com (14-noyabr 2018-yil). 2019-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2018-yil.
  30. „Chelsea 2–1 West Ham: Costa's late strike earns Conte's first Premier League win“. BBC Sport (15-avgust 2016-yil).
  31. „Chelsea 3–0 Leicester City“. BBC Sport (15-oktabr 2016-yil).
  32. „Chelsea 4–0 Manchester United“. BBC Sport (23-oktabr 2016-yil).
  33. „Les 100 meilleurs joueurs de l'année 2016“ (fr). L'Équipe (26-dekabr 2016-yil). 2018-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
  34. „Kante Fires as Chelsea Sends United Packing“. Bein Sports (14-mart 2017-yil).
  35. „Chelsea 1 Manchester United 0“. BBC Sport (13-mart 2017-yil).
  36. 36,0 36,1 „PFA teams of the year: Chelsea and Tottenham dominate Premier League XI“. BBC Sport (20-aprel 2017-yil). Qaraldi: 6-may 2018-yil.
  37. 37,0 37,1 „Men's PFA Players' Player of the Year 2017“. Professional Footballers' Association (13-aprel 2017-yil).
  38. 38,0 38,1 „N'Golo Kante is Footballer of the Year“. Football Writers' Association. Qaraldi: 8-may 2017-yil.
  39. „Kante honoured to win EA SPORTS Player of the Season“. Premier League. Qaraldi: 6-iyun 2017-yil.
  40. „N'Golo Kanté's relentless drive takes him to historic title double“. The Guardian (14-may 2017-yil).
  41. „Kanté in the running for Ballon D'or“. Chelsea F.C. (9-oktabr 2017-yil).
  42. „Chelsea 1–0 Manchester United“. BBC Sport (19-may 2018-yil).
  43. Fifield, Dominic. „Sarri hopes Hazard will follow Kanté's lead and sign new Chelsea deal“. The Guardian (23-noyabr 2018-yil). 31-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  44. „Carabao Cup semi-final: Chelsea beat Tottenham 4–2 on penalties to book final clash with Manchester City at Wembley“. Sporting Life (25-yanvar 2019-yil).
  45. „Chelsea 2 Burnley 2: Kante injured as Sarri's men waste chance to go third“. Goal.com (23-aprel 2019-yil).
  46. Twomey. „Kante's renaissance: How Tuchel restored him to role he starred in under Ranieri and Conte“. The Athletic (29-may 2021-yil). 29-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  47. „Five interesting things about the 2021 Champions League final“. Chelsea FC (25-may 2021-yil). 31-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  48. „Manchester United 4–0 Chelsea“. BBC Sport (11-avgust 2019-yil).
  49. „Kante ruled out of Chelsea clashes with Wolves & Valencia“. Goal.com (13-sentabr 2019-yil).
  50. „Chelsea 1–2 Liverpool“. BBC Sport (22-sentabr 2019-yil).
  51. „Fikayo Tomori and N'Golo Kante nominated for goal awards“. Chelsea F.C. (4-oktabr 2019-yil).
  52. „Man City 2–1 Chelsea“. BBC Sport (23-noyabr 2019-yil).
  53. „N'Golo Kante explains why he snubbed PSG transfer to stay at Chelsea“ (en). Metro (25-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 10-dekabr 2019-yil.
  54. Magowan, Alistair. „N'Golo Kante: Chelsea will allow midfielder to stay away from training amid coronavirus fears“. BBC Sport (22-may 2020-yil). Qaraldi: 22-may 2020-yil.
  55. „Brighton 1–3 Chelsea“. BBC Sport (14-sentabr 2020-yil).
  56. Debono, Matt. „Player Ratings: Brighton and Hove Albion 1-3 Chelsea - James, Jorginho, Kante and Zouma impress on Kai Havertz and Timo Werner's Blues debuts“. Sports Illustrated (14-sentabr 2020-yil).
  57. „N'Golo Kanté reaches 200 Chelsea appearances as César Azpilicueta closes in on Top 10 all-time“. weaintgotnohistory.sbnation.com (24-fevral 2021-yil). Qaraldi: 28-fevral 2021-yil.
  58. „Kante is like having 'half a man more'“. BBC Sport (18-mart 2021-yil).
  59. „N'Golo Kanté steals show for Chelsea but strikers still lack cutting edge“. The Guardian (5-may 2021-yil).
  60. „Man. City 0-1 Chelsea: Havertz gives Blues second Champions League triumph“. UEFA (29-may 2021-yil). Qaraldi: 29-may 2021-yil.
  61. „Halfway through 2021, N'Golo Kante deserves the Ballon d'Or“ (en). MARCA (30-may 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2021-yil.
  62. Pasztor. „It's time to give N'Golo Kanté the Ballon d'Or“ (en). We Ain't Got No History (30-may 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2021-yil.
  63. Maston. „Ballon d'Or 2021 Power Rankings: Kante powers ahead after Champions League masterclass“. Goal. 3-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2021-yil.
  64. Laurens. „Why N'Golo Kante deserves the Ballon d'Or over Lewandowski, Messi, Ronaldo & Co. in 2021“. ESPN (3-iyun 2021-yil). 4-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  65. 65,0 65,1 Nicholson. „N'Golo Kante is the smiling clairvoyant with two hearts“. football365.com (4-iyun 2021-yil). 5-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  66. Chelsea's Kante plays down Ballon d'Or chances (inglizcha), qaraldi: 2021-06-09
  67. „Kante's tough upbringing which led him to become the new Makelele“ (en). MARCA (26-aprel 2021-yil). Qaraldi: 7-may 2021-yil.
  68. Das. „Champions League: Evolution of N'Golo Kante, how PSG lost the plot and other talking points from semis 2nd legs“. firstpost.com (6-may 2021-yil). 6-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  69. Mac Raghnaill. „Searching for Claude: Can the next Makélélé please stand up?“. thefootballfaithful.com (11-aprel 2021-yil). 6-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  70. „Jorginho: Chelsea midfielder wins Uefa men's player of the year award“. BBC Sports (26-avgust 2021-yil). Qaraldi: 27-avgust 2021-yil.
  71. „N'Golo Kante tests positive for COVID-19 Chelsea“. TSN (28-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 10-oktabr 2021-yil.
  72. „Official: Azpilicueta, Kante, Jorginho, Mount & Lukaku Among Chelsea Players On 30-Man 2021 Ballon d'Or Shortlist“. Sports Illustrated (8-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 8-oktabr 2021-yil.
  73. „Club World Cup: Champions League holders Chelsea become eighth European winners“. UEFA (12-fevral 2022-yil). Qaraldi: 12-fevral 2022-yil.
  74. „N'Golo Kanté (Caen) pourrait choisir de représenter le Mali“ (fr). L'Équipe. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  75. „N'Golo Kante: Mali make second approach to midfielder“. BBC Sport. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  76. „Leicester's N'Golo Kante undecided over possible France, Mali call-ups“. ESPN FC. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  77. „Equipe de France : N'Golo Kanté et Dimitri Payet appelés par Didier Deschamps“ (fr). L'Équipe (17-mart 2016-yil). Qaraldi: 17-mart 2016-yil.
  78. Sharpe, James. „Leicester City NEWS: N'Golo Kante makes France debut in win over Holland as Johan Cruyff remembered“. Leicester Mercury (25-mart 2016-yil). 2020-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2016-yil.
  79. „Birthday boys N'Golo Kante and Dimitri Payet help France to victory“. Eurosport (29-mart 2016-yil). Qaraldi: 29-mart 2016-yil.
  80. „Payet stunner gives hosts France opening win“. UEFA (10-iyun 2016-yil).
  81. „Payet's late stunner helps France floor Romania.“ (11-iyun 2016-yil). 15-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  82. „Leicester City star N'Golo Kante admits Euro 2016 will be tough after shining in France victory“. Leicester Mercury (11-iyun 2016-yil). 2020-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
  83. Adams, Tom. „The Kante dilemma: Can Didier Deschamps solve his biggest problem?“. Eurosport (6-iyul 2016-yil). Qaraldi: 17-iyul 2016-yil.
  84. „Euro 2016 Final Defeat For Kante's France“. Leicester City F.C. (10-iyul 2016-yil). Qaraldi: 17-iyul 2016-yil.
  85. Charles, Andy. „Alexandre Lacazette and Anthony Martial on standby for France World Cup squad and Dimitri Payet out“. Sky Sports (21-may 2018-yil). Qaraldi: 15-iyul 2018-yil.
  86. „N Golo Kante“. FIFA. 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2019-yil.
  87. Glendenning, Barry. „Denmark 0-0 France: World Cup 2018 – as it happened“. The Guardian (26-iyun 2018-yil). Qaraldi: 7-may 2021-yil.
  88. 88,0 88,1 McNulty, Phil. „France 4–2 Croatia“. BBC Sport (15-iyul 2018-yil). Qaraldi: 28-sentabr 2018-yil.
  89. „Karim Benzema named in France squad for first time in six years“. The Athletic (18-may 2021-yil). Qaraldi: 20-may 2021-yil.
  90. Fifield, Dominic. „Chelsea have the look of an unstoppable force thanks to N'Golo Kanté“. The Guardian (7-mart 2017-yil). Qaraldi: 27-sentabr 2017-yil.
  91. 91,0 91,1 Bull, JJ. „Why N'Golo Kante is the best midfielder in the Premier League“. The Daily Telegraph (8-aprel 2016-yil). 11-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  92. Delaney, Miguel. „Antonio Conte sees himself in N'Golo Kante, Chelsea's midfield revelation, ahead of Manchester United clash“. The Independent (12-mart 2017-yil). 18-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2018-yil.
  93. House. „Ranked! The 10 best central midfielders in the world“ (en). FourFourTwo (21-mart 2019-yil). Qaraldi: 6-sentabr 2019-yil.
  94. 94,0 94,1 Cox. „Disappointing lack of deep-lying playmakers in the Premier League“. ESPN (23-avgust 2016-yil). Qaraldi: 28-fevral 2017-yil.
  95. Adams. „Man of the year N'Golo Kante: an unbroken story of excellence“. Eurosport (29-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 28-fevral 2017-yil.
  96. Ames, Nick. „Antonio Conte hails in-form N'Golo Kanté as 'the complete midfielder'“. The Guardian (29-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2018-yil.
  97. „N'Golo Kante's Top 10 Chelsea Moments“. YouTube.
  98. 98,0 98,1 Fletcher. „N'Golo Kante: How can Premier League clubs create next star?“. BBC Sport (29-mart 2017-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2018-yil.
  99. 99,0 99,1 Young. „N'Golo Kante: English football's most effective player?“. CNN (3-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2018-yil.
  100. Fifield, Dominic. „N'Golo Kanté was a champion already but Antonio Conte has made him better“. The Guardian (11-mart 2017-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2018-yil.
  101. Brown, Luke. „Paul Pogba praises France team-mate N'Golo Kante's tenacity as Manchester United prepare to host Chelsea“. The Independent (15-aprel 2017-yil). 18-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2018-yil.
  102. „Kante in the spotlight, whether he likes it or not“. FIFA (20-sentabr 2017-yil). 20-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2018-yil.
  103. Jolly, Richard. „Kante, Fernandinho channeling Conte and Pep to drive Chelsea and Man City“. ESPN (1-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 1-iyul 2019-yil.
  104. Gupta. „The accountant who turned omnipresent midfielder“. ESPN (9-iyul 2018-yil). Qaraldi: 10-dekabr 2019-yil.
  105. „Kante world's best midfielder - Lampard“. BBC Sport (13-mart 2017-yil). Qaraldi: 7-may 2021-yil.
  106. Smith, Rory. „At Chelsea, Hard Work as High Art“ (en-US). The New York Times (21-noyabr 2019-yil). 15-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-dekabr 2019-yil.
  107. „Kante reveals the secret to his fitness and the two former Blues who inspired him“. chelseafc.com (27-may 2021-yil). 29-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  108. „N'Golo Kanté on his long rise to stardom, and Chelsea's UEFA Champions League final meeting with Manchester City“. UEFA (29-may 2021-yil). 29-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  109. Pandey. „Sarri key to Kanté's evolution“. www.football-italia.net (5-may 2021-yil). Qaraldi: 7-may 2021-yil.
  110. Toner. „'Great ability': Ramires praises three Chelsea players who are vital to current side“. The Chelsea Chronicle (11-feb 2022-yil). 26-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  111. James. „The power, poise and pass of N'Golo Kante, the architect of a perfect Chelsea counter-attack“. The Athletic (23-feb 2022-yil). 23-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  112. „The Debrief: Dominance on the flanks and unbeatable defence provide foundations for Champions League glory“. Chelsea FC (30-may 2021-yil). 31-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  113. „'Typical N'Golo Kante': Chelsea star plays FIFA and eats curry with Arsenal fans he met at London mosque after missing Eurostar train“. Evening Standard (18-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2020-yil.
  114. Law, Matt. „Exclusive: N'Golo Kante allowed to miss Chelsea training because of Premier League restart fears“ (en-GB). The Telegraph (20-may 2020-yil). 11-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-may 2020-yil.
  115. Dormé, Elodie. „Kanté dévoile pourquoi ses parents l'ont appelé N'Golo“ (fr). Yahoo Sport (21-avgust 2017-yil).
  116. Williams, Tom. „Finding N'Golo Kante: The Men Who Discovered the PFA Player of the Year“. Bleacher Report. Qaraldi: 13-iyul 2018-yil.
  117. Savas, Laura. „N'Golo Kante: Chelsea star eats curry and watches Match of the Day at fan's house after mosque meeting“. BBC Sport (17-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 18-sentabr 2018-yil.
  118. „Chelsea news: 'Leicester players had to stop N'Golo Kante from running to training!' – Jamie Vardy reveals all on 'fantastic' midfielder | Goal.com“. www.goal.com. Qaraldi: 10-dekabr 2019-yil.
  119. 119,0 119,1 119,2 „N'Golo Kanté: Overview“. Premier League. Qaraldi: 28-sentabr 2018-yil.
  120. McNulty, Phil. „Chelsea 1–0 Manchester United“. BBC Sport (19-may 2018-yil). Qaraldi: 19-may 2018-yil.
  121. McNulty, Phil. „Arsenal 2–1 Chelsea“. BBC Sport (27-may 2017-yil). Qaraldi: 18-may 2019-yil.
  122. McNulty, Phil. „Arsenal 2–1 Chelsea“. BBC Sport (1-avgust 2020-yil). Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
  123. McNulty, Phil. „Chelsea 0–1 Leicester City“. BBC Sport (15-may 2021-yil). Qaraldi: 16-may 2021-yil.
  124. McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (14-may 2022-yil). Qaraldi: 14-may 2022-yil.
  125. McNulty, Phil. „Manchester City 0–1 Chelsea“. BBC Sport (29-may 2021-yil). Qaraldi: 28-fevral 2022-yil.
  126. Bevan, Chris. „Chelsea 4–1 Arsenal“. BBC Sport (29-may 2019-yil). Qaraldi: 29-may 2019-yil.
  127. Sterling, Mark. „Chelsea 1–1 Villarreal“. BBC Sport (11-avgust 2021-yil). Qaraldi: 28-fevral 2022-yil.
  128. „Chelsea 2–1 Palmeiras“. BBC Sport (12-fevral 2022-yil). Qaraldi: 28-fevral 2022-yil.
  129. McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Manchester City“. BBC Sport (24-fevral 2019-yil). Qaraldi: 22-aprel 2019-yil.
  130. McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (27-fevral 2022-yil). Qaraldi: 28-fevral 2022-yil.
  131. McNulty, Phil. „Portugal 1–0 France“. BBC Sport (11-iyul 2016-yil). Qaraldi: 28-sentabr 2016-yil.
  132. „Das Ist das ESM-Team der Saison: Die Top-11 des Europäischen Fußballs“ (de). kicker. Qaraldi: 9-may 2017-yil.
  133. „ESM Top-Elf: Ein Bayern-Star in Europas Elite“ (de). Abendzeitung (8-iyun 2017-yil). Qaraldi: 12-iyun 2017-yil.
  134. „Leicester City awards: Leicester City team“. Daily Mirror (11-may 2016-yil).
  135. Euan McTear. „Four Real Madrid players in L'Equipe's team of 2016“. Marca (2-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 17-avgust 2019-yil.
  136. „Equipe type monde 2017 : Le PSG dans le sillage du Real“. L'Équipe (2-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 3-yanvar 2018-yil.
  137. „L'équipe type Monde 2018 de " L'Équipe "“. L'Équipe (3-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2018-yil.
  138. „Hazard named Chelsea Player of the Year“. Qaraldi: 29-may 2017-yil.
  139. „ANNUAL AWARDS 2018 – KANTE IS NO.1“. 24-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2018-yil.
  140. „N'Golo Kanté (Chelsea) élu meilleur Français de l'étranger“. L’Équipe (15-may 2017-yil). Qaraldi: 15-may 2017-yil.
  141. „Trophées UNFP : N'Golo Kanté récompensé du titre de meilleur joueur français évoluant à l'étranger“. 13–may 2018–yil. Qaraldi: 13–may 2018–yil. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)CS1 maint: date format ()
  142. „Le sommaire du nouveau numéro de France Football avec N'Golo Kanté élu joueur français de l'année“ (fr). France Football (26-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 26-dekabr 2017-yil.
  143. „De Gea, Kante and Mbappe in World 11“. FIFPro (24-sentabr 2018-yil). 25-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-sentabr 2018-yil.
  144. „2020-2021 Men's FIFA FIFPRO World 11 revealed“. fifpro.org (17-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 17-yanvar 2022-yil.
  145. „UEFA.com fans' Team of the Year 2018 revealed“. UEFA (11-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2019-yil.
  146. „UEFA Europa League Squad of the 2018/19 Season“. UEFA (30-may 2019-yil). Qaraldi: 30-may 2019-yil.
  147. „UEFA Champions League Squad of the Season“. UEFA (31-may 2021-yil). Qaraldi: 1-iyun 2021-yil.
  148. „Champions League Midfielder of the Season: N'Golo Kanté“. UEFA (26-avgust 2021-yil). Qaraldi: 26-avgust 2021-yil.